Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Andijondagi politexnikumda yangi o‘quv-amaliyot ustaxonasi foydalanishga topshirildi

Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 1-son politexnikumida kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagoglar ishtirokida an’anaviy “Avgust kengashi” yig‘ilishi tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov qatnashib, soha oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan fikr bildirdi. Unda 2024/2025-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, o‘quv jarayoniga kiritilgan yangiliklar, dual ta’lim tizimi natijalari hamda yoshlarni bandlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab olindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/82061

#Kasbiy_taʼlim #avgust_kengashlari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍7🔥4
#rasmiy_bayonot

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga berilgan yangi litsenziyalar bo‘yicha rasmiy bayonot

2025-yil 29-avgust kuni soat 06:19 dan 09:53 gacha  https://license.gov.uz axborot tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli, ko‘rib chiqish muddati tugamagan arizalar bo‘yicha ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining amaldagi litsenziyalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi so‘rovlariga tizim tomonidan belgilangan talab buzilgan holda ijobiy xulosalar shakllantirilgan.

Mazkur holat texnik xatolik hisoblanib, hozirda uning sabablari tegishli idoralar bilan hamkorlikda chuqur o‘rganilmoqda. Yakuniy xulosalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot jamoatchilikka taqdim etiladi.

Shu bilan birga, quyida nomlari keltirilgan ta’lim tashkilotlariga yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari, taʼlim shakllari hamda faoliyat manzillari bo‘yicha qabul jarayonlarini tashkil etish uchun hech qanday ruxsat berilmaganini alohida ta’kidlaymiz:

“UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE” MCHJ – masofaviy ta’lim shakllariga;

“Osiyo Xalqaro Universiteti” MCHJ – ayrim masofaviy ta’lim shakllariga hamda Xorazm viloyati, Urganch shahridagi yangi faoliyat manziliga;

“Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti” NTM –tibbiyot yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, masofaviy ta’lim shakllari hamda Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi yangi faoliyat manziliga;

“SHARQ-UNIVERSITY” MCHJ – bank ishi, buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishlari va barcha kechki va masofaviy shakllarga;

“PROFI UNIVERSITY” MCHJ – yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi, masofaviy shakl va barcha magistratura mutaxassisliklariga.

👉 Shu sababli, mazkur tashkilotlar tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlar, mutaxassisliklar, taʼlim shakllari hamda faoliyat manzillari bo‘yicha e’lon qilinayotgan ma’lumotlar asossiz hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁984❤43👍23🤔15😱8
#Bitiruvchi_2025

Toshkent menejment va iqtisodiyot institutining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi


Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida ilk bor bakalavr diplomlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda oliygoh rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ish beruvchi tashkilotlar vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Joriy yilda institutning iqtisodiyot yo‘nalishini qariyb 40 nafar talaba muvaffaqiyatli yakunladi. Ularning 80 foizdan ortig‘i ish bilan ta’minlanib, mehnat faoliyatini boshlagani quvonarlidir.

Tantanali marosim chog‘ida institut rektori Xojiakbar Ahmedov yoshlarni samimiy tabriklab, ularga katta hayot yo‘llanmasi bo‘lgan bitiruv diplomlarini topshirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2❤31👍13🔥4🤩3😁2
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

“Yangi O‘zbekiston g‘oyasi asosida boshlagan ulkan islohotlarimiz tufayli mustaqillik bergan huquq va erkinliklarni har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida chuqur his qilib, bu imkoniyatlardan keng foydalanmoqda.

Aynan ana shu ulug‘vor g‘oya asosida biz uch ming yillik boy tarix va madaniyatimizni qaytadan idrok etdik.

Yurtimiz zaminidagi Birinchi va Ikkinchi Renessans an’analarini rivojlantirib, Uchinchi Renessans sari dadil amaliy qadamlar qo‘ymoqdamiz.

Ishonchim komil, bu yo‘lda Yangi O‘zbekiston davlati, Yangi O‘zbekiston jamiyati buyuk tariximizni yangi, yanada yuksak Uyg‘onish davri bilan bog‘laydigan mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi”,
– dedi Prezident.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍6🔥1
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
—
Смотрите празднование 34-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам:

YouTube

Facebook

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍4🔥1
Sifatli ta’lim-tarbiya, aholi salomatligi kelgusi taraqqiyotimizni hal qiladigan eng muhim masala ekani ta’kidlandi.

