#WorldsSkills_2025
Samarqandda WorldSkills-2025 chempionatiga start berildi
Samarqand shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Worldskills Uzbekistan ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi hamkorligida “Quruq qurilish va suvoq ishlari” bo‘yicha V Milliy chempionatning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i va KNAUF Buxoro Gips Akademiyasi direktori so‘zga chiqib, yosh mutaxassislarga omad va ulkan yutuqlar tiladilar.
Ishtirokchilar va ekspertlar chempionatning muhim an’anasi sanalgan Worldskills qasamyodini qabul qilib, halollik va professional mahoratga sodiq qolishga va’da berdilar.
Marosim so‘ngida esa qatnashchilar hamda mehmonlar uchun madaniy hordiq sifatida konsert dasturi namoyish etildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤27🔥4👍2🤔2
#Yagona_ekotizim #Raqamlashtirish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish va raqamlashtirish maqsadida yangi platforma ishlab chiqildi.
my.bimm.uz – masofaviy malaka oshirish kurslari va elektron portfolio tizimlari negizida yaratilgan yagona raqamli ekotizim bo‘lib, hozirda sinov rejimida ishlamoqda.
Yangi platformada xafvsizlikni oshirish va imkoniyatlarni yanada kengaytirish maqsadida OneID - Yagona identifikatsiya tizimi hamda HEMIS - Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi bilan o‘zaro integrasiya qilindi.
👉 Platformadan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma
🎥 Ushbu videoqo‘llanma orqali siz:
🔹 Platformaga qanday kirishni;
🔹 Shaxsiy kabinetdan foydalanish tartibini;
🔹 Elektron portfolioni yuritish imkoniyatlarini; bosqichma-bosqich o‘rganishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍18❤13🔥2👏2
#iqtidorli_talabalar
O‘zDK talabalaridan – Milliy karaoke!
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalaridan iborat isteʼdodli yoshlar metroda “Mendirman Jaloliddin” qo‘shig‘ini, Toshkent shahrining Magic City bog‘ida Qoraqalpoqcha qo‘shiqlarni kuylab, barchani hayratga soldilar!
☑️ Bu nafaqat bir chiqish – bu xalqimizning boy madaniyati, xalqaro do‘stlik, va yurtimizdagi tinchlik va totuvlikning jonli namunasidir. San’at chegara bilmaydi – millatlar yuragida kuylanadi!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zDK talabalaridan – Milliy karaoke!
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalaridan iborat isteʼdodli yoshlar metroda “Mendirman Jaloliddin” qo‘shig‘ini, Toshkent shahrining Magic City bog‘ida Qoraqalpoqcha qo‘shiqlarni kuylab, barchani hayratga soldilar!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35👍18😁9🔥5🤔1
#Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston va Vengriya oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda
2025-yil 10-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov Vengriya davlat kotibi o‘rinbosari – Bosh vazir apparatining siyosiy direktori ofisi rahbari Marton Ugroshdi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/84986

❤30👍5😁3🔥2
#dayjest
🗣 Yoshlar isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qilayotgan “Besh tashabbus” doirasidagi tadbirlar dayjesti
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
➡️ O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida sportning futbol turi bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi;➡️ Urganch davlat universitetida voleybol va mini-futbol sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi;➡️ Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi Andijon shahridagi Ekoparkda tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” festivalida faol ishtirok etdi;➡️ Buxoro davlat texnika universitetida shaxmat, shashka va “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi;➡️ Nukus davlat pedagogika institutida festivali doirasida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi;➡️ Buxoro davlat pedagogika institutida madaniy-ma’rifiy va sport loyihalari yoshlar hayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda;➡️ Andijon davlat chet tillari institutida “1-kurs maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi;➡️ Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida “Besh tashabbus” olimpiadasi festivali boʻlib oʻtdi;➡️ Nukus davlat pedagogika institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi;➡️ Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Ekoparkda tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” festivalida faol ishtirok etdi;➡️ Nukus shahrida tashkil etilgan gala-konsertda Innovatsion texnologiyalar universiteti rahbariyati, tyutorlar va talabalar ham faol ishtirok etdilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍6😁4🔥2
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Britaniya dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari yakunlanmoqda. Texnikum bitiruvchilari, xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirishni istaganlar, shuningdek, magistratura bosqichida ta’lim olishni xohlagan talabgorlar uchun so‘nggi imkoniyat!
Britaniya standartlari asosida ta’lim oling va yakunda davlat oliygohi diplomi hamda Britaniya universiteti diplomiga ega bo‘ling.
Yo‘nalishlar:
☎️ Aloqa: +998 71 200 20 24
Telegram bot: @iqacuz_bot
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍7🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_anjuman
Buxoro davlat universitetida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat universitetida “Jahon sivilizatsiyasida Buxoroning o‘rni: boy meros, barqaror rivojlanish, yorqin kelajak” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Unda mamlakatimizning nufuzli oliygohlari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, 30 dan ortiq xorijiy universitetlar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaati qo‘yib berildi. Vazir o‘z nutqida universitetda shakllangan ilmiy va ma’naviy muhit, ustoz-shogird an’analari hamda xalqaro hamkorlikning ta’lim sifatini oshirishdagi muhim ahamiyatini alohida qayd etdi.
Xalqaro anjuman davomida Buxoroning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni, uning boy tarixiy-ma’naviy merosini asrab-avaylash va ilmiy asosda o‘rganish masalalari keng muhokama qilindi.
Mazkur dargoh yuz minglab mutaxassis va ziyolilarni yetishtirgan bo‘lsa, bugungi kunda 28 mingdan ortiq talaba va 750 dan ziyod professor-o‘qituvchi ta’lim sifatini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda.
Shuningdek, tadbirda fidoyi olim va pedagoglarning ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etilib, ular maxsus ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Anjuman doirasida BuxDU faoliyatiga bag‘ishlangan yangi kitoblar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

