“BUXORO-TalabaExpo 2025” boshlandi!
Buxoro shahrida bitiruvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish maqsadida “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi.
Mazkur tadbir “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Buxoro viloyat hokimligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan vazirlik va idoralar rahbarlari hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari Prezidentimiz tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgani, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar hamda ko‘rgazmaning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar.
Ko‘rgazmada viloyatdagi 9 ta oliy ta’lim tashkilotining 10 ming nafardan ortiq talaba-yoshlari va bitiruvchilari ishtirok etmoqda. Ularga 100 dan ortiq yirik ish beruvchilar tomonidan 1 000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovkalar taklif etilmoqda.
Tadbir dasturiga muvofiq, kun davomida talabalarning Buxoro erkin industrial-iqtisodiy zonasiga tashrifi, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuv, biznes va startap loyihalar taqdimotlari, shuningdek, imtiyozli kreditlar bo‘yicha maslahatlar tashkil etiladi.
#live #kelajakka_qadam #bitiruvchi #bandlik #Buxoro
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍3🤔2🔥1😱1
#xalqaro_hamkorlik
Xitoy–Oʻzbekiston: universitetlar rektorlari davra suhbati
24-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida xalqaro miqyosdagi uchrashuv — Xitoy–Oʻzbekiston universitetlari rektorlari davra suhbati oʻtkazildi.
“Oliy taʼlim orqali innovatsiya, yangi zamonaviy texnologiyalar va jamiyat taraqqiyotini rivojlantirish” mavzusida tashkil etilgan mazkur davra suhbatida ikki davlatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir Oʻzbekiston va Xitoy universitetlari oʻrtasida fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish va strategik yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan boʻlib, unda global taʼlimdagi dolzarb masalalar, sunʼiy intellektni oʻquv jarayonlariga joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida erishilgan kelishuvlar ikki davlatda ham taʼlim sifati, ilmiy tadqiqotlar va qoʻshma loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

❤21👍5🔥4🤔1