Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#qonunchilik_yangiliklari

🏛 Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi

“Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–279-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi.

Olmaliq filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Institutda davom ettiradi hamda 2025/2026-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi.

Institutning yuqori kurs talabalari haq to‘lanadigan amaliyotga jalb etiladi.

Institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabi (“GeoMetTex”) tashkil etiladi.

Ushbu maktabda ta’lim olish uchun akademik ko‘rsatkichlari yuqori talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.

“GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi yo‘nalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularni texnik va texnologik jihatdan ta’minlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤17🔥2😁1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson qadrini ulug‘lash orqali odamlar uchun munosib sharoit yaratish, bu borada kambag‘allikni qisqartirish – Yangi O‘zbekistondagi barcha islohotlar zamiridagi bosh maqsaddir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍5🔥2
#qonunchilik_yangiliklari

🏛 N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etiladi

“Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–276-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan muhandislik sohasida:

➖ innovatsion yondashuvlarni qo‘llay oladigan, chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

➖fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish.

Filialda ta’lim faoliyati 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2025/2026-o‘quv yilidan Moskva davlat texnika universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤10🔥2😁2
Navoiyda “TalabaExpo–2025” kasb yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni daqiqalarda Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “TalabaExpo–2025” kasb yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Tadbir doirasida 120 dan ortiq korxona va tashkilot, 1300 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari, seminar va treninglar, startap loyihalari taqdimotlari hamda madaniy dasturlar ishtirokchilarni kutmoqda.

Ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa mas’ullar ishtirok etib, tadbirning maqsadi, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi kredit va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, talabalar uchun yaratilayotgan amaliyot imkoniyatlari haqida qisqacha ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida seminar-treninglar, biznes loyihalar taqdimotlari va ko‘rgazmalar o‘tkazilmoqda.

#live #TalabaExpo2025 #bitiruvchilar_bandligi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍9🔥2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4–5-oktabr kunlari Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” III xalqaro festivali o‘tkaziladi

Anjuman Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi hamda bir qator vazirlik va idoralar hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.

Festivalning asosiy maqsadi Ellikqal’a tumanining tarixiy-madaniy, ziyorat va ekologik turizm yo‘nalishlari, mahalliy hunarmandlar hamda ushbu hududning turizm maskanlarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Ikki kunlik tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilarining xalqaro treninglari, To‘proq qal’a tarixiy obyektida tasviriy san’at tanlovlari, Aqchako‘l ko‘li bo‘yida milliy taomlar tanlovi va konsert hamda “Ichan qal’a” tarixiy majmuasiga bo‘ylab ekskursiya o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍13🔥2👏1😱1
#KasbiyTaʼlim #XizmatSafari

Xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan politexnikum faoliyati o‘rganildi


17-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Namanganga qilgan xizmat safari doirasida Uychi tumanidagi 1-son politexnikumi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazirga Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahat G‘afforov hamda Uychi tumani hokimi Shuhrat Musayev hamrohlik qildi.

Dastlab vazir ta’mirlash ishlari, o‘quv xonalari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86746

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Yilning innovatsion haftaligi sizni kutmoqda!


🟡 Mamlakatimizning ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi natijalarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istaysizmi?

✅ Unda sizni 9–11-oktyabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan InnoWeek-2025 – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida kutib qolamiz.

🗣InnoWeek - mahalliy va xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari vakillari, investorlar, olimlar, startaperlar hamda ekspertlarni bir nuqtada birlashtiruvchi platforma.


🟢InnoWeek-2025 — ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi shu yerda!

❗️InnoWeek-2025 | 9–11-oktyabr | CAEx

Batafsil: https://innoweek.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥8👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

18-sentabr kuni Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Oliy ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya doirasida oliy ta’limda pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, raqamli transformatsiya va ta’lim jarayonini takomillashtirish, inklyuziv ta’lim, xalqaro hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, Rossiya ta’lim akademiyasi, RUDN universiteti, Belorus, Latviya va boshqa davlatlarning yetakchi universitetlari rahbarlari hamda AQSh, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86760

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤15🔥3😁3👏1