Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Navoiyda “TalabaExpo–2025” kasb yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni daqiqalarda Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “TalabaExpo–2025” kasb yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Tadbir doirasida 120 dan ortiq korxona va tashkilot, 1300 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari, seminar va treninglar, startap loyihalari taqdimotlari hamda madaniy dasturlar ishtirokchilarni kutmoqda.

Ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa mas’ullar ishtirok etib, tadbirning maqsadi, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi kredit va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, talabalar uchun yaratilayotgan amaliyot imkoniyatlari haqida qisqacha ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida seminar-treninglar, biznes loyihalar taqdimotlari va ko‘rgazmalar o‘tkazilmoqda.

#live #TalabaExpo2025 #bitiruvchilar_bandligi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍9🔥2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4–5-oktabr kunlari Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” III xalqaro festivali o‘tkaziladi

Anjuman Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi hamda bir qator vazirlik va idoralar hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.

Festivalning asosiy maqsadi Ellikqal’a tumanining tarixiy-madaniy, ziyorat va ekologik turizm yo‘nalishlari, mahalliy hunarmandlar hamda ushbu hududning turizm maskanlarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Ikki kunlik tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilarining xalqaro treninglari, To‘proq qal’a tarixiy obyektida tasviriy san’at tanlovlari, Aqchako‘l ko‘li bo‘yida milliy taomlar tanlovi va konsert hamda “Ichan qal’a” tarixiy majmuasiga bo‘ylab ekskursiya o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍13🔥2👏1😱1
#KasbiyTaʼlim #XizmatSafari

Xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan politexnikum faoliyati o‘rganildi


17-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Namanganga qilgan xizmat safari doirasida Uychi tumanidagi 1-son politexnikumi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazirga Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahat G‘afforov hamda Uychi tumani hokimi Shuhrat Musayev hamrohlik qildi.

Dastlab vazir ta’mirlash ishlari, o‘quv xonalari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86746

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Yilning innovatsion haftaligi sizni kutmoqda!


🟡 Mamlakatimizning ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi natijalarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istaysizmi?

✅ Unda sizni 9–11-oktyabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan InnoWeek-2025 – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida kutib qolamiz.

🗣InnoWeek - mahalliy va xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari vakillari, investorlar, olimlar, startaperlar hamda ekspertlarni bir nuqtada birlashtiruvchi platforma.


🟢InnoWeek-2025 — ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi shu yerda!

❗️InnoWeek-2025 | 9–11-oktyabr | CAEx

Batafsil: https://innoweek.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥8👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

18-sentabr kuni Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Oliy ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya doirasida oliy ta’limda pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, raqamli transformatsiya va ta’lim jarayonini takomillashtirish, inklyuziv ta’lim, xalqaro hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, Rossiya ta’lim akademiyasi, RUDN universiteti, Belorus, Latviya va boshqa davlatlarning yetakchi universitetlari rahbarlari hamda AQSh, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86760

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤15🔥3😁3👏1
#XalqaroHamkorlik
#MexnatYarmarkasi

“Gyeongsangbuk-do mintaqaviy vizasi bo‘yicha xorijiy kadrlarni jalb qilish yarmarkasi” INNO texnoparkda


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki hamda Koreya Respublikasining Gyeongsangbuk-do viloyati hamkorligida yirik xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada 300 dan ziyod ishtirokchi qatnashib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion sohalarda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy kadrlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston yoshlari uchun Koreya mexnat bozoridagi ish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86767

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍6😁5🔥4🤩2
#Xalqaro_hamkorlik

“Vebster universiteti” rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


18-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Vebster universiteti” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda olib borilayotgan hamkorlik natijalari, universitet faoliyati hamda kampusni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86758

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2🔥1