So‘nggi sakkiz yilda xususiy sektor bilan birga bog‘chalardagi o‘rinlar ikki yarim millionga, qamrov 78 foizga yetkazildi. Yangi maktablar qurilgani, borlari kengaytirilgani hisobiga qo‘shimcha 1 millionta o‘quvchi o‘rni yaratildi.

Zamonaviy darsliklar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida maktab ta’limiga yangi mazmun, yangi sifat kirib kelmoqda.

Shu davrda oliy ta’limda ham keskin burilish yasalib, qamrov 9 foizdan 42 foizga yetkazildi. Ayniqsa, talabalarning 53 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etayotgani alohida e’tiborga sazovor.

Hozirgi vaqtda dunyodagi top oliygohlarda 2 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Ulardan 750 nafari “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali davlat hisobidan o‘qimoqda.

“O‘tgan yili yurtimiz yoshlari TOP-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallagani barchamizni albatta quvontiradi. Ayniqsa, farzandlari dunyodagi eng nufuzli universitetlarda ta’lim olayotgan ota-onalarning xursandchiligini so‘z bilan ifoda qilib bo‘lmaydi”,

– dedi Prezi
dent.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍4🔥1👏1🤔1
Bugungi yoshlarimizning ovozi, g‘oya va tashabbuslari, kuch-g‘ayrati barcha soha va tarmoqlarga chuqur kirib bormoqda. Ular xalqimizning necha yillik orzu-armonlarini real haqiqatga aylantirmoqda.

Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz mamlakatimiz tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, 34 yillik orzu-umidimizni ro‘yobga chiqardi.

Talaba yoshlarimiz esa Xalqaro yozgi universiada o‘yinlarida 116 ta davlat orasida ilk bor birinchi o‘n beshtalikka kirdi, Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu bayram arafasida 19 va 22 yoshli bokschilarimiz Osiyo chempioni degan yuksak unvonga sazovor bo‘lib, o‘zbek boks maktabining shuhratini dunyoga yana bir bor namoyon etdi.

“Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, O‘zbekistonni chinakam sport mamlakatiga aylantirish maqsadida istiqbolli o‘g‘il-qizlarimizga atab Toshkentda ulkan Olimpiya shaharchasini barpo etdik.

Mamlakatimiz tarixida birinchi marta zamonaviy ta’lim va bilim beradigan Futbol akademiyasi qad ko‘tardi.

Ishonchim komil, zamonaviy sport arxitekturasining noyob durdonasi bo‘lgan ushbu majmualar minglab bo‘lg‘usi chempionlarimiz uchun yuksak parvoz maydoniga aylanadi”,

– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🤔9❤6👍4🔥1👏1
Shu yilning o‘zida yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

“Biz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida kimyodan ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda uchinchi, AT va geografiya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallagan o‘g‘il-qizlarimiz timsolida bo‘lg‘usi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni ko‘ramiz.

Saflari tobora kengayib borayotgan bunday intiluvchan, iste’dodli yoshlar – Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi, g‘ururimiz timsolidir.

Bugungi unutilmas damlarda men butun O‘zbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman.

Aziz farzandlarim, doimo yodda tuting: baxt – intilganniki, g‘alaba – kurashganniki. Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi.

Hamisha oldinga qarab intiling, bahodir o‘g‘lonlarim, oqila qizlarim!

Sizlarning ezgu ishlaringizda Vatan, xalq, Prezident barchangizga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladi”,

– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9🎉8🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Premyera

🇺🇿 Uyg‘on, o‘g‘lim!

Bu yurt, bu millat egalari qanchadan-qancha daholarni, dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan olim-u-fuzalolarni, kuragi yerga tegmagan pahlavonlarni tarbiya qildi.

Bugungi kunda dunyodagi cheksiz koinot sarhadlaridan tortib matematik hisob kitoblargacha, hadis ilmidan tortib tibbiyot bilimlarigacha bo‘lgan barcha kashfiyotlar bizning bobolarimiz tomonidan amalga oshirilgan.

Dunyoni bilim ila hayratda qoldirish navbati endi senikidir... Uyg‘on, o‘g‘lim!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34❤17🔥16🤔1😱1