Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Latviya_uchrashuv

Oʻzbekiston–Latviya birinchi taʼlim forumi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Latviya taʼlim vaziri Dace Melbārde bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar anʼanaviy iqtisodiy yo‘nalishlardan chiqib, taʼlim, fan va innovatsiyalar yo‘nalishlarida ham sezilarli darajada rivojlanmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83419

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍7🔥3🤔2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rin!

Toshkent davlat transport universiteti professori Ziyoda Adilova “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun gibrid avtomotrisani yaratish loyihasi bilan 72,38 ball to‘plab, professor-o‘qituvchilar yo‘nalishida 1-o‘ringa loyiq deb topildi.

Loyihada mavjud avtomotrisalarni dizel-generator va elektr motorlardan iborat zamonaviy gibrid tizimga o‘tkazish taklif etilgan. Bu yechim energiya tejamkorligi va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi.

Ushbu ishlanma:
– temir yo‘l transportida zamonaviylashtirishni jadallashtiradi,
– yoqilg‘i sarfini kamaytiradi va ekologik xavfsizlikni ta’minlaydi,
– mamlakat transport tizimining innovatsion rivojiga xizmat qiladi.


#engyaxshiloyiha #gʻolib #transport #temiryol #gibridtexnologiya #O‘zbekistonTemirYo‘llari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤23👏9👍5🔥2😁2
Vazir Latviyada o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi

“Yoshlarning har bir g‘oyasi — kelajagimizning mustahkam poydevoridir!” - Q.Sharipov.


Riga shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Latviyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot qildi.

Suhbat davomida yoshlarning muammolari va takliflari tinglanib, “Zakovat” intellektual o‘yinlarini Latviyada tashkil etish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, vazir yoshlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi faolligi, xalqaro dasturlarda qatnashish imkoniyatlari hamda Vatan taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasiga alohida e’tibor qaratdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24😁4🤔2😱2🎉1
O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollari biznes-forumi ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasida aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi

2025-yil 3-sentabr kuni Belarusning Vitebsk shahrida “O‘zbekiston – Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusida ikki davlat tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi yalpi majlisi o‘tkazildi.

Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova ochib berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko murojaatlari o‘qib eshittirildi.

Majlisda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, jumladan ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ham ishtirok etib, o‘z nutqida ikki davlat o‘rtasidagi oliy va kasbiy ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasida hamkorlik rivojlanayotganini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83363

#xalqaro_forum #yalpi_majlis

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍5🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇱🇻#forum #xalqaro_hamkorlik

Riga shahrida O‘zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi


4-sentabr kuni Riga shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida “O‘zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi” o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli anjumanda ikki mamlakat Oliy ta’lim vazirliklari mas’ullari, shuningdek, 50 ga yaqin yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83522

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍5🔥5👏1😱1
#Talabaga_qulaylik

Toshkent davlat agrar universitetida 1 350 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili arafasida Toshkent davlat agrar universitetida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 1 350 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Endilikda yangi qad rostlagan binoda 8 ta zamonaviy o‘quv laboratoriyasi, 8 ta ma’ruza zali, 38 ta seminar xonasi, professor-o‘qituvchilar xonalari va dekanatlar joylashgan bo‘lib, bu yerda O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetlari faoliyat olib boradi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83541

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤30👍18🔥4🎉1🤩1