Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Yangi O‘zbekiston” universitetining ilk bitiruvchilari diplomlarini oldi

16-sentyabr kuni Prezidentimiz tashabbusi va qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston” universiteti o‘zining ilk bitiruvchilarini katta hayotga kuzatdi.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etilgan tantanali diplom topshirish marosimida Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati, oliy ta’lim tashkilotlari mutasaddilari, xorijiy hamkorlar, universitet jamoasi va bitiruvchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Marosimda Dasturiy ta’minot muhandisligi, Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil olgan 129 nafar bitiruvchiga diplom topshirildi.

Shuningdek, eng bilimli top-10 bitiruvchi alohida e’tirof etilib, ularga Prezidentimizning esdalik sovg‘asi – davlat rahbarining surati va imzosi tushirilgan kitob taqdim qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86295

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10🔥3🎉2
Bugun Namangan shahrida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forum o‘z ishini boshlaydi

Uning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Forum doirasida davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Jahon banki global direktori Luis Felipe Lopes-Kalva bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍4🔥3
Qashqadaryoda nemis ta’lim standartlari joriy etilgan texnikumlar soni 6 taga yetdi

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Shahrisabz shaharlari hamda Koson, Chiroqchi va G‘uzor tumanlarida joylashgan 6 ta texnikumda Germaniyaning Leypsig shahri Hunarmandchilik palatasi va “Avestos” kompaniyasi bilan hamkorlikda to‘liq nemis ta’lim standartlariga asoslangan kasbiy ta’lim tizimi joriy qilindi.

“Avestos” kompaniyasi rahbari Mixel Klaus boshchiligidagi delegatsiya mazkur ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, texnikumlarda nemis standartlari asosida ta’lim berish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalarni tantanali ravishda topshirdi.

Viloyatda joriy etilgan “Ausbildung” tizimi orqali tahsil olayotgan o‘quvchilar nemis ta’lim standartlari asosida kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, kelgusida malakali mutaxassis sifatida Germaniyada ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍7🔥3🎉1
Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan shahrida 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ishtirokidagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumining ochilishida nutq so‘zlamoqda.

Xususan, sifatli ta’lim inson kapitalini rivojlantirish, uzoq muddatli istiqbolda kambag‘allikni qisqartirishning asosiy “drayveri” ekanini qayd etdi.

Birgina misol, bolalarning bog‘cha bilan qamrab olingani 27 foizdan 78 foizga oshgani natijasida 1 million ayollar ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish va daromad topish imkoniga ega bo‘ldi.

Bu ishlar davom ettirilib, kambag‘al oila farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Bunday oilalar farzandlari uchun xorijiy til va kasb-hunar o‘rganishga  ketadigan xarajatlarning 80 foizi qoplab beriladi va bu orqali 100 ming kambag‘al oila farzandlari qamrab olinadi.

Har bir kambag‘al oilada kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun imtiyozli ta’lim krediti va davlat grantlari ko‘paytiriladi.

Xalqaro standartlar asosida Kasbga tayyorlash xalqaro markazlari tashkil etilib, ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar berish yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍4🤔3🔥2
4️⃣4️⃣4️⃣

“6 oylik kreativ kasblar grant dasturi”ga start berildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Mirzo Ulug‘bek vorislari o‘quv kurslari” hamkorligida “Yuqori qiymatli mahsulot va xizmatlar yaratuvchi yangi kasblar”ni o‘rgatishga qaratilgan “6 oylik kreativ kasblar grant dasturi” ishga tushdi.

Mazkur loyiha texnikum va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun qisqa muddatda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash imkonini beradi.

