Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazirlik tizimida navbatdagi iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi

2025-yil 12-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun navbatdagi iqtisodiy oʻqish boʻlib oʻtdi.

Oʻqish jarayonida ijro intizomini mustahkamlash, maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish hamda KPI tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha 9 oylik faoliyat tahlil qilindi. Shuningdek, 2025-yilning IV choragida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, vazirlik va tizim tashkilotlari rahbarlari bevosita va masofadan (onlayn) ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/85591

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24🔥5👍1😁1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma
#videorolik

⚡️ Media makondagi hushyorlik — real hayotdagi xavfsizlikning kafolatidir!


📌 Yoshlar, o‘quvchi-talabalar, ota-onalar va mas’ullarga muhim eslatma!

 
📺 HD formatda ko’rish uchun

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤16👍8🔥3🥰1
WikiMarafondan yoshlar uchun ajoyib yangilik

Yoshlar ishlari agentligi
hamda IDP IELTS markazi bilan hamkorlikda “WikiMarafon” loyihasi doirasida 15-30-sentyabr kunlari “WikiIELTS” tanlovida ishtirok etish orqali IELTS imtihonini bepul topshirish imkonini beruvchi vaucherlardan birini yutib olishingiz mumkin.

Tanlov shartlari juda oddiy bo‘lib, dastlab @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, sizga berilgan matnni o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilib, qayta yuklab qo‘yasiz.

📌Tanlov nizomi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍5🔥2
Oliy ta’lim tashkilotlarida “Ma’rifat darslari” o‘tkazildi

Joriy yil 8–12-sentabr kunlari respublika oliy ta’lim tashkilotlarida “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida “Mustaqillik darslari” doirasida “Ma’rifat darslari” tashkil etildi.

Ushbu darslar orqali talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviyatini yuksaltirish hamda olib borilayotgan islohotlar haqida tizimli xabardor qilish maqsad qilindi.

Mashg‘ulotlarda kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan talabalar 9,5 mingga yaqin guruhda qamrab olindi. Mashg‘ulotlarni olib borish uchun 4 mingga yaqin professor-o‘qituvchi va amaliyotchi mutaxassis jalb etilib, shundan 2 800 nafari ilmiy darajaga ega (2 ming nafari PhD, 800 nafari DSc). Bundan tashqari hamkor tashkilotlardan 200 nafar mutaxassis darslarda ishtirok etdi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ekspertlar guruhi tomonidan haftalik materiallar (ma’ruza matnlari, infografika, videoroliklar) ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etilmoqda.

#jarayon #maʼrifat_soati #otm

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤30😁7👍3🔥1🥰1