Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dayjest #Turizm

Oliy ta’lim muassasalarida “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan keng qamrovli bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda

✔️ O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan “Xovos – tarixiy izlar, qadriyatlar va yangi imkoniyatlar maskani” shiori ostida ta’lim va turizm forumi o‘tkazildi;

✔️“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar Oʻzbekiston 24 kanali orqali namoyish qilindi;

✔️Toshkent davlat transport universitetida turizm kuni munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi;

✔️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti turizm ishchi guruhi tomonidan turizm va taʼlimga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi;

✔️Farg‘ona davlat universitetida “Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirish muammolari” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi;

✔️Termiz iqtisodiyot va servis universitetida madaniy tadbir tashkil etildi;

✔️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xalqaro turizm kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi;

✔️Buxoro davlat texnika universitetida malakaviy amaliyot tashkil etildi;

✔️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Sumbula mazor” turizm maskaniga sayohat uyushtirishdi;

✔️Termiz davlat universitetida turizm sohasi bo‘yicha hamkor tashkilotlar va iqtidorli talabalar ishtirokida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi;

✔️Chirchiq davlat pedagogika universitetida yarmarka va tantanali tadbir tashkil etildi;

✔️"University of Business and Science" talabalari uchun Samarqandda joylashgan tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi;

✔️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi viloyat turizmni rivojlantirish jamoatchilik kengashi a’zolari bilan uchrashuvida faol ishtirok etdi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32🔥8👍4😱2
Ustozlarga ehtirom – jamiyatimizning ulug‘ qadriyati

27-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Raximova ochib berishdi.

Tadbirda ta’lim va ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ustozlar “Oliy ta’lim a’lochisi” va “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimi hamda kasaba uyushmasi nomidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram doirasida iqtidorli o‘quvchilarga maxsus stipendiyalar, shuningdek “Eng yaxshi ta’lim muassasasi” nominatsiyasi g‘oliblariga mukofotlar tantanali ravishda berildi.

Bu mukofotlar ustozlarimiz va o‘quvchilarimizning bilimi, sohaga sadoqati va fidoyiligining e’tirofidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤59👍12🔥9🎉4🥰2
#xalqaro_hamkorlik

HSK imtihonlari endi Toshkentda oʻtkaziladi


Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi huzuridagi Xorij bilan xitoy tili almashinuv markazi (CLEC) rahbari Yu Yufen bilan uchrashdi. Suhbatda Lanjou va TDSHU qoshidagi Konfutsiy institutini rivojlantirish, xitoy tili oʻqituvchilarini taklif etish, taʼlim muassasalari uchun darsliklar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Rektor Gulchehra Rixsiyeva hamda HSK xalqaro xitoy tili imtihoni markazi rahbari Dr. Li Peize tomonidan HSK markazi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Konfutsiy instituti oʻrtasida 3 yoqlama shartnoma imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/89493

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤35👍12🔥3🎉2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KasbiyTaʼlim #politexnikum

Dual ta’lim orqali yoshlar ishlab ham, o‘qib ham maosh olmoqda (video)


Andijon shahrida dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur tizim texnikum o‘quvchilari hamda korxonalar uchun birdek qulaylik yaratib, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlab bormoqda.

Jumladan, bugungi kunda Andijon shahar 2-son politexnikumi 26 ta yirik korxona bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan bo‘lib, jami 790 nafar o‘quvchi ishlab chiqarish korxonalariga biriktirilgan. Shundan 300 nafar amaliyotchi yoshlar dual ta’lim asosida nafaqat bilim olmoqda, balki ishlab, oylik maosh ham olishmoqda.

“Dinar Group” MCHJ, “AND-Belita” MCHJ kabi korxonalarda amaliyotchi qizlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular kasb-hunar sirlarini puxta o‘zlashtirib bormoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍1😁1🎉1
🇺🇿🇰🇷 Kimyo sohasida magistratura uchun to‘liq grant!

📣 Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va “O‘zkimyosanoat” AJ magistratura (1 ta o‘rin) yo‘nalishida barcha xarajatlar qoplangan holda Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan birida tahsil olish uchun tanlov e’lon qiladi!

✅ Barcha xarajatlar qoplanadi (shartnoma, turar joy, aviachipta va stipendiya);
✅ Ilg‘or ilmiy laboratoriyalarda tadqiqot olib borish imkoniyati;
✅ Xalqaro darajