Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Xitoy

“TIQXMMI” MTU va Beijing texnologiya universiteti hamkorligida “Intellektual elektromobillar qo‘shma laboratoriyasi” tashkil etiladi


O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Xitoyga qilgan xizmat safari davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti prorektori Shuhrat Shokirov bilan birga Beijing texnologiya universiteti (BIT) vitse-prezidenti Van Bentsun boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar jamoasi ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Beijing texnologiya universiteti hamkorligida “Intellektual elektromobillar qoʻshma laboratoriyasi” tashkil etish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi. Laboratoriya zamonaviy elektromobillar va zaryadlash texnologiyalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar, qoʻshma taʼlim dasturlari, yosh olimlar va oʻqituvchilar uchun stajirovkalarni qamrab oladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/83712

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤13🔥1🎉1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

QABUL YOPILISHIGA 10 KUN QOLDI!


Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tashkil etilayotgan Britaniya dasturlariga qabul yakunlanishiga 10 kun qoldi.

Yo'nalishlar:
Bakalavr bosqichi:
- Biznes boshqaruvi
- AT (Axborot texnologiyalari)
Magistratura bosqichi:
- MBA

❗️Texnikum bitiruvchilari, xorijiy va mahalliy oliygohlardan o'qishini ko'chirishni istagan hamda magistratura bosqichida o'qimoqchi bo'lgan talabgorlar 2-bosqichga yoki magistraturaga qabul tartibi to'g'risida ba'tafsil ma'lumot olish uchun qabul bo'limiga bog'lanishlari so'raladi.

Ba'tafsil ma'lumot uchun:
📞 +998712002024 |✈️@iqacuz_bot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27👍3🔥1
#xizmat_safari

4-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi Quva tuman politeхnikumida faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir o‘rinbosari boshchiligidagi mas’ullari ushbu muassasada olib borilayotgan qurilish, joriy va qayta ta’mirlash ishlarini bevosita ko‘zdan kechirdi.

Quva tuman politeхnikumida Axborot texnologiyalari (AT) yo‘nalishi bilan bir qatorda 7 ta zamonaviy kasb va xorijiy tillarni o‘qitish uchun yangi binolar qurilmoqda.

Jumladan, logistika markazi, AT laboratoriyalari, robototexnika, mobilografiya bo‘yicha amaliyot xonalari, quyosh panellarini o‘rnatish va ta’mirlash ustaxonasi, tikuvchilik ustaxonalari tashkil etilmoqda.

Sarvarxon Buzrukxonov amalga oshirilayotgan jarayonlarni batafsil o‘rganib, mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2👏1🤔1
O‘zbekiston va Belarus OTMlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha yangi hujjatlar imzolandi

2025-yil 2–3-sentyabr kunlari Belarus Respublikasi Vitebsk shahrida O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv doirasida ikki tomonning bir qator oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi.

Jumladan:

➡️P.M.Masherova nomidagi Vitebsk davlat universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida Ilmiy-innovatsion hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

➡️Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti va Andijon davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma;

➡️P.O. Suxoy nomidagi Gomel davlat texnika universiteti va Farg‘ona davlat universiteti Hamkorlik to‘g‘risida shartnoma;

➡️Vitebsk davlat texnika universiteti va Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

➡️Belarus davlat oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, Belarus davlat universiteti hamda Yevfrosiniya Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universiteti bilan Buxoro davlat texnika universiteti o‘rtasida ikki tomonlama akademik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur hujjatlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤19👍8🤔4🔥2🎉1
#ilmiy_stajirovka

🟦🟦🟦

AQShda stajirovka o‘tang!


Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qilindi!

G‘oliblar 2025-yil davomida AQShning Texas universitetiga 6 oylik stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.

Hujjatlar 2025-yilning 15-oktabr (shu kuni ham 23:55gacha) sanasiga qadar “internship.ilmiy.uz” – xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

❗️Boshqa elektron manzil (edo.ijro.uz, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.


☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203 32 23 (541)

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥3😁1🎉1