Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Tashkent Tech
Yangi tashkil etilgan Tashkent Tech (ToshTech) texnika universitetiga bepul tayyorlanish imkoniyati borligini bilarmidingiz?

Ayni kunlarda Universitetga bir yillik bepul tayyorlov kursi (Foundation)ga qabul boshlandi.

Ushbu Foundation kimlar uchun?
➖Umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari
➖Akademik litsey va texnikumlarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari
➖Oliygohga kirolmagan boshqa abituriyentlar

Kurslar asosiy o‘qish joyidagi dars jarayonlaridan tashqari haftasiga 3 marta tashkil etiladi.

Tayyorlov davomida texnik bilimlarga fokus qaratiladi:
Matematika, fizika, ingliz tili va muhandislik mutaxassisliklari asoslari. Oʻqishga kirish uchun kerak boʻladigan barcha fanlar.

Foundation — bu qulay format, sifatli darslar va Tashkent Tech (ToshTech) texnika universiteti 1-kursiga kirishda real ustunlik degani.

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://tashkenttech-edu.uz/

Shoshiling! Roʻyxatdan oʻtish yakunigacha oz vaqt qoldi!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Tel.: +998 77 288 82 82

➖➖➖

Знали ли вы, что есть возможность бесплатно подготовиться к поступлению в новый технический университет — Tashkent Tech (ToshTech)?


На данный момент открыт приём на бесплатный годичный подготовительный курс (Foundation).

Кому подходит программа Foundation?
➖ Ученикам 11-х классов общеобразовательных школ
➖ Выпускникам академических лицеев и техникумов
➖ Абитуриентам, которые не смогли поступить в вуз

Занятия проводятся 3 раза в неделю, помимо основного учебного процесса по месту обучения.

Во время подготовки особое внимание уделяется техническим дисциплинам:
математика, физика, английский язык и основы инженерных специальностей — все предметы, необходимые для поступления.

Foundation — это удобный формат, качественные занятия и реальное преимущество при поступлении на 1-й курс технического университета Tashkent Tech (ToshTech)

Регистрируйтесь прямо сейчас: https://tashkenttech-edu.uz/

Спешите! До окончания регистрации осталось совсем немного времени!

📞 Для дополнительной информации:
Тел.: +998 77 288 82 82
❤25👍3🔥1👏1
#xalqaro_forum

Toshkentda Xalqaro sifatni ta’minlash forumi boshlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida Toshkent shahridagi Vebster universiteti tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor Xalqaro sifatni ta’minlash forumi (IQAF) o‘z ishini boshladi.

Tadbir ochilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nutq so‘zlab, oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, akademik halollikni mustahkamlash hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, O‘zbekiston diplomlarining xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish muhim vazifa sifatida ta’kidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/87148

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍9🔥3
#Kasbiy_taʼlim

Toshkentda “Kasbiy ta’lim kuni” tadbiri o‘tkazildi


19-sentyabr kuni tadbir Toshkent shahridagi “Moviy gumbaz” bog‘ida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, YUNESKO, Yevropa Ittifoqi hamda GIZ, Helvetas, “Sparkassenstiftung”, “BSW” va DVV xalqaro tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘nig‘irotboy Sharipov, Germaniya elchisi Manfred Huterer, Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiy hamda YuNESKO vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotlari mas’ullari, o‘quvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda vazir Qo‘nig‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, yaqinda davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda kasbiy ta’lim masalalariga alohida e’tibor qaratilgani haqida to‘xtaldi. Xususan, kelgusi yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili etib belgilanishi hamda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etilishi ushbu yo‘nalish mamlakat taraqqiyoti uchun naqadar dolzarb va ustuvor ekanining yaqqol ifodasi ekani ta’kidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/87149

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤33🔥10👍8
#Xalqaro_hamkorlik

Buxoroda xalqaro kongress o‘tkazish masalasi muhokama qilindi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov IREG Observatory Prezidenti, “Perspektywy” ta’lim jamg‘armasi asoschisi Valdemar Sivinskiy hamda jamg‘arma prezidenti va ijroiya direktori Bianka Sivinska bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda Buxoro shahrida Yevropaning yetakchi universitetlari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari ishtirokida xalqaro kongress tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/87204

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤16👍6🔥1😁1