Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oliy ta’lim tashkilotlarida “Ma’rifat darslari” o‘tkazildi

Joriy yil 8–12-sentabr kunlari respublika oliy ta’lim tashkilotlarida “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida “Mustaqillik darslari” doirasida “Ma’rifat darslari” tashkil etildi.

Ushbu darslar orqali talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviyatini yuksaltirish hamda olib borilayotgan islohotlar haqida tizimli xabardor qilish maqsad qilindi.

Mashg‘ulotlarda kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan talabalar 9,5 mingga yaqin guruhda qamrab olindi. Mashg‘ulotlarni olib borish uchun 4 mingga yaqin professor-o‘qituvchi va amaliyotchi mutaxassis jalb etilib, shundan 2 800 nafari ilmiy darajaga ega (2 ming nafari PhD, 800 nafari DSc). Bundan tashqari hamkor tashkilotlardan 200 nafar mutaxassis darslarda ishtirok etdi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ekspertlar guruhi tomonidan haftalik materiallar (ma’ruza matnlari, infografika, videoroliklar) ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etilmoqda.

#jarayon #maʼrifat_soati #otm

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤30😁7👍3🔥1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

Kasbiy ta’lim kuni nishonlanadi


19-sentyabr kuni soat 15:00 dan 20:00 gacha poytaxtimizdagi “Ko‘k gumbazlar” bog‘ida Kasbiy ta’lim kuniga bag‘ishlangan ommaviy interaktiv tadbir bo‘lib o‘tadi.


➡️Tadbir doirasida kasb-hunar ta’lim muassasalari, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar axborot stendlari, yoshlar va oilalar uchun o‘yinlar, viktorinalar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

↪️Shuningdek, kulolchilik va kashtachilik bo‘yicha ustaxonalar, kasb tanlashga yo‘naltirish va zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatlari taqdim etiladi.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda GIZ, UNESCO, Helvetas, Yevropa Ittifoqi, German Sparkassenstiftung, bsw, DVV International, Gyote instituti va GIC O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilmoqda.

📍Manzil: Toshkent shahri, “Ko‘k gumbazlar” bog‘i
🕒 Vaqt: 2025-yil 19-sentyabr, 15:00–20:00

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍6🔥1
#WorldSkills #Samarqand_2025

Samarqandda V Milliy ishchi kasblar chempionati yakunlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda WorldSkills Uzbekistan hamkorligida “Quruq qurilish va suvoq ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha V Milliy chempionat o‘tkazildi.

Chempionat doirasida ishtirokchilar Samarqand shahrining tarixiy va madaniy merosi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Yakuniy bosqichda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:

1-o‘rin — Nusratov Sobirjon Istam o‘g‘li (Buxoro viloyati, Buxoro transport va qurilish texnologiyasi texnikumi) WorldSkills Asia Taipei – 2025 xalqaro chempionatiga yo‘llanma sohibi;
2-o‘rin — Ilyas Eldos Adiluly (Qozog‘iston, Olmata qurilish va texnika kolleji);
3-o‘rin — Abdulxayev Abduhamid Xasan o‘g‘li (Toshkent viloyati, Olmaliq qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi).


Barcha ishtirokchilarga sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Marosim yakunida madaniy dastur namoyish etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍2🔥2😁2
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Germaniya ta’lim sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

13-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Germaniya Federativ Respublikasining Anxalt amaliy fanlar universiteti prezidenti professor Yorg Bagdan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Samarqand shahrida universitet filialini ochish imkoniyatlari muhokama qilinib, uning ahamiyati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, talabalarni amaliyot bilan ta’minlash va ularni ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Germaniya sanoat korxonalarini hamkorlikka jalb etish zarurligi qayd etildi. Nemis delegatsiyasi mazkur taklifni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/85655

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍13😁2🔥1😱1
Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga!

Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.

Ushbu masalada batafsil ma’lumot olish uchun talaba xotin-qizlarga oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤47👍7🔥3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 100 GRANT

🇺🇿Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, IT Park, MAAB akademiyasi, "Mirzo Ulugbek vorislari o'quv kurslari markazi" bilan hamkorlikda  100 nafar iqtidorli yoshlarga ta’lim granti e’lon qiladi.

Grant haqida:
🗓 Kurs boshlanishi: Tez kunda, aniq sanani telegram kanalda e’lon qilamiz (Kanalga havolani ro’yxatdan o’tganingizda olasiz)
🕒 Davomiyligi: 6 oy, to‘liq onlayn
🎯 Maqsad: 100 ta iqtidorli yoshlarni Data Analitika bo‘yicha jahon darajasidagi mutaxassislar qilib tayyorlash

✅ Nima o‘rganasiz?
— Data Analitika bo‘yicha jahon standartlariga mos bilimlar
— 10 yillik Amerika tajribasiga ega mutaxassislar tomonidan tayyorlangan darslar
— Dunyoda 100 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan sohada karyera qurish.

💥 Bonus va imkoniyatlar:
— Grant yutgan 100 nafar ishtirokchiga IT Park tomonidan bepul noutbuk taqdim etiladi
— Xalqaro mutaxassislar bilan savol-javob sessiyalari

Talablar:
✅ Ingliz tili bilimi (IELTS 7+ yoki ekvivalent daraja)
✅ Mantiqiy testdan o‘tish yoki SAT 1400+ ball
✅ 18-30 yosh oralig‘idagi iqtidorli yoshlar

Ro’yxatdan o’ting: bit.ly/3Kk5NQF

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤37😁13😱8👍5🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

🟡 Innovatsion haftalik yaqinlashmoqda!

“InnoWeek-2025” — yangi g‘oyalar, hamkorliklar va imkoniyatlar maydoni.

✅ Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishni unutmang: www.innoweek.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤42👍7🔥3🤩2
#qonunchilik_yangiliklari

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining nizomi tasdiqlandi

Prezident qarori (PQ–275-son, 08.09.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


Nizom Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi maqomi, vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi, jumladan:

🔹ta’lim tashkilotlarida ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;

🔸ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so‘rovnomalar o‘tkazish.

Agentlik tuzilmasiga Agentlikning markaziy apparati hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti kiradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍4🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eslatma!

Kasbiy taʼlim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifa berish uchun pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabuli davom etmoqda.

pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Eslatma: Belgilangan tartibga koʻra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-oktabr sanasida to‘xtatiladi.

Attestatsiya jarayonlari yuzasidan savollar uchun bot:
👉 @eduuzuniversalbot

📹 Ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma yuqorida (video)👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17