Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi muborak boʻlsin! 🇺🇿

Bu yil Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligini nishonlaymiz. Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti mamlakatimiz mustaqilligining mohiyati va tarixiy ahamiyatiga bagʻishlangan maxsus video lavha tayyorladi.

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi muborak boʻlsin, aziz vatandoshlar!

#mustaqillik_34_yil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍14🔥2😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Istiqlol xalqimizga o‘z taqdirini va qoidalarini o‘zi belgilash, o‘z e’tiqodi va yetakchilarini o‘zi tanlash, boyliklarini o‘zi sarflash huquqini taqdim etgan ne’matdir.

Biz toki bu ne’matdan bahramand bo‘lar ekanmiz, xalqimiz uchun eng aziz bayram shudir.


🇺🇿 Mustaqilligimizning 34 yilligi muborak bo‘lsin!

© TerDU Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32👍3🔥3😱1
Eslatma!

2025-yil 29-avgust kuni qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan holda, texnik xatolik sababli 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga litsenziyalar shakllangan.

Shunga ko‘ra, ushbu oliy ta’lim tashkilotlarining yangi qo‘shilgan ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim shakllari va faoliyat manzillariga qabul amalga oshirilishi mumkin emas.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirishda ularning litsenziyalarini sinchiklab tekshirish (QR kod orqali) va holati “Faol” bo‘lgan litsenziyasida ko‘rsatilgan faoliyat manzillari, yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllarini tanlash tavsiya etiladi.

Buning uchun, “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz)ga kirib, qiziqtirgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotining STIR raqami orqali uning amaldagi litsenziyasida ko‘rsatilgan faoliyat manzillari, ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllarini tekshirish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😁671❤35👍14🔥3🥰3
Joriy yilda O‘zbekistonda ikkinchi Ta’lim forumi o‘tkaziladi

Xitoyga rasmiy tashrif doirasida bugun Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ilm-fan, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalaridagi sheriklikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Mamlakatimizda Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon universitetining filiali hamda Xalqaro matematika markazi ochildi. Sian neft universiteti filialini ochish to‘g‘risida Bitim imzolandi. Pekin texnologiya instituti filialini ochish rejalashtirilgan.

Joriy yilda O‘zbekistonda ikkinchi Ta’lim forumi o‘tkaziladi. Xitoy tilini o‘rganishni kengaytirish va o‘zbekistonlik yoshlarini o‘qitish uchun kvotalarni ko‘paytirish, Konfutsiy institutlari faoliyatini rivojlantirish qo‘llab-quvvatlandi.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #muzokara

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤31👍9🔥4🤔2🎉2
🎓 DIQQAT! SAT IMTIHONIGA QO‘SHIMCHA IMKONIYAT!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 13-sentyabr kuni Namangan va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tadigan SAT imtihoni uchun qo‘shimcha joylar ochildi.

🗓 Imtihon sanasi: 2025-yil 13-sentyabr

📍 Imtihon o‘tkaziladigan hududlar:
1. Farg‘ona
2. Namangan

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil:
👉 USTIGA BOSING

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📱 (95) 515-68-68

📨 Telegram: @IlmiyMarkazUz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍2🔥1
#TurkiyUniversiada2025

O‘zbekiston talabalari Turkiy davlatlar III Universiadasiga yo‘l oldilar

Ertaga, 3-sentyabrdan 9-sentyabrga qadar Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-ota shahrida Turkiy davlatlar III Universiadasi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Unda 5 ta mamlakatdan tashrif buyurgan sport delegatsiyalari 5 ta olimpiya va 2 ta noolimpiya sport turi bo‘yicha bellashadilar.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi mazkur nufuzli musobaqada 7 ta sport turi – shaxmat, futzal, voleybol, stol tennisi, dzyudo, erkin kurash hamda yunon-rum kurashi bo‘yicha jami 80 nafar talaba sportchi bilan ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yil 5–10-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar II Universiadasida O‘zbekiston sport delegatsiyasi 36 ta (15 ta oltin, 11 ta kumush va 10 ta bronza) medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍10🔥2
Pekin shahriga rasmiy tashrif doirasida 2-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilinib, muloqot davomida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga ham to‘xtalindi.

Joriy yilda O‘zbekistonda ikkinchi Ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston hududlarida zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi “Lu Ban ustaxonalari” ochiladi.

Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va istiqbolli startaplarni ilgari surish maqsadida O‘zbekiston – Xitoy sun’iy intellektni rivojlantirish markazini tashkil etish taklif qilindi.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #uchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤14🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma #ijara_kompensatsiya

⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

‼️ Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤50👍10🔥5😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ilm ufqining yulduzi

Namangan davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti Yulduzxon To‘xtaboyeva 34 yoshida fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi!


#ilmfan #olima_ayol #olimlar_minbari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤42👍23🔥8👏4🥰1