Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_anjuman

O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

26-sentabr kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Maqom ijrochiligida ustoz-shogird an’analari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda institut rahbariyati, mamlakatimizning yetuk olimlari, musiqashunoslari, maqom ijrochilari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Eron kabi davlatlardan ilmiy va ijodiy delegatsiyalar ishtirok etdi.

Sho‘balar doirasida maqom san’atining tarixiy rivoji, ustoz-shogird an’anasining zamonaviy ta’lim jarayonlaridagi o‘rni, raqamli texnologiyalar imkoniyatlari hamda xalqaro tajribalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Anjuman dasturida ustoz-ijrochilar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilarning maqolalari jamlangan “Maqom ijrochiligida ustoz-shogird an’analari” nomli to‘plam nashr etilib, mehmonlarga taqdim qilindi.

Yakunda qatnashchilar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍5🔥3😁3👏2
#vazir #Sirdaryo #yigʻilish #kuz_qish

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

26-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning Sirdaryo viloyatiga qilgan xizmat safari doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumida talabalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ta’lim muassasalarining 2025/2026-o‘quv yili kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotdigan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari tanqidiy tahlil qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/89220

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍6🔥3👏2😁2
#Kasbiy_taʼlim

Kasbiy ta’lim sifatini oshirish maqsadida texnikumlardagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent shahridagi texnikumlarda bo‘lib, o‘quv jarayonlari va moddiy-texnika ta’minoti holatini o‘rgandi.

Sergeli tuman politexnikumida oshpazlik, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va tikuvchilik amaliyoti xonalari, Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida esa TIKA hamkorligida tashkil etilgan mehmonxona xizmati xonasi va oshpazlik ustaxonalari bilan tanishildi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayoniga xalqaro hamkorlar va ish beruvchilarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Texnikum o‘quvchilari bilan suhbatda ularning amaliy tajribasi masalaga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarni ishlab chiqarish korxonalarida amaliy bilimlar olishi va shu orqali mehnat bozori talablariga mos mutaxassis bo‘lib yetishishlari muhimligi qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/89250

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤26👍8👏4🔥3😁1
#qabul2025

Qo‘shimcha qabul asosida magistraturada o‘qishni istaganlar uchun muhim ma’lumot


2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.

Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatma: davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤124👍31🥰12🔥10🎉5
#Dayjest #Turizm

Oliy ta’lim muassasalarida “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan keng qamrovli bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda

✔️ O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan “Xovos – tarixiy izlar, qadriyatlar va yangi imkoniyatlar maskani” shiori ostida ta’lim va turizm forumi o‘tkazildi;

✔️“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar Oʻzbekiston 24 kanali orqali namoyish qilindi;

✔️Toshkent davlat transport universitetida turizm kuni munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi;

✔️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti turizm ishchi guruhi tomonidan turizm va taʼlimga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi;

✔️Farg‘ona davlat universitetida “Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirish muammolari” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi;

✔️Termiz iqtisodiyot va servis universitetida madaniy tadbir tashkil etildi;

✔️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xalqaro turizm kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi;

✔️Buxoro davlat texnika universitetida malakaviy amaliyot tashkil etildi;

✔️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Sumbula mazor” turizm maskaniga sayohat uyushtirishdi;

✔️Termiz davlat universitetida turizm sohasi bo‘yicha hamkor tashkilotlar va iqtidorli talabalar ishtirokida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi;

✔️Chirchiq davlat pedagogika universitetida yarmarka va tantanali tadbir tashkil etildi;

✔️"University of Business and Science" talabalari uchun Samarqandda joylashgan tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi;

✔️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi viloyat turizmni rivojlantirish jamoatchilik kengashi a’zolari bilan uchrashuvida faol ishtirok etdi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32🔥8👍4😱2