Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
❤16👍2🔥1
Talabalarga qulay sharoit yaratish maqsadida 18 ta TTJ va 2 ta o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

26-avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida jami 9 ming 980 o‘rinli 18 ta yangi talabalar turar joyi va Samarqand davlat universitetida 1000 o‘rinli va Namangan davlat universitetida 900 o‘rinli o‘quv binolarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy tadbir Samarqand davlat universitetida tashkil etildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, viloyat hokimligi vakillari hamda respublikaning turli hududlaridagi studiyalar orqali oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov davlatimiz rahbarining alohida e’tiborlari bilan mamlakatimizda talaba-yoshlarni qulay yashash va ta’lim olishi uchun keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, ishtirokchilarni yangi o‘quv yili arafasidagi qo‘shaloq bayram bilan tabrikladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81218

#Talabaga_qulaylik #TTJ #Ochilish #Vazir

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍14🤔2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Abituriyentlar diqqatiga!

Endilikda O‘zbekistonning 14 ta texnikumida BTEC xalqaro ta’lim dasturi bo‘yicha 100% grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud!

💡Bu dastur sizga nima beradi?
✔️100 foiz grant asosida ta’lim olish
✔️ Xalqaro darajadagi kasb egasi bo‘lish
✔️ 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom
✔️ Yevropa, Osiyo va Amerikada o‘qish va ishlash imkoniyati.

🧑🏻‍💻 Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.

➡️Ta’lim shakli: kunduzgi

📊 Ajratilgan kvotalar bilan tanishing:
🟢11-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈 (qabul 10-avgustdan boshlanadi)

➡️BTEC xalqaro dasturlari joriy etiladigan texnikumlar ro‘yxati👈

✍️ Kasb tanlang, xalqaro imkoniyatlarga yo‘l oching!

#BTEC #Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍4😁2
O‘quv yiliga munosib start: talabalar uchun qulay sharoitlar yaratildi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida bugun bir vaqtning o‘zida jami 9 ming 980 o‘rinli 18 ta yangi talabalar turar joyi va 1 900 o‘rinli 2 ta o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

#Infografika #TTJ #Ochilish #Talabaga_qulaylik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍11🔥2🤔2
Vazir Samarqand shahridagi politexnikumda yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi

26-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov xizmat safari doirasida Samarqand shahar 1-son politexnikumida bo‘lishdi.

Tashrif davomida vazir boshchiligidagi mutasaddilar texnikumda joriy etilgan xalqaro ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim jarayonlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda moddiy-texnik bazani o‘rganib chiqdi.

Xususan, o‘quv binolari, zamonaviy laboratoriyalar, amaliyot xonalari va ustaxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lumot uchun, Samarqand shahar 1-son politexnikumi 540 o‘rinli bo‘lib, hozirda 568 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Joriy yilda mazkur ta’lim dargohida xalqaro dasturlar bo‘yicha 9-sinf bitiruvchilaridan 128 ta hujjat qabul qilingan.

#xizmat_safari #Samarqand #kasbiy_taʼlim #moddiy_texnik_baza

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤31👍2🤔2