Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabaExpo_2025 #Jizzax

Jizzaxda “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi


Jizzax shahrida yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan, ularning bandligini ta’minlash, munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga xizmat qiluvchi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini tantanali tarzda boshladi.

Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Jizzax viloyati hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar “Kelajakka qadam” kasb yarmarkasi bilan yaqindan tanishish, turli soha va yo‘nalishlarga oid pavilyonlarda taqdim etilgan imkoniyatlar bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu yerda bitiruvchi yoshlar uchun ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, startap g‘oyalari hamda tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha keng ko‘lamli ma’lumotlar berilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81582

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍7🔥1👏1
#TalabaExpo_2025 #Jizzax

Bitiruvchi talabalar BYD zavodida


“TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi doirasida bitiruvchi talabalar BYD avtomobil zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ularga zavodning ishlab chiqarish jarayonlari, ilg‘or texnologiyalar asosida avtomobillarni yig‘ish jarayoni ko‘rsatilib, ichki boshqaruv tizimi hamda xavfsizlik me’yorlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar korxonaning ishchi o‘rinlari, kadrlar siyosati va yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Ayniqsa, zavodning yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari hamda malaka oshirish imkoniyatlari bitiruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bu nafaqat bitiruvchilarni real ishlab chiqarish muhiti bilan yaqindan tanishtirdi, balki ularni o‘z kasbiy yo‘nalishida yangi marralarni zabt etishga ruhlantirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤30👍6🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Garvardda o‘qiysanmi yoki Kembrijdami,
Yaqindagi xorijdami, yo yiroq xorijdami,
Sayr-u gashtlar aylasang, Parij yo Forishdami,
Qayda bo‘lsang ham ilming, elingga darkor bo‘lsin,
Yangi O‘zbekistonga omad doim yor bo‘lsin!


O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍65❤30😁22🔥2🎉1
#Xalqaro_hamkorlik

28-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Koreya Respublikasining Jeju provensiyasi Kengashi huzuridagi Ta’lim masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi O Sin Shik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda vazirlik rahbariyati a’zolari ishtirok etdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, oliy ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81758

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍5🔥1👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi #xalqaro_hamkorlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍7🔥2