Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Jarayon

Bugun, 30-avgust kuni Qarshi davlat texnika universiteti Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetining yangi oʻquv binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.


Toʻyga toʻyona, deganlaridek, ushbu oʻquv binosi talabalarimiz uchun Mustaqilligimizning 34 yilligi bayramiga ajoyib tuhfa boʻldi.

Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, rektor Sherzod Neʼmatov, nuroniylar, el kayvonilari, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Ramziy tasma qirqilib, tadbir ishtirokchilari oʻquv binosining xonalarini tomosha qildilar. Yosh olimlarning viloyat rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqoti oʻtkazildi. Ilmiy tadqiqot ishlanmalari natijalari taqdimoti, iroqi kashtachilik toʻgaragi aʼzolarining koʻrgazmasi tashkil etildi.

1000 oʻringa moʻljallangan mazkur oʻquv binosida 17 ta auditoriya, 12 ta laboratoriya va 8 ta maʼruza xonalari hamda axborot-resurs markazi mavjud.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤42👍15👏2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy tillarni rivojlantirish markazlari faoliyat boshladi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Toshkent shahrining Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa va Sirg‘ali tumanlaridagi 84-, 164-, 283- va 104-maktablarda xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazlari ishga tushirildi.

Markazlarda 16 nafar professor-o‘qituvchi hamda 30 dan ortiq xalqaro sertifikatlarga ega talabalar va magistrantlar ingliz, nemis, xitoy va koreys tillaridan dars o‘tadi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan yoshlar uchun bepul kurslar tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16😁14👍8🤔3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalarga_qulaylik

Qarshi davlat universitetida “Geografiya maydoni” ochildi

Qarshi davlat universitetida yangidan barpo etilgan “Geografiya maydoni” oʻquv-amaliyot markazi foydalanishga topshirildi. Unda astronomik, meteorologik, gidrologik, geologik, topografik va kartografik burchaklar tashkil etilib, 40 ga yaqin oʻquv qurollari oʻrnatildi.

Ushbu markaz Gnomondan tortib, zamonaviy “Sokol” apparatigacha boʻlgan vositalar talabalarga geografik bilim va koʻnikmalarini amaliyotda mustahkamlash imkonini beradi.

Marosimda ta’kidlanganidek, ushbu maydoncha yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va ilm-fanga berilayotgan e’tiborning amaldagi ifodasidir. Kuzatish va amaliy mashg‘ulotlar talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirib, hudud iqlimi hamda iqtisodiyoti haqida chuqurroq tasavvur berishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
3❤31👍21😱6🤔3🔥2
#mandat #magistratura #qabul2025

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda


2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1🎉36❤22👍15👏6😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillik bayramidagi nutqidan:

“Sifatli ta’lim va aholi salomatligi – kelgusi taraqqiyotni hal qiluvchi eng muhim masala.
Oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga oshdi. Ayniqsa, talabalarning 53 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etayotgani alohida e’tiborga sazovor. Hozirgi vaqtda dunyodagi TOP oliygohlarda 2000 nafardan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Ulardan 750 ming nafari "El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali davlat hisobidan o‘qimoqda. O‘tgan yili yurtimiz yoshlari TOP-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallaganlari barchamizni, albatta, quvontiradi”.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍4🔥3
#Talabalarga_qulaylik

Shahrisabz davlat pedagogika institutida yangi o‘quv binosi ochildi

30-avgust kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida 1500 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli zamonaviy o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi binoda 50 ta auditoriya, 12 ta zamonaviy laboratoriya, 4 ta 150 o‘rinli ma’ruza zali, ma’naviyat zali, 2 ta kompyuter xonasi hamda Axborot resurs markazi mavjud.

Ushbu binoning foydalanishga topshirilishi yoshlar uchun bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍15🔥4🥰1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik bayrami arafasida: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida 1500 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab qator ijtimoiy va ilmiy-ma’rifiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filialida zamonaviy, 1500 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Mazkur o‘quv maskani talabalarga yuqori sifatli tibbiy bilim berish, ilg‘or amaliyotlarni joriy etish, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun barcha zaruriy sharoitlarga ega.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍7🔥6🤩4🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#34yil

🎇Mustaqillik bu – taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lida qo‘lga kiritilgan yutuqlar timsoli!

Yurtimiz mustaqillikka erishganidan buyon barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ilm-fan, ta’lim va texnologiya yo‘nalishida yaratilayotgan sharoitlar – ayni shu taraqqiyotning yorqin dalilidir.

😁Shu ma’noda, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Axborot-resurs markazining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga topshirilgani — mustaqilligimiz samarasidir.

✔️Mazkur ilmiy-ma’rifiy markaz — nafaqat zamonaviy kutubxona, balki talabalar va tadqiqotchilar uchun ilmiy izlanishlar olib borish, intellektual salohiyatni oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga xizmat qiladigan muhim maskan hisoblanadi.

🎊Bu kabi zamonaviy infratuzilmalar — yoshlarga ishonch, ularning kelajagiga sarmoya va eng muhimi, mustaqillik bergan imkoniyatlarning amaldagi ifodasidir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤13🔥4🎉4👏3
#Bitiruvchi_2025

Toshkent shahridagi Xalqaro Nordik universitetining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Mazkur oliy ta’lim muassasasi 2022-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda universitetda 6500 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Shulardan 613 nafar bakalavr va 113 nafar magistr talaba o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, ilk bitiruvchilar safidan joy oldi.

Tadbirda oliygoh rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ish beruvchi tashkilotlar vakillari, ota-onalar va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Bakalavr bitiruvchilarning 93 foizi va magistr bitiruvchilarning esa 89 foizdan ortig‘i ish bilan ta’minlanib, mehnat faoliyatini boshlagani quvonarlidir. Marosim davomida universitet rahbariyati yoshlarga samimiy tabrik yo‘llab, ularga diplomlarni topshirdi.

Mazkur diplomlar nafaqat oliy ta’limdagi yutuq, balki kelajakdagi kasbiy va shaxsiy muvaffaqiyatlar sari ochilgan yangi eshik sifatida alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤31👍8🔥3👏2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tyanszin shahridagi "Meyszyan" kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi qutladilar.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24🔥9👍7😁2