Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#OrientationWeek2025

2025-yil 15-sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Jasorat” istirohat bog‘ida Xalqaro Nordik Universitetining yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Orientation Week” dasturiga tantanali start berildi.

“Vatan — ulug‘, burch — muqaddas!” shiori ostida o‘tkazilgan marosimda yoshlarda buyuk tarix va azaliy milliy qadriyatlarga hurmat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash kabi fazilatlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Universitet rektori professor Sherzod Mustafoqulov, Finlandiyaning Markaziy Osiyodagi favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raisanen hamda Qurolli Kuchlar Davlat muzeyi vakillari talabalarga samimiy tabrik so‘zlarini yo‘lladilar.

Yangi o‘quv yilida qariyb 1000 nafar yoshlar universitetda o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirish, xalqaro tajriba asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤20🔥1👏1
Talabalar “Qatag‘on qurbonlari” muzeylariga tashrif buyurmoqda

Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilarining “Qatag‘on qurbonlari” muzeylariga tashriflari tashkil etilmoqda.

2025-yil 3–15-sentyabr kunlari respublikaning turli hududlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalari tomonidan 78 dan ortiq tashrif va ekskursiyalar o‘tkazildi. Ularda jami 16 ming 380 nafardan ortiq talaba-yoshlar, 945 nafar tyutor, 189 nafar tarbiyachi-pedagog hamda 1 ming 575 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirlar davra suhbati va ekskursiya tarzida o‘tkazilib, talabalar tarixiy xotira, milliy o‘zlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini chuqur anglab olishlariga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, o‘tmish saboqlaridan xulosa chiqarish, tinchlik va barqarorlikning qadriga yetish zarurligi keng targ‘ib etilmoqda.

Muzeylarga tashriflarda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagog-o‘qituvchilar, professorlar, yosh olimlar ham faol ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16😁5🔥4👍2
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi.

Ikki kunlik safar dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va ijtimoiy sohada ishga tushirilgan yangi obyektlar bilan tanishish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish o‘rin olgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍9🔥2
TDTUning yana 8 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 19 ta ta’lim dasturi Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.

Mazkur jarayonlarni yanada jadallashtirish maqsadida TDTUda Yevroosiyo davlatlari tibbiyot muassasalarini akkreditatsiya qilish markazi (ECAQA) ilmiy maslahatchisi, WFME xalqaro eksperti Farida Nurmanbetova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda universitetning 8 ta ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, ta’lim sifatini jahon standartlariga moslashtirish hamda WFME tajribasini tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar TDTUda xalqaro tajribani keng joriy etish va akkreditatsiya jarayonini samarali tashkil etishga oid istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

#xalqaro_akkreditatsiya #topshiriq_ijrosi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤30👍6😁4🔥1