Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi: BMTning yuksak minbaridan yangragan global tashabbuslar, iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladigan tarixiy uchrashuv va kelishuvlar.

#Mirziyoyev #tashrif #AQSh

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤8🔥4👏2😁2
“Oliy ta’lim a’lochisi” va “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” – fidoyi pedagoglarga munosib e’tirof!

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 26-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida faxriy ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, fidoyi pedagoglarni samimiy tabrikladi. U o‘z so‘zida ularning sharafli mehnati yurtimiz kelajagi uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

“Oliy ta’lim a’lochisi va O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi ko‘krak nishonlari – ilm yo‘lidagi sadoqat va fidoyilik ramzidir”, — dedi vazir.


Bayram tadbirida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shayotgan olimlar hamda tajribali pedagoglarning bir guruhini munosib taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤24🔥3😁2🤔1
#Dayjest #Milliy_libos

Talabalar milliy urf-odat va qadriyatlarni targ‘ib etishda faol ishtirok etmoqda


🔵O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

🔵Farg‘ona davlat universiteti;

🔵Namangan davlat universiteti;

🔵Namangan davlat texnika universiteti;

🔵Qarshi davlat texnika universiteti;

🔵Namangan davlat pedagogika instituti;

🔵Qo‘qon davlat universiteti;

🔵Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔵Namangan davlat chet tillari instituti;

🔵TDTU Termiz filiali;

🔵Osiyo xalqaro universiteti;

🔵University of business and science;

🔵Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔵Urganch davlat pedagogika instituti;

🔵O‘zMU Jizzax filiali;

🔵Termiz davlat pedagogika instituti;

🔵TTA Urganch filiali;

🔵Osiyo texnologiyalar universiteti;

🔵Qarshi davlat texnika universiteti;

🔵Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

🔵Samarqand davlat universiteti;

🔵Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;

🔵Buxoro davlat universiteti;

🔵Jizzax davlat pedagogika universiteti;

🔵Navoiy innovatsiyalar universiteti;

🔵Turan xalqaro universiteti;

🔵TDTU Olmaliq filiali;

🔵O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti;

🔵Qarshi davlat universiteti;

🔵Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🔵Buxoro davlat pedagogika instituti;

🔵Qarshi davlat texnika universiteti;

🔵Guliston davlat pedagogika instituti;

🔵Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🔵Farg‘ona davlat texnika universiteti;

🔵Termiz davlat universiteti;

🔵Qarshi xalqaro universiteti;

🔵Urganch davlat universiteti;

🔵Turon universiteti;

🔵Jizzax politexnika instituti;

🔵SamDU Urgut filiali;

🔵Axborot texnologiyalari va menejment universiteti;

🔵O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;

🔵Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

🔵TATU Samarqand filiali;

🔵Buxoro davlat tibbiyot instituti;

🔵Navoiy davlat universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30👍8🔥4😁2🤔2
Sirdaryoda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma ilmiy laboratoriya tashkil etildi

2025-yil 26-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qon‘g‘irotboy Sharipov Sirdaryoga xizmat safari davomida Guliston davlat universitetida Xitoyning Shandong Baolai Leelai Bio-Tech Group professori Jinpeng Yuan, Shandong Fanlar akademiyasi Test-analitik markazi professorlari Lihon Wang va Fan Chuanfanglardan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida ham izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. Shuningdek, kelgusidagi innovatsion loyihalar istiqbollari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/89100

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍18🔥6
#Xalqaro_anjuman

O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

26-sentabr kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Maqom ijrochiligida ustoz-shogird an’analari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda institut rahbariyati, mamlakatimizning yetuk olimlari, musiqashunoslari, maqom ijrochilari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Eron kabi davlatlardan ilmiy va ijodiy delegatsiyalar ishtirok etdi.

Sho‘balar doirasida maqom san’atining tarixiy rivoji, ustoz-shogird an’anasining zamonaviy ta’lim jarayonlaridagi o‘rni, raqamli texnologiyalar imkoniyatlari hamda xalqaro tajribalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Anjuman dasturida ustoz-ijrochilar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilarning maqolalari jamlangan “Maqom ijrochiligida ustoz-shogird an’analari” nomli to‘plam nashr etilib, mehmonlarga taqdim qilindi.

Yakunda qatnashchilar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍5🔥3😁3👏2