#imkoniyat #1_kurs #kontrakt
1-kurslar kontrakt toʻlov miqdorining kamida 25 foizini 30-oktyabrgacha toʻlashi mumkin
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini toʻlash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.
Shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-oʻquv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤54👍14🔥2
Kolorado konchilik maktabi bilan O‘zbekiston Geologiya fanlari universiteti qoshida Kompetensiyalar markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi chog‘ida “Traxys”, “FLSmidth”, “McKinsey”, “Go Green Partners” kompaniyalari va Kolorado konchilik maktabi rahbarlarini qabul qildi.
Ma’lumot uchun, Kolorado konchilik maktabi (Colorado School of Mines) tog‘-kon sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yetakchi muhandislik universitetidir.
#Mirziyoyev #uchrashuv #AQSh #ishbilarmonlar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi chog‘ida “Traxys”, “FLSmidth”, “McKinsey”, “Go Green Partners” kompaniyalari va Kolorado konchilik maktabi rahbarlarini qabul qildi.
Ma’lumot uchun, Kolorado konchilik maktabi (Colorado School of Mines) tog‘-kon sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yetakchi muhandislik universitetidir.
#Mirziyoyev #uchrashuv #AQSh #ishbilarmonlar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤33👍5🔥1
#qabul2025 #imkoniyat #qoraqalpoq_yoshlari
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda quyidagi 3 ta qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi.
1-imkoniyat. 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
Tavsiya etilganlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
2-imkoniyat. 2025-yil 29-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar (shu kuni ham) Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, jumladan, muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun 200 ta maqsadli qabul parametrlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Bunda:
➖roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;
➖roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi;
➖oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
❗️Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2019-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.
‼️Muhim. 2025-yil 15-noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant oʻrinlariga qabul qilingan talabalar bilan oliy taʼlim tashkilotini tamomlagandan keyin tegishli hududda 3 yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi toʻrt tomonlama (hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (tashkiloti), talaba va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida) shartnomalar rasmiylashtiriladi.
3-imkoniyat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 7 225 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional (kasbiy) taʼlim muassasalarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

❤75👍23😁5🎉4🔥2
AQSH Prezidenti Donald Tramp “Truth Social“ ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:
“Shu oy boshida men O‘zbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni “Boeing” bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman! “Uzbekistan Airways” 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Bu Qo‘shma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur”.
—
Президент США Дональд Трамп написал следующий пост на своей странице в социальной сети Truth Social:
“Ранее в этом месяце я разговаривал с глубоко уважаемым Президентом Узбекистана Шавкатом Мирзиёевым. Сегодня хочу поздравить Президента Мирзиёева с подписанием ВЕЛИКОЙ сделки с Boeing! На сумму более 8 миллиардов долларов Uzbekistan Airways приобретает 22 самолета 787 Dreamliner. Это создаст более 35 000 рабочих мест в Соединённых Штатах. Президент Мирзиёев – человек слова, и мы продолжим совместную работу над многими другими вопросами! Благодарю за ваше внимание к этому делу”.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤54👍24😁9🔥8😱5
🛰“O‘zbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida Toshkentda yirik “HAKATON” musobaqasi o‘tkaziladi!
➖O‘zbekiston muhandis yoshlari uchun eksklyuziv imkoniyat — 4-5 oktyabr kunlari poytaxt yana bir yirik tadbirga mezbonlik qiladi.
➖Yoshlar dasturlash, tahlil, muhandislik, dizayn va menejment kabi yo‘nalishlarda ishtirok etishlari mumkin.
❗️Qatnashish istagida bo‘lganlar mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. https://www.spaceappschallenge.org/2025/local-events/tashkent/
▪️Maxsus videorolik: https://www.youtube.com/watch?v=kI6wqP_iUvk
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
➖O‘zbekiston muhandis yoshlari uchun eksklyuziv imkoniyat — 4-5 oktyabr kunlari poytaxt yana bir yirik tadbirga mezbonlik qiladi.
➖Yoshlar dasturlash, tahlil, muhandislik, dizayn va menejment kabi yo‘nalishlarda ishtirok etishlari mumkin.
❗️Qatnashish istagida bo‘lganlar mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. https://www.spaceappschallenge.org/2025/local-events/tashkent/
▪️Maxsus videorolik: https://www.youtube.com/watch?v=kI6wqP_iUvk
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤40🎉8🔥3👏3😱3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vakant o‘rinlarga tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish 25-sentabrdan boshlanadi
2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrgacha (shu kuni ham).
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Abituriyentlar “my.uzbmb.uz” shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
Test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalishlardan 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati mavjud.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktabrgacha e’lon qilinadi.

📌 Muhim eslatma:
Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤38👍27🔥4👏4😁4
#magistratura #qabul2025 #imkoniyat
❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati uzaytirildi
Magistraturaga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.

