Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkent shahrida N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali, “ToshTech” texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #islohot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤32👍16🤔4🔥2
✅ #Olimlar_minbari
#01-06.09.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Uch tomonlama sammit: hayotiy tashabbus va istiqbollar” — Sadriddin TUROBJONOV, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi: yangilanish yo‘lidagi dadil odimlar” — Ahmed REYMOV, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, akademik;

“ShHT sammiti: Oʻzbekiston tashabbuslari – mamlakatimiz va mintaqaning yangi rivojlanish yoʻli sari dadil qadam” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

“Agrar soha rivoji yuqori malakali kadrlarga bogʻliq” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;

“Faol, samarali va innovatsion ishlash imkoni yaratildi” — Dilshodbek RUSTAMOV, Andijon davlat chet tillari instituti rektori;

«Золотое поколение страны открывает новые горизонты» — Барно АБДУЛЛАЕВА, профессор Национального педагогического университета Узбекистана;

“Ilmga va Vatanga sadoqat har qanday sinovlardan ustun” — Sharofiddin NAZAROV, Oʻzbekiston milliy universiteti professori;

«Важная веха в развитии Шанхайской организации сотрудничества» — Омон МУХАМЕДЖАНОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“Oʻzbekiston – ShHT: “Yashil iqtisodiyot” va adolatli raqobat maydoni” — Abdurahim VAHOBOV, Oʻzbekiston milliy universiteti kafedra mudiri, professor; Shuhrat HOJIBOQIYEV, universitet katta oʻqituvchisi;

“Poydevori mustahkam, kelajagi yorqin” — Sohiba ZOKIROVA, Fargʻona davlat universiteti professori;

«Действенная правовая платформа организации сотрудничества бизнеса и государства» — Омон ОКЮЛОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“Tinchlik, farovonlik va shukronalik hissi” — Azizbek AMONOV, Buxoro davlat universiteti dotsenti;

«Образование без границ: гендерная гармония как ключ к развитию общества» — Гули ЭРГАШЕВА, декан факультета УзГУМЯ, профессор;

“Saljuqiylar davlati” — Zikrilloxon QODIROV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti katta oʻqituvchisi;

«Пространство для больших открытий» — Файзулла НАЗАРОВ, декан факультета СамГУ;

“Suv muammolari va jurnalistika” — Malika SABUROVA, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchisi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍2🔥2😁1
#Inklyuziv_taʼlim

Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar maxsus adabiyotlar bilan ta’minlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay ta’lim muhitini yaratish maqsadida muhim tashabbus amalga oshirildi.

Xususan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarning “Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi”, “To‘qish jihozlari operatori” hamda “Kutubxonashunoslik” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar uchun 10 nomda 468 nusxada maxsus fan o‘quv adabiyotlari brayl alifbosida chop etildi.

Mazkur o‘quv adabiyotlar texnikumlarning axborot-resurs markazlariga yetkazildi va ular orqali o‘quvchilarning muntazam foydalanishiga sharoit yaratildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍10🔥1🎉1
#dayjest

Bugun, 8-sentabr kuni, O‘zbekistonning barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun yangi 2025/2026-o‘quv yili boshlandi

➡️Toshkent shahridagi “MEI” Milliy tadqiqot universiteti Federal davlat oliy ta’lim muassasasi filiali;

➡️Andijon davlat tibbiyot instituti;

➡️TDTU Olmaliq filiali;

➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti;

➡️Namangan davlat chet tillari instituti;

➡️Samarqand davlat chet tillar instituti;

➡️Osiyo xalqaro universiteti;

➡️Turan xalqaro universiteti;

➡️Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti;

➡️Urganch davlat universiteti;

➡️O‘zbekiston Sharda universiteti;

➡️TDTU Termiz filiali;

➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➡️Buxoro davlat universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍7🎉2🔥1
#Xalqaro_forum

Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro tibbiy forum va rektorlar yig‘ilishi o‘tkazildi


Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida buyuk tabib tavalludining 1045 yilligi va institut tashkil topganining 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tibbiy forum hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlarining navbatdagi rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xitoy, Hindiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Polsha kabi mamlakatlardan nufuzli olimlar va rektorlar ishtirok etdi. Forumda tibbiyotda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va genetik tadqiqotlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍3🔥1
Oliy taʼlim tashkilotlari Registrator ofisi xodimlarining malakasi oshirilmoqda

Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamkorligida 2025-yil 8–13-sentabr kunlari “Oliy taʼlim tashkilotlarida Registrator ofisi faoliyatini tashkil etish” mavzusida malaka oshirish kurslarining birinchi sikli boshlandi.

Ushbu kurslarda respublikamizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarining 300 nafarga yaqin Registrator ofisi xodimlari malaka oshirishi rejalashtirilgan.

Mazkur tashabbus oliy ta’limda boshqaruv samaradorligini oshirish, jarayonlarning shaffofligini taʼminlash va taʼlim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/84461

#malaka_oshirish #seminar #registrator_ofisi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤35👍17👏3🔥2