Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Vengriya oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

2025-yil 10-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov Vengriya davlat kotibi o‘rinbosari – Bosh vazir apparatining siyosiy direktori ofisi rahbari Marton Ugroshdi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/84986

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤30👍5😁3🔥2
#dayjest

🗣Yoshlar isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qilayotgan “Besh tashabbus” doirasidagi tadbirlar dayjesti

➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida sportning futbol turi bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi;

➡️Urganch davlat universitetida voleybol va mini-futbol sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi;

➡️Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi Andijon shahridagi Ekoparkda tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” festivalida faol ishtirok etdi;

➡️Buxoro davlat texnika universitetida shaxmat, shashka va “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi;

➡️Nukus davlat pedagogika institutida festivali doirasida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi;

➡️Buxoro davlat pedagogika institutida madaniy-ma’rifiy va sport loyihalari yoshlar hayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda;

➡️Andijon davlat chet tillari institutida “1-kurs maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi;

➡️Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida “Besh tashabbus” olimpiadasi festivali boʻlib oʻtdi;

➡️Nukus davlat pedagogika institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi;

➡️Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Ekoparkda tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” festivalida faol ishtirok etdi;

➡️Nukus shahrida tashkil etilgan gala-konsertda Innovatsion texnologiyalar universiteti rahbariyati, tyutorlar va talabalar ham faol ishtirok etdilar.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍6😁4🔥2
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Britaniya dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari yakunlanmoqda. Texnikum bitiruvchilari, xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirishni istaganlar, shuningdek, magistratura bosqichida ta’lim olishni xohlagan talabgorlar uchun so‘nggi imkoniyat!

Britaniya standartlari asosida ta’lim oling va yakunda davlat oliygohi diplomi hamda Britaniya universiteti diplomiga ega bo‘ling.

Yo‘nalishlar:
▶️Bakalavr: Biznes boshqaruvi, IT (Axborot texnologiyalari);
▶️Magistratura: MBA.

☎️ Aloqa: +998 71 200 20 24
Telegram bot: @iqacuz_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍7🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_anjuman

Buxoro davlat universitetida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi


Buxoro davlat universitetida “Jahon sivilizatsiyasida Buxoroning o‘rni: boy meros, barqaror rivojlanish, yorqin kelajak” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Unda mamlakatimizning nufuzli oliygohlari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, 30 dan ortiq xorijiy universitetlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaati qo‘yib berildi. Vazir o‘z nutqida universitetda shakllangan ilmiy va ma’naviy muhit, ustoz-shogird an’analari hamda xalqaro hamkorlikning ta’lim sifatini oshirishdagi muhim ahamiyatini alohida qayd etdi.

Xalqaro anjuman davomida Buxoroning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni, uning boy tarixiy-ma’naviy merosini asrab-avaylash va ilmiy asosda o‘rganish masalalari keng muhokama qilindi.

Mazkur dargoh yuz minglab mutaxassis va ziyolilarni yetishtirgan bo‘lsa, bugungi kunda 28 mingdan ortiq talaba va 750 dan ziyod professor-o‘qituvchi ta’lim sifatini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda.

Shuningdek, tadbirda fidoyi olim va pedagoglarning ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etilib, ular maxsus ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

Anjuman doirasida BuxDU faoliyatiga bag‘ishlangan yangi kitoblar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤9👏2😱2🔥1
#Qoʻshma_taʼlim

TDIU Samarqand filialida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul davom etmoqda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 2025/2026-o‘quv yili uchun xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmoqda.

Ushbu dasturlar xorijiy hamkor universitetlar bilan birgalikda tashkil etilgan bo‘lib, talabalarga nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda tan olinadigan diplom olish imkoniyatini yaratadi.

Afzalliklari:
🔹 Talabalar almashinuvi (student exchange) imkoniyati;
🔹 2+2 yoki 1+1 tizimida o‘qish (o‘qishning bir qismi chet elda);
🔹 Xorijiy professor va mutaxassislardan bevosita ta’lim olish;
🔹 Yevropa va Malayziya oliy ta’lim sifatini his qilish va xalqaro muhitda o‘qish;
🔹 Kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro til sertifikati bilan qabul (sertifikat bo‘lmagan taqdirda universitetda test topshirish imkoniyati mavjud).


👉  Ariza qoldirish

📞93 3021130 / 94 1707055

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍3😁3🔥2
#Eʼtirof

Ta’lim sohasi fidoyilarining bir guruhi mukofotlandi


Bugun, 11-sentabr kuni yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, ta’lim-tarbiya tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan bir guruh pedagog va mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular orasida oliy, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham bor.

Jumladan:

🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan


Abdullayev Mahmudjon Muhamedovich — Toshkent davlat texnika universiteti Mexatronika va robototexnika kafedrasi professori;

Suvanov Omon — Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.

🏅 II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan


Abdullayev Shavkat Vohidovich — Namangan davlat universiteti Kimyo kafedrasi professori;

Kasimov Fayzulla Muhamadovich — Buxoro davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professori;

Umaraliyeva Mamuraxon Toshxo‘jayevna — Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi.

🏅 “Do‘stlik” ordeni bilan


Abdushukurov Anvar Kabirovich — O‘zbekiston Milliy universiteti Organik va neft-gaz kimyo kafedrasi professori;

Sultonova Shahida Yo‘ldoshevna — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi ijrochi direktori;

Shamusarov Sharustam Giyazovich — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi professori.

🏅 “Shuhrat” medali bilan


Amanov Baxtiyor Xushbakovich — Chirchiq davlat pedagogika universiteti genetika va evolyutsion biologiya kafedrasi mudiri;

Nasirova Shaira Narmuradovna — Navoiy davlat universiteti raqamli texnologiyalar kafedrasi professori;

Tilayev Alisher Hasanovich — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining “International House – Tashkent” akademik litseyi direktori;

Hamidov Hayrullo Ismoilovich — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti metallurgiya kafedrasi professori;

Yavidov Bahram Yangiboyevich — Nukus davlat pedagogika instituti fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi professori.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤44👍21🎉7🔥3😁1
#tanlov_taqdirlash

Muhandislik tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi


Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov 2025-yilning may–iyul oylarida uch bosqichda tashkil etilib, unda 40 yoshgacha bo‘lgan 1262 nafar iqtidorli yosh muhandis o‘z intellektual salohiyati va yangicha qarashlarini namoyon qildi. Ularning loyihalari innovatsionlik, samaradorlik, amaliy qo‘llash imkoniyati hamda barqaror rivojlanish mezonlari asosida baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra jami 28 nafar g‘olib aniqlandi. Ular quyidagi mukofotlarga sazovor bo‘ldilar:
✔️9 nafar birinchi o‘rin sohibi zamonaviy BYD Chazor elektromobillari bilan taqdirlandi;
✔️ ikkinchi o‘rin egalari va “Barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi g‘olibi xorijiy davlatlarda barcha xarajatlari qoplanadigan stajirovka yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdilar;
✔️ uchinchi o‘rin sohiblari esa 37,5 million so‘mlik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


G‘oliblarga mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tantanali ravishda topshirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/85275

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31❤23🔥7