Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollari biznes-forumi ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasida aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi

2025-yil 3-sentabr kuni Belarusning Vitebsk shahrida “O‘zbekiston – Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusida ikki davlat tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi yalpi majlisi o‘tkazildi.

Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova ochib berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko murojaatlari o‘qib eshittirildi.

Majlisda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, jumladan ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ham ishtirok etib, o‘z nutqida ikki davlat o‘rtasidagi oliy va kasbiy ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasida hamkorlik rivojlanayotganini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83363

#xalqaro_forum #yalpi_majlis

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍5🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇱🇻#forum #xalqaro_hamkorlik

Riga shahrida O‘zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi


4-sentabr kuni Riga shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida “O‘zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi” o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli anjumanda ikki mamlakat Oliy ta’lim vazirliklari mas’ullari, shuningdek, 50 ga yaqin yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83522

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍5🔥5👏1😱1
#Talabaga_qulaylik

Toshkent davlat agrar universitetida 1 350 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili arafasida Toshkent davlat agrar universitetida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 1 350 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Endilikda yangi qad rostlagan binoda 8 ta zamonaviy o‘quv laboratoriyasi, 8 ta ma’ruza zali, 38 ta seminar xonasi, professor-o‘qituvchilar xonalari va dekanatlar joylashgan bo‘lib, bu yerda O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetlari faoliyat olib boradi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83541

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤30👍18🔥4🎉1🤩1
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!


Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁23❤15🔥9🤔4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Yilning eng yirik innovatsion haftaligi – InnoWeek-2025 sizni kutmoqda!


9–11-oktabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida o‘tadigan ushbu xalqaro haftalik mamlakatimizda ilm-fan va innovatsion faoliyatdagi yutuqlarni namoyish etadi.

Ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar va boshqa tadbirlar haftalik doirasida tashkil etiladi.

InnoWeek — mahalliy va xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari, investorlar, olimlar, startaperlar va ekspertlarni birlashtiruvchi platforma.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍3🔥2😱1
4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi👈

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍1