Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#kitobxon_yoshlar_ligasi

🗣“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yildagi 3-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!

✔️Final bosqichida har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga o’tgan har bir ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida final testlarini ishladi. Markazlashgan holda tashkil etilgan final bellashuvida 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 145 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

📚Finalda ishtirokchilarga oldindan o‘qish uchun vazifa qilib berilgan Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun”, Agata Kristining “Ular 10 ta edi” hamda Odil Yoqubovning “Diyonat” kitoblari bo‘yicha tuzilgan 50 tadan test savollari berildi. Har bir test uchun 40 soniyadan vaqt ajratildi.

🔹Yakunda testlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topildi. Natijalar teng bo‘lib qolgan holatda g‘olib aniqlangunga qadar qo‘shimcha savollar berildi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍2🔥1😁1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
Yoşlar.edu.uz
Photo
🟩🟩🟩🟢🟢🟢🟢

📚 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 2025-yilgi 3-mavsum g‘oliblari bilan tanishing:

🟣1) Dilyora Ma’murova – FarDU talabasi
🟢2) Firdavs Shahobov – JIDU talabasi
🟢2) Jennet Sultanmuratova – UrDPI talabasi
🔵3) Sevinch Normurodova – QarDU talabasi
🔵3) Sherzodbek Qurbanov – TDSHU talabasi
🔵3) Uldona Salimova – QarDU talabasi

🟠4) Oychehra Boyboboyeva – FarDTU talabasi
🟠4) Barchinoy Ro‘zmetova – UrDPI talabasi
🟠4) Jaloliddin Sayfiddinov – TATU talabasi
🟠4) Marjona Rajabboyeva – TDYU talabasi
🔴5) Durdona Shamsiyeva – NavDU talabasi
🔴5) Mohigul Aramova – O‘zDJTU talabasi
🔴5) Sarvinoz Omonova – O‘zDJTU talabasi
🔴5) Jamila Orifjonova – TDIU talabasi
🔴5) Gulshanoy Xolmatjonova – FarDU talabasi

✅ Tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari:

↪️1) Malika Shukrullayeva – TDSHU talabasi;
➡️2) Jamshidbek Tursunboyev – ADTI talabasi;
➡️2) Muxtasar Ibrohimova – O‘zMPU talabasi;
↪️3) Shoistaxon Nabixo‘jayeva – O‘zJOKU talabasi;
↪️3) Mustafo Xurramov – TISU talabasi;
↪️3) Asrorbek Alijonov – JIDU talabasi.

↪️ Nizomga ko‘ra, tanlov g‘oliblari diplom, sertifikat va quyidagi tartibda sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

🔹Test bo‘yicha 1-o‘rin – Noutbuk (core i5);
🔹Test bo‘yicha 2-o‘rinlar – Smart televizor 43";
🔹Testda 3-o‘rinlar va referalda 1-o‘rin – Planshet (6/128);
🔹Testda 4-o‘rinlar va referalda 2-o‘rinlar – Planshet (4/64);
🔹Testda 5-o‘rinlar va referalda 3-o‘rinlar – Smart televizor 32".

Tanlovda test ishlash jarayonida qatnashgan barcha ishtirokchilar 8-sentabr kuni elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤40👍11🔥7😁2😱1
#XUSHXABAR

Talaba-dzyudochilarimiz Turkiy davlatlar Universiadasida 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi


Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tkazilayotgan III Turkiy davlatlar Universiadasi doirasida dzyudo bahslari yakuniga yetdi.

Ulug‘bek Azizov va Aziz Tashmatov murabbiyligidagi talaba-dzyudochilarimiz musobaqada 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi.

💐 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi dzyudochi talabalarimizni hamda ularning murabbiylarini samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi.

G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing👈

#natija #turkiy_davlatlar #talabalar_universiadasi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤23👍20🔥1👏1😁1
#diqqat_tanlov

Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️


📥Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatorlar tanlovi
Muddat: 14.09.2025

📥O‘zbekiston–2030: Engineering Research fundamental tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 18.09.2025

📥Oʻzbekiston–2030: Social Research fundamental tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 18.09.2025

📥 “Science4State – 2025” amaliy tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 30.09.2025

📥Innovatsion tumanlar uchun yangi texnologiyalar tanlovi
Muddat: 30.09.2025

📥“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi
Muddat: 01.10.2025

📥Yangi avlod bazalt texnologiyalari
Muddat: 01.10.2025

📥AQShda stajirovka o‘tang!
Muddat: 15.10.2025

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?

Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Buni
💻 ijara.soliq.uz saytida
📱 Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

“Soliq” mobil ilovasining “Ijaraga berish” undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning JShShIR kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

✅ Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu maʼlumotlar Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

✏️ Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan.
👉 Soliq kodeksi, 378-modda, 19¹-bandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍7🔥3😱1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #eslatma

📹 Magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23🔥5👍4
Toshkent shahrida N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali, “ToshTech” texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #islohot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤32👍16🤔4🔥2
✅ #Olimlar_minbari
#01-06.09.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Uch tomonlama sammit: hayotiy tashabbus va istiqbollar” — Sadriddin TUROBJONOV, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi: yangilanish yo‘lidagi dadil odimlar” — Ahmed REYMOV, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, akademik;

“ShHT sammiti: Oʻzbekiston tashabbuslari – mamlakatimiz va mintaqaning yangi rivojlanish yoʻli sari dadil qadam” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

“Agrar soha rivoji yuqori malakali kadrlarga bogʻliq” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;

“Faol, samarali va innovatsion ishlash imkoni yaratildi” — Dilshodbek RUSTAMOV, Andijon davlat chet tillari instituti rektori;

«Золотое поколение страны открывает новые горизонты» — Барно АБДУЛЛАЕВА, профессор Национального педагогического университета Узбекистана;

“Ilmga va Vatanga sadoqat har qanday sinovlardan ustun” — Sharofiddin NAZAROV, Oʻzbekiston milliy universiteti professori;

«Важная веха в развитии Шанхайской организации сотрудничества» — Омон МУХАМЕДЖАНОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“Oʻzbekiston – ShHT: “Yashil iqtisodiyot” va adolatli raqobat maydoni” — Abdurahim VAHOBOV, Oʻzbekiston milliy universiteti kafedra mudiri, professor; Shuhrat HOJIBOQIYEV, universitet katta oʻqituvchisi;

“Poydevori mustahkam, kelajagi yorqin” — Sohiba ZOKIROVA, Fargʻona davlat universiteti professori;

«Действенная правовая платформа организации сотрудничества бизнеса и государства» — Омон ОКЮЛОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“Tinchlik, farovonlik va shukronalik hissi” — Azizbek AMONOV, Buxoro davlat universiteti dotsenti;

«Образование без границ: гендерная гармония как ключ к развитию общества» — Гули ЭРГАШЕВА, декан факультета УзГУМЯ, профессор;

“Saljuqiylar davlati” — Zikrilloxon QODIROV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti katta oʻqituvchisi;

«Пространство для больших открытий» — Файзулла НАЗАРОВ, декан факультета СамГУ;

“Suv muammolari va jurnalistika” — Malika SABUROVA, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchisi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍2🔥2😁1
#Inklyuziv_taʼlim

Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar maxsus adabiyotlar bilan ta’minlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay ta’lim muhitini yaratish maqsadida muhim tashabbus amalga oshirildi.

Xususan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarning “Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi”, “To‘qish jihozlari operatori” hamda “Kutubxonashunoslik” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar uchun 10 nomda 468 nusxada maxsus fan o‘quv adabiyotlari brayl alifbosida chop etildi.

Mazkur o‘quv adabiyotlar texnikumlarning axborot-resurs markazlariga yetkazildi va ular orqali o‘quvchilarning muntazam foydalanishiga sharoit yaratildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍10🔥1🎉1