Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#infografika #faoliyat_avgust

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil avgust oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1❤26👍6🔥2🤔1
Belarusdagi forum ta’lim, fan va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun muhim ko‘prik bo‘lmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning 2025-yil 2–3-sentabr kunlari Belarus Respublikasiga tashrifi doirasida Vitebsk shahrida O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi o‘tkazilmoqda.

Forumning birinchi kuni doirasida “Belarus – O‘zbekiston: ta’lim, fan va sog‘liqni saqlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari” mavzusida 4-seksiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ma’ruza bilan ishtirok etdi. O‘z chiqishida u so‘nggi yillarda O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar natijasida ularning ulushi oshganini qayd etdi.

Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, startap loyihalarini moliyalashtirish borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Seksiya yakunida O‘zbekiston va Belarus oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/82853

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍16🔥3😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Eng yaxshi gʻoya” yoʻnalishida 1-oʻrin!

Abubakir Atoyevning “Suv taqsimlash inshootlari uchun vertikal o‘qli mikroGES” texnologiyasi 63,8 ball bilan amaliyotchi-muhandislar yoʻnalishida 1-oʻringa loyiq deb topildi.

U suv taqsimlash inshootlaridagi past bosimli suvlardan ham elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beruvchi vertikal o‘qli mikroGES texnologiyasini ishlab chiqdi.

Ushbu ishlanma:

– ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqaradi,
– mavjud suv resurslaridan samarali foydalanadi,
– kichik gidroinshootlarda qo‘llanishi mumkin.


#engyaxshigʻoya #gʻolib #muhandislik #mikroGES #energiyatexnologiyasi
❤35👍23👏6🔥5🎉2
#AvgustKengashlari2025

Kasbiy ta’lim tashkilotlarining bir guruh rahbar va pedagoglari e’tirof etildi

2025–2026-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy mahorati hamda kompetentligini rivojlantirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida joriy yilning 22–30-avgust kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida an’anaviy Avgust kengashlari sho‘ba va yalpi yig‘ilishlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Yalpi yig‘ilishlarda viloyat hokimlari va ularning vakillari, xorijiy loyiha rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari ishtirok etib, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichlari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida o‘quv materiallari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirishda faol qatnashgan 340 nafar ilg‘or pedagog, shuningdek, “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” respublika ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan 41 nafar o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tashakkurnoma, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍7👏2🔥1🤩1
#Dayjest #3_sentyabr

Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun o‘quv jarayonlari bugundan boshlandi. Shu munosabat bilan muassasalarda tadbirlar, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi
mustaqillik darslari va tanishtiruv ishlari tashkil etilmoqda.

✅Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

✅O‘zbekiston Milliy universiteti;

✅O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

✅Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

✅O‘zMU Jizzax filiali;

✅Toshkent davlat texnika universiteti;

✅Andijon davlat tibbiyot instituti;

✅Geologiya fanlari universiteti;

✅TATU Samarqand filiali;

✅Qo‘qon davlat universiteti;

✅Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

✅Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

✅Jizzax politexnika instituti;

✅Namangan davlat universiteti;

✅Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

✅TATU Urganch filiali;

✅Guliston davlat universiteti;

✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

✅Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

✅Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;

✅Buxoro davlat universiteti;

✅TDTU Olmaliq filiali;

✅Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

✅Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

✅Namangan davlat pedagogika instituti;

✅Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

✅Andijon davlat universiteti;

✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

✅Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

✅Namangan davlat chet tillari instituti;

✅Urganch davlat universiteti;

✅TKTI Yangiyer filiali;

✅Buxoro davlat texnika universiteti;

✅Jizzax davlat pedagogika universiteti;

✅SamDU Urgut filiali;

✅Namangan davlat texnika universiteti;

✅Turon universiteti;

✅Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

✅Toshkent davlat agrar universiteti;

✅O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;

✅Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

✅Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

✅Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;

✅Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

✅Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

✅Guliston davlat pedagogika instituti;

✅Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

✅TDIU Samarqand filiali;

✅Samarqand davlat pedagogika instituti;

✅Andijon davlat texnika instituti;

✅Qarshi davlat universiteti;

✅Qoraqalpoq davlat universiteti;

✅Nukus davlat texnika universiteti;

✅O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

✅Urganch davlat pedagogika instituti;

✅Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10❤21👍8🔥3