👍11❤9👏2😱2🔥1
#Qoʻshma_taʼlim
TDIU Samarqand filialida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul davom etmoqda
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 2025/2026-o‘quv yili uchun xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmoqda.
Ushbu dasturlar xorijiy hamkor universitetlar bilan birgalikda tashkil etilgan bo‘lib, talabalarga nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda tan olinadigan diplom olish imkoniyatini yaratadi.
Afzalliklari:
👉 Ariza qoldirish
📞93 3021130 / 94 1707055

🔹 Talabalar almashinuvi (student exchange) imkoniyati;
🔹 2+2 yoki 1+1 tizimida o‘qish (o‘qishning bir qismi chet elda);
🔹 Xorijiy professor va mutaxassislardan bevosita ta’lim olish;
🔹 Yevropa va Malayziya oliy ta’lim sifatini his qilish va xalqaro muhitda o‘qish;
🔹 Kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro til sertifikati bilan qabul (sertifikat bo‘lmagan taqdirda universitetda test topshirish imkoniyati mavjud).
👉 Ariza qoldirish
📞93 3021130 / 94 1707055
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍3😁3🔥2
#Eʼtirof
Ta’lim sohasi fidoyilarining bir guruhi mukofotlandi
Bugun, 11-sentabr kuni yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, ta’lim-tarbiya tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan bir guruh pedagog va mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ular orasida oliy, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham bor.
Jumladan:
Abdullayev Mahmudjon Muhamedovich — Toshkent davlat texnika universiteti Mexatronika va robototexnika kafedrasi professori;
Suvanov Omon — Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Abdullayev Shavkat Vohidovich — Namangan davlat universiteti Kimyo kafedrasi professori;
Kasimov Fayzulla Muhamadovich — Buxoro davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professori;
Umaraliyeva Mamuraxon Toshxo‘jayevna — Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi.
Abdushukurov Anvar Kabirovich — O‘zbekiston Milliy universiteti Organik va neft-gaz kimyo kafedrasi professori;
Sultonova Shahida Yo‘ldoshevna — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi ijrochi direktori;
Shamusarov Sharustam Giyazovich — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi professori.
Amanov Baxtiyor Xushbakovich — Chirchiq davlat pedagogika universiteti genetika va evolyutsion biologiya kafedrasi mudiri;
Nasirova Shaira Narmuradovna — Navoiy davlat universiteti raqamli texnologiyalar kafedrasi professori;
Tilayev Alisher Hasanovich — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining “International House – Tashkent” akademik litseyi direktori;
Hamidov Hayrullo Ismoilovich — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti metallurgiya kafedrasi professori;
Yavidov Bahram Yangiboyevich — Nukus davlat pedagogika instituti fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi professori.

🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abdullayev Mahmudjon Muhamedovich — Toshkent davlat texnika universiteti Mexatronika va robototexnika kafedrasi professori;
Suvanov Omon — Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
🏅 II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Abdullayev Shavkat Vohidovich — Namangan davlat universiteti Kimyo kafedrasi professori;
Kasimov Fayzulla Muhamadovich — Buxoro davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professori;
Umaraliyeva Mamuraxon Toshxo‘jayevna — Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi.
🏅 “Do‘stlik” ordeni bilan
Abdushukurov Anvar Kabirovich — O‘zbekiston Milliy universiteti Organik va neft-gaz kimyo kafedrasi professori;
Sultonova Shahida Yo‘ldoshevna — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi ijrochi direktori;
Shamusarov Sharustam Giyazovich — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi professori.
🏅 “Shuhrat” medali bilan

1❤44👍21🎉7🔥3😁1