Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#kasbiy_taʼlim #WorldSkills #Andijon

WorldSkills V Milliy kasblar chempionatiga start berildi


24-sentyabr kuni Andijon shahrida WorldSkills V Milliy kasblar chempionatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Andijon viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi masʼullari, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, respublikaning barcha hududlaridan kelgan yosh ishtirokchilar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashdilar.

Marosim davomida yoshlar o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish, tajriba almashish hamda professional mahoratlarini oshirish imkoniyatiga ega ekanliklari taʼkidlandi.

Ochilishdan soʻng ishtirokchilar tanlangan yoʻnalishlar boʻyicha sinov maydonlarida dastlabki bellashuvlarni boshladilar. Joriy chempionatda 6 ta yoʻnalish – modalar texnologiyasi, tibbiy va ijtimoiy gʻamxoʻrlik, sartaroshlik texnologiyasi, oshpazlik ishi, davolash ishi va yengil avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha 300 nafarga yaqin yosh oʻz mahoratini namoyish etmoqda.

Mazkur musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar keyingi bosqichda – Xitoy Xalq Respublikasida oʻtkaziladigan xalqaro kasblar chempionatida mamlakatimiz sharafini himoya qiladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍3🔥1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘qishga kirolmagan abituriyentlar diqqatiga!

Bugundan vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul boshlandi!

Bu tanlovda 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan quyidagi:

➖o‘qishga kirolmagan yoki
➖testga kirgan, ammo OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar ishtirok etadi.

Bunda abituriyent bitta emas, 5 tagacha yo‘nalish tanlashi mumkin. Faqat quyidagi vakant qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha:

👉 Vakant kunduzgi

👉 Vakant kechki

👉 Vakant masofaviy

Tanlash 3-oktyabrgacha davom etadi.

Platforma: my.uzbmb.uz

Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27🔥7👏3
😚😋😛😝

🏛 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” shiori asosida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari hamda ularning ota-onalari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

✅ Barchadan ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishni so‘rab qolamiz.

➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24😁7🔥4👍2
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“BUXORO-TalabaExpo 2025” boshlandi!

Buxoro shahrida bitiruvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish maqsadida “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi.

Mazkur tadbir “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Buxoro viloyat hokimligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan vazirlik va idoralar rahbarlari hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari Prezidentimiz tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgani, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar hamda ko‘rgazmaning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar.

Ko‘rgazmada viloyatdagi 9 ta oliy ta’lim tashkilotining 10 ming nafardan ortiq talaba-yoshlari va bitiruvchilari ishtirok etmoqda. Ularga 100 dan ortiq yirik ish beruvchilar tomonidan 1 000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovkalar taklif etilmoqda.

Tadbir dasturiga muvofiq, kun davomida talabalarning Buxoro erkin industrial-iqtisodiy zonasiga tashrifi, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuv, biznes va startap loyihalar taqdimotlari, shuningdek, imtiyozli kreditlar bo‘yicha maslahatlar tashkil etiladi.

#live #kelajakka_qadam #bitiruvchi #bandlik #Buxoro

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍3🤔2🔥1😱1