Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Shahidlar xotirasi maydonida talabalar va oʻquvchilar ishtirokida qatagʻon qurbonlari xotirasi yuksak ehtirom bilan yod etildi

Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularning nomini eʼzozlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi maydonida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda ustozlar, talabalar hamda maktab oʻquvchilari faol ishtirok etdilar.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari Botu Olimov, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori va “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi Baxtiyor Hasanov soʻzga chiqdilar.

“Qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning jasorati va ibratli hayotidan oʻrnak olish – har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir. Bugungi tinch va obod kunlar qadriga yetish, qurbon boʻlgan yurtdoshlarimiz ruhini shod etish bizning muqaddas burchimizdir”, – dedi O.Mahkamov.


Tadbir doirasida ishtirokchilar Qatagʻon qurbonlari muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/84006

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤31🔥5👍3😱1
#RahbarYoshlar_uchrashuvi

Bugun Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Mazkur muloqotda respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalaridan yoshlar yetakchilari, fakultet va yo‘nalish koordinatorlari, shuningdek, faol talabalardan iborat 700 dan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov so‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun oliy ta’lim olish, kasb-hunar egallash va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/84037

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍5🔥4👏2🤩2
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#kitobxon_yoshlar_ligasi

🗣“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yildagi 3-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!

✔️Final bosqichida har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga o’tgan har bir ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida final testlarini ishladi. Markazlashgan holda tashkil etilgan final bellashuvida 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 145 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

📚Finalda ishtirokchilarga oldindan o‘qish uchun vazifa qilib berilgan Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun”, Agata Kristining “Ular 10 ta edi” hamda Odil Yoqubovning “Diyonat” kitoblari bo‘yicha tuzilgan 50 tadan test savollari berildi. Har bir test uchun 40 soniyadan vaqt ajratildi.

🔹Yakunda testlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topildi. Natijalar teng bo‘lib qolgan holatda g‘olib aniqlangunga qadar qo‘shimcha savollar berildi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍2🔥1😁1