❤31👍15🤔5🔥4🤩1
#Tanlov #UzGTL #Stipendiya
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida “VII UzGTL stipendiya” tanlovi va ishlab chiqarish amaliyotiga saralash dasturi e’lon qilindi.
Tanlovda texnika va texnologiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavrlari hamda 1-, 2-bosqich magistrantlari ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar uch bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Tanlov jarayoniga oid batafsil ma’lumotlar, jumladan keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtihon kuni, joyi va vaqti Korxonaning rasmiy veb-sayti (uzgtl.com) hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
G‘olib talabalar 2025/2026-o‘quv yili davomida stipendiya bilan ta’minlanadilar va o‘qishni tamomlagach, doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ladilar. Dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etgan, ammo g‘olib bo‘la olmagan talabalar ham “Uzbekistan GTL” MChJ zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Tanlovda oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Batafsil

❤38😁6👍4🤩2🔥1
#Olimlar_minbari
#15-21.09.2025
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Dual ta’lim samaradorligi. “Investor – tarmoq – texnikum” zanjirida malakali kadrlar tayyorlashning yangi modeli” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
“Oʻzbekiston mintaqaviy taʼlim va ilm-fan xabiga aylanmoqda” — Fazliddin MOʻMINOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻlim boshligʻi;
«Важные инициативы и перспективы» — Садриддин ТУРОБЖОНОВ, ректор Ташкентского государственного технического университета, академик;
«Республика Каракалпакстан: на пути к процветанию» — Ахмед РЕЙМОВ, ректор Каракалпакского государственного университета имени Бердаха, академик;
“Umummilliy harakatga aylangan ezgu tashabbuslar” — Toʻlqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;
«Молодежь нового Узбекистана: курс на научный прогресс» — Садокат СИДДИКОВА, ректор Бухарского государственного технического университета;
“Yoʻllar bizni yangi manzillarga eltar” — Sherzodxon QUDRATXOʻJA, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori;
«Возможность работать активно, эффективно, инновационно» — Дилшодбек РУСТAМОВ, ректор Aндижанского государственного института иностранных языков;
“Maʼnaviyat – jamiyat taraqqiyotining taʼsirchan kuchi” — Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor;
“Xorazmshohlar davlati” — Shohruxmirzo ISMOILOV, Maʼmun universiteti dotsenti;
«Монгольский опыт - узбекскому животноводу: чем ценны породистые овцы для Узбекистана» — Умида ТУРСУНОВА, доцент ТГЭУ, доктор философии (PhD);
«Будущее туризма: человек и искусственный интеллект идут навстречу новым путешествиям» — Сайёра САФАЕВА, профессор ТГЭУ;
«Земельный рынок в цифре: упрощение сделок и развитие кадастровых сервисов» — Лейла БУРХАНОВА, профессор ТГЮУ;
«Кузница педагогов будущего: от теории к инновационной практике» — Аслбек ЭРГАШЕВ, преподаватель кафедры Чирчикского государственного педагогического университета;
“Maʼnaviyatning tayanch ustunlari” — Abdugʻaffor JOʻRAYEV, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;

❤30🔥4😁3🤔3😱1
Tashkent Techʼdagi (ToshTech) Foundation kursida nimalarni o‘rganish mumkin?
Ko‘plab maktab o‘quvchilari quyidagi qiyinchiliklarga duch kelishadi:
❌ Murakkab imtihonlar va bilim olishdagi kamchiliklar
❌ Qimmat repetitorlar
❌ Kelajakdagi mutaxassislikni tanlashda ishonchsizlik
Yechim — Tashkent Techʼdagi (ToshTech) bepul Foundation kursi.
✅O‘quv jarayonida ushbu imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
- Matematika va fizika bo‘yicha chuqur tayyorgarlik
- Ingliz tili va akademik yozuv ko‘nikmalari
- Robototexnika va yashil texnologiyalar bilan tanishish
- Muhandislik mahorat darslari va ma’ruzalar
- Zamonaviy sun’iy intellekt servislari bilan ishlash
- Soft skills'larni rivojlantirish: jamoada ishlash, yetakchilik, muloqot koʻnikmalari
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://tashkenttech-edu.uz/
Shoshiling! Roʻyxatdan oʻtish yakunigacha oz vaqt qoldi!
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Tel.: +998 77 288 82 82

❤29👍6🔥5
Energomax Group bilan hamkorlik: talabalar uchun yangi imkoniyatlar
23-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Energomax Group korxonasida boʻlib, korxonaning qurilish-montaj uchastkasi hamda zamonaviy kompleks avtomatlashtirilgan sinov laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Energomax Group transformatorlar ishlab chiqarish, ularni sinovdan oʻtkazish va sozlash ishlarini toʻliq qamrab olgan yirik ishlab chiqarish maydoni hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari talabalari hamda oʻquvchilarini Energomax Group korxonasida bepul ishlab chiqarish amaliyotiga qabul qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Ushbu tashabbus mamlakatimizda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, yuqori va past kuchlanishli elektr jihozlarini ishlab chiqarish va ulardan samarali foydalanish sohasida yetuk mutaxassislarni shakllantirishga xizmat qiladi.

👍13❤8🔥3😱3😁1
Forwarded from Hudud Inform
❗️Rasmiy axborot manbalarini kuzatib boring.
Davlat idoralari xalqimiz uchun xizmat qilishi kerak. Ular qanday ishlayotganini bilishning eng yaxshi usuli yashayotgan hududingiz rasmiy resurslarini kuzatib borishdir.
Sizga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistondagi barcha viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining “Telegram” messenjeridagi kanallarini bir joyga jamladik.
Ro‘yxat bilan tanishing, o‘zingizga ma’qul kelgan kanalga a’zo bo‘ling.
Kanalga ulanish: 👇
@hudud_inform

❤14👍6🔥2
👍48❤19🔥10😁1