Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kasbiy_taʼlim

Toshkentda “Kasbiy ta’lim kuni” tadbiri o‘tkazildi


19-sentyabr kuni tadbir Toshkent shahridagi “Moviy gumbaz” bog‘ida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, YUNESKO, Yevropa Ittifoqi hamda GIZ, Helvetas, “Sparkassenstiftung”, “BSW” va DVV xalqaro tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘nig‘irotboy Sharipov, Germaniya elchisi Manfred Huterer, Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiy hamda YuNESKO vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotlari mas’ullari, o‘quvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda vazir Qo‘nig‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, yaqinda davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda kasbiy ta’lim masalalariga alohida e’tibor qaratilgani haqida to‘xtaldi. Xususan, kelgusi yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili etib belgilanishi hamda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etilishi ushbu yo‘nalish mamlakat taraqqiyoti uchun naqadar dolzarb va ustuvor ekanining yaqqol ifodasi ekani ta’kidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/87149

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤33🔥10👍8
#Xalqaro_hamkorlik

Buxoroda xalqaro kongress o‘tkazish masalasi muhokama qilindi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov IREG Observatory Prezidenti, “Perspektywy” ta’lim jamg‘armasi asoschisi Valdemar Sivinskiy hamda jamg‘arma prezidenti va ijroiya direktori Bianka Sivinska bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda Buxoro shahrida Yevropaning yetakchi universitetlari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari ishtirokida xalqaro kongress tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/87204

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤16👍6🔥1😁1
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari boshlandi


Joriy yilning 20-sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarini qamrab oluvchi “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga rasmiy start berildi.

Tadbirda Prezidentning sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikramov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi, Mahallalar uyushmasi, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi vakillari hamda Toshkent shahridagi barcha OTM rektorlari ishtirok etdilar.

Marosim TATU sport zalida bo‘lib, mamlakatning 13 ta hududidagi oliy ta’lim muassasalari vakillari ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda qo‘shildilar.

Tadbir ochilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nutq so‘zlab, musobaqalar Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgani, uch yil davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirishda muhim o‘rin egallab kelayotganini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/87216

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍15🔥3😁2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda Germaniya bilan hamkorlikda texnikumlarda to‘liq nemis ta’lim standartlari asosida loyihalar amalga oshirilmoqda (video)

#Kasbiy_taʼlim #islohotlar_samarasi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤9🔥2