#dayjest
Bugun, 8-sentabr kuni, O‘zbekistonning barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun yangi 2025/2026-o‘quv yili boshlandi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

➡️ Toshkent shahridagi “MEI” Milliy tadqiqot universiteti Federal davlat oliy ta’lim muassasasi filiali;➡️ Andijon davlat tibbiyot instituti;➡️ TDTU Olmaliq filiali;➡️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti;➡️ Namangan davlat chet tillari instituti;➡️ Samarqand davlat chet tillar instituti;➡️ Osiyo xalqaro universiteti;➡️ Turan xalqaro universiteti;➡️ Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti;➡️ Urganch davlat universiteti;➡️ O‘zbekiston Sharda universiteti;➡️ TDTU Termiz filiali;➡️ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;➡️ Jizzax davlat pedagogika universiteti;➡️ Buxoro davlat universiteti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍7🎉2🔥1
#Xalqaro_forum
Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro tibbiy forum va rektorlar yig‘ilishi o‘tkazildi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida buyuk tabib tavalludining 1045 yilligi va institut tashkil topganining 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tibbiy forum hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlarining navbatdagi rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xitoy, Hindiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Polsha kabi mamlakatlardan nufuzli olimlar va rektorlar ishtirok etdi. Forumda tibbiyotda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va genetik tadqiqotlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

❤19👍3🔥1
Oliy taʼlim tashkilotlari Registrator ofisi xodimlarining malakasi oshirilmoqda
Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamkorligida 2025-yil 8–13-sentabr kunlari “Oliy taʼlim tashkilotlarida Registrator ofisi faoliyatini tashkil etish” mavzusida malaka oshirish kurslarining birinchi sikli boshlandi.
Ushbu kurslarda respublikamizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarining 300 nafarga yaqin Registrator ofisi xodimlari malaka oshirishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus oliy ta’limda boshqaruv samaradorligini oshirish, jarayonlarning shaffofligini taʼminlash va taʼlim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/84461
#malaka_oshirish #seminar #registrator_ofisi

❤35👍17👏3🔥2
Iqtisodiyot rivojlanishi, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi faqat va faqat ta’lim va muallimga bog‘liq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
O‘qituvchiga munosib sharoit yaratish, bog‘cha, maktab qurish, jihozlash, chetdan mutaxassis olib kelish, zamonaviy darslik va o‘quv dasturlarini joriy qilish bo‘yicha juda ko‘p sharoitlar yaratilgani va bu yana davom ettirilishi ta’kidlandi.
– dedi Prezident.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
“Iqtisodiyot rivojlanishi, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi faqat va faqat ta’lim va muallimga bog‘liq. Sizlar bilan ish boshlagan birinchi kundan aytaman: ta’lim, ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, muallim”,– dedi davlatimiz rahbari.
O‘qituvchiga munosib sharoit yaratish, bog‘cha, maktab qurish, jihozlash, chetdan mutaxassis olib kelish, zamonaviy darslik va o‘quv dasturlarini joriy qilish bo‘yicha juda ko‘p sharoitlar yaratilgani va bu yana davom ettirilishi ta’kidlandi.
“Lekin har bir tuman, viloyat hokimi, biz farzandlarimizni ishonib topshirgan bog‘cha, maktab, texnikum, oliygoh rahbarlari bir haqiqatni aniq bilishi zarur.
Odamlarimiz yaxshi yashashi uchun iqtisodiyotimiz kuchli bo‘lishi kerak! Buning uchun yangi tovar, yangi xizmat, yangi texnologiya kerak! Sifatli ta’lim tizimi orqaligina bularga erisha olamiz! Boshqa yo‘limiz yo‘q!
Shu haqiqatni anglab, har kuni o‘zini qiynab ishlagan rahbarning tumanida, bog‘chasi, maktabi, texnikumi, oliygohida albatta o‘zgarish va natija bo‘ladi!”,
– dedi Prezident.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍9🔥1😁1
Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 195 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ularga oshirilgan stavkada jami 10 milliard so‘m, murabbiy o‘qituvchilariga esa 3,5 milliard so‘m pul mukofoti beriladi.
Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paydi.
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani e’lon qilindi.
Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.
Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlari, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga o‘tib, ta’limning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paydi.
"To‘g‘ri, maktabgacha va maktab ta’limida o‘zgarishlar bo‘lyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor. Lekin kasb-hunar va oliy ta’limga mas’ul mutasaddilar haligacha ta’limdagi islohotlar mazmunini to‘liq tushunib yetgani yo‘q",
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani e’lon qilindi.
Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.
Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlari, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga o‘tib, ta’limning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤40😱18👍15🔥8👏7
Pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” bakalavr ta’limi joriy qilinadi
Yoz mavsumida 118 ming tarbiyachining malakasi oshirildi, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi.
Shu bois, yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.
Xususiy bog‘cha bilan davlat bog‘chasi uchun ta’lim-tarbiya sifati bo‘yicha yagona yondashuv yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi.
Mutasaddilarga “Yangi avlod” bog‘chasi loyihasini eski va bir xil yondashuvlardan chekinib, yangicha ishlab chiqish topshirildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Qamrovni oshirish uchun barcha sharoit qilib beryapmiz, lekin bog‘chalarga yangi nafas, yangi metodika kirib borishi, tarbiyachilarning salohiyati ham shunga yarasha bo‘lishi kerak”,– dedi Prezident.
Yoz mavsumida 118 ming tarbiyachining malakasi oshirildi, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi.
Shu bois, yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.
Xususiy bog‘cha bilan davlat bog‘chasi uchun ta’lim-tarbiya sifati bo‘yicha yagona yondashuv yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi.
Mutasaddilarga “Yangi avlod” bog‘chasi loyihasini eski va bir xil yondashuvlardan chekinib, yangicha ishlab chiqish topshirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍5🔥5😁2
Hududlardagi texnika oliygohlariga ayrim ixtisoslashtirilgan maktablar biriktiriladi
O‘tgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yo‘lga qo‘yildi. Keyingi o‘quv yilidan yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi.
Buning uchun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Ushbu maqsadlarga zarur mablag‘larni keyingi yil davlat byudjetida nazarda tutish topshirildi.
Iqtidorli o‘quvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy, muhandislik bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek, tabiiy fanlar yo‘nalishida Ibn Sino maktablari filiallari tashkil etiladi.
Endi ularning barchasi hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Yaxshi natijaga erishgan bitiruvchilar ushbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.
2026-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Bosh vazirga poytaxtimizda ushbu olimpiadalarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy masalalarni nazoratga olish topshirildi.

❤26👍7🔥1👏1
Umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda vatanparvarlik g‘oyasini texnologiya asri bolalariga zamonaviy usullarda yetkazish kerak
Kecha Prezident yosh avlodni tarbiyalashning yagona konsepsiyasi bilan tanishdi.
Endilikda yosh toifalari bo‘yicha milliy tarbiya modeli yaratiladi. Bu orqali bolalar zamonaviy kompetensiyaga ega mutaxassis bo‘lish bilan birga milliy qadriyatlarga sodiq inson bo‘lib tarbiyalanadi.
Buning ilk qadami sifatida yangi o‘quv yilidan barcha bog‘cha, maktab va oliygohlarda har dushanba “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.
Umuminsoniy, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik g‘oyasi, Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni o‘zgarib borayotgan zamon sharoitida texnologiya asri bolalariga chuqurroq, zamonaviy usullarda yetkazish kerakligi aytildi.
Shu bois, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi.
Yaratilgan kontent “Milliy tarbiya” platformasiga doimiy ravishda joylashtiriladi, telekanallarda yoritib boriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍6🔥1
Blogerlikka qiziqqan talabalar uchun ajoyib imkoniyat: bepul oʻqish, stipendiya va tushlik
Blogerlik faoliyatiga qiziqqan yoshlar uchun 6 oylik bepul oʻqish dasturi — “Media Start” loyihasiga start berildi.
Loyihada 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, oliy ta’lim muassasalarining talabalari ishtirok etishi mumkin.
Tinglovchilarga o‘z sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga egaligi, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritishga qiziqishi, ijodiy va kreativ fikrlashi ustuvorlik beradi.
Nomzodlarni qabul qilish 20-sentabrgacha davom etadi. Loyiha nizomi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish uchun: @mediastartuzbot

❤13🔥10👍3😁3
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi
– dedi Prezident.
Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yildi.
Umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qo‘shimcha yana 200 ming o‘quvchini texnikumga qamrab olish topshirildi.
Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Bizda 450 ming o‘quvchini qabul qila oladigan 598 ta texnikum bor. Bu yoshlar uchun juda katta resurs, sharoit va imkoniyat.
Lekin bu yil 9-sinfni 608 ming o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ularni atigi 182 ming nafari texnikumlarga boryapti.
Bugundan boshlab bir yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi”,

👍12❤8🔥1