Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Vazir_kubogi

“Vazir kubogi” musobaqalarida g‘olib va faol ishtirokchilar aniqlandi


22-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari o‘rtasida sportning shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha navbatdagi “Vazir kubogi” musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilar bilan tanishing👇
https://gov.uz/oz/edu/news/view/80275

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥10👍5👏1
🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazida MALAKA OSHIRISH KURSLARI 📚

🔸 Aniq va tabiiy fanlari (🌓 Fizika, ➕ Matematika) uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi
⏳ Davomiyligi: 24 soat

🔸 Ona tili (🇺🇿 O‘zbek va 🇬🇦 Qoraqalpoq tillari) ni bilish darajasining ✍️ yozish ko‘nikmasini baholash va test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi
⏳ Davomiyligi: 32 soat

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 3-sentabrgacha
🚀 Kurs boshlanishi: 5-sentabr
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: registration.ilmiymarkaz.uz
💻 Onlayn (Zoom platformasi orqali)

✔️ Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda fanni bilishi haqida B+, A va A+ darajadagi sertifikatga ega pedagogik kadrlar) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga tashqi ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞   (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

⚡️Ariza yubormaganlar shoshiling! 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤33😱17👍10🤔4🔥3
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan texnika fanlari doktori, professor Turdialiyev Umid Muxtoraliyevich Andijon davlat texnika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Umid Turdialiyev 1980-yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. 2003-yilda Farg‘ona politexnika institutining Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi yo‘nalishini tamomlagan.

U 2019-yildan buyon Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤90👍66😁21🔥18👏14
#eʼtirof

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan oliy ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan soha vakillari e’tirof etildi.

“Imom Buxoriy“ ordeni bilan


Abdullayev Abdulhay Boltaboyevich — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti.

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi“faxriy unvoni bilan


Normatov Feruzbek Ruzimbayevich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, baxshi.

“Mehnat shuhrati“ ordeni bilan


Asqarov Ibrohim Rahmonovich — Andijon davlat universiteti professori;

Rahmonov Vahob — Guliston davlat universiteti dotsenti;

Saatov Tal’at — O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti laboratoriya mudiri.

“Do‘stlik“ ordeni bilan


Husanova Nigora Qahramonjonovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta o‘qituvchisi.

II darajali “Salomatlik“ ordeni bilan


Janabayev Baxtiyor Bazarbayevich — Toshkent davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘lim mudiri;

Masharipov Kadambay — Urganch davlat tibbiyot instituti dotsenti.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun“ ordeni bilan


Teshaboyev To‘lqin Zokirovich — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori;

Qodirov Ramz Turobovich
— O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti;

Mannopova Oydinxon Sultonaliyevna — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining ijrochi direktori;

Pirmatova Nodira Yigitaliyevna — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti kafedra mudiri, xonanda.

“Shuhrat“ medali bilan


Vaisov Mansurbek Egamberganovich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti katta o‘qituvchisi;

G‘aybullayev G‘ulom Saydalimovich — Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti fakultet dekani;

Mahmudova Farangiz Nuriddin qizi — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, sozanda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤53👍26👏3😁1
#maqola

Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim endi ichki modernizatsiya obyekti emas, balki global ta’lim hamjamiyati bilan to‘liq integratsiya jarayoniga qo‘shilgan strategik vosita bo‘lmoqda...


O‘zbekiston milliy axborot agentligi saytida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Mustaqillik, bu – o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimiz ruhi bilan yashash” sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉Maqolani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍14🔥2🤔1
#festival #konferensiya

“Uzum sayli” festivali doirasida III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi


Toshkent viloyatida “Uzumchilikda innovatsiyalar va agrotexnologiyalarni joriy etishda O‘zbekiston va xalqaro tajribalar” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamkorligida tashkil etildi.

Batafsil👇
https://gov.uz/oz/edu/news/view/80746

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍6😁5🎉4🔥2
#O‘quvKursi

Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar xodimlari uchun yangi oʻquv yilida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan maxsus o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda

2025-yil 25–26-avgust kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari va tegishli bo‘linma rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

Mazkur kursdan yangi oʻquv yilida ta’lim jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan bo‘lib, “Yangilangan ta’lim dasturlarida o‘qitish, “HEMIS” va “EduBilling” axborot tizimlari asosida ta’lim jarayonlarini samarali boshqarish, kredit-modul tizimi istiqbollari va kutilayotgan natijalarga qaratilmoqda.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida yangi 2025/2026-o‘quv yili arafasida oliy ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish, ilg‘or axborot texnologiyalari va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish zarurligini alohida ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/80767

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2❤40👍11😁8🔥3