Dastur yo‘nalishlari:

🟢3D modellashtirish
🟢VFX compositing
🟢Animatsiya
🟢O‘yin dizayni va GameDev asoslari
🟢Digital Art
🟢FX Simulation
🟢Cinema 4D
🟢Unreal Engine

⏳ Davomiyligi: 6 oy
📌 Ta’lim shakli: Blended (haftaning 5 kuni onlayn, 1 kuni offlayn – Toshkent shahrida)

Ta’lim jarayonida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimga ega bo‘ladilar, balki real loyihalar ustida ishlash orqali o‘z portfoliolarini shakllantiradilar. Dastur bitiruvchilari mahalliy va xorijiy kompaniyalarda ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 +998 95 474 19 19
📧 creativetechuz@gmail.com

🌐 Hujjat topshirish – CreativeTech.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍3😱2
Mamlakatimizda xotin-qizlarni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish masalasi ham davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.

Xotin-qizlarga oliygohda o‘qish uchun foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul ta’lim olish tizimi joriy etildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda, shu yilning o‘zida 1 million 700 ming ayol ishli bo‘ldi.

Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sun’iy intellektga o‘qitiladi.

“Xotin-qizlar jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Kelgusi yildan mehnat bozorida ayollar uchun teng sharoit yaratish maqsadida ijtimoiy sug‘urta tizimi qamrovini keskin oshiramiz. Bu ularning kambag‘allikka tushib qolmasligini kafolatlaydi”,


- dedi Prezident va barchani kelgusi yilda Namanganda o‘tadigan Osiyo ishbilarmon ayollar forumiga taklif qildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥7👍3
Is’hoqxon Ibrat nomidagi institut bitiruvchisi Prezident e’tiborida

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasi vakillari bilan muloqotda yosh ustozlarning yuksak sa’y-harakatini alohida e’tirof etdi. Ular orasida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti bitiruvchisi, hozirda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 37-maktab o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan iqtidorli muallima Nodira Nabiyeva ham bor edi.

Kuni kecha Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashriflari chog‘ida ham u davlatimiz rahbari bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Nodira Nabiyeva bugunga qadar 50 dan ortiq ilmiy maqola yozgan, xalqaro nashr etilgan qo‘llanma muallifi, 300 nafardan ortiq yoshga til kurslarida saboq bergan. U “Eng ma’naviyatli yosh o‘qituvchi” tanlovi g‘olibi hamdir.

E’tiborlisi, Nodira Nabiyeva – Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti magistratura bosqichini grant asosida tamomlagan ilk bitiruvchilardan. Prezident qaroriga asosan tashkil etilgan mazkur institut qisqa fursatda xorijiy tillar ta’limini rivojlantirish va xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlashda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Prezident sovg‘asi — zamonaviy avtomobil bilan taqdirlanishi Nodiraning shaxsiy yutug‘i bo‘lishi bilan birga, institutning kuchli ta’lim siyosati va yuksak maqsadlarini yana bir bor tasdiqladi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
“Yangi O‘zbekistonni yangi avlod yoshlari barpo etadi. Bizning eng katta maqsadimiz ularni bilimli, tarbiyali va vatanparvar qilib voyaga yetkazishdir.”


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤39👏11👍4😱4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

Kasbiy ta’lim kuni nishonlanadi


19-sentyabr kuni soat 15:00 dan 20:00 gacha poytaxtimizdagi “Ko‘k gumbazlar” bog‘ida Kasbiy ta’lim kuniga bag‘ishlangan ommaviy interaktiv tadbir bo‘lib o‘tadi.


➡️Tadbir doirasida kasb-hunar ta’lim muassasalari, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar axborot stendlari, yoshlar va oilalar uchun o‘yinlar, viktorinalar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

↪️Shuningdek, kulolchilik va kashtachilik bo‘yicha ustaxonalar, kasb tanlashga yo‘naltirish va zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatlari taqdim etiladi.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda GIZ, UNESCO, Helvetas, Yevropa Ittifoqi, German Sparkassenstiftung, bsw, DVV International, Gyote instituti va GIC O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilmoqda.

📍Manzil: Toshkent shahri, “Ko‘k gumbazlar” bog‘i
🕒 Vaqt: 2025-yil 19-sentyabr, 15:00–20:00

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤23👍4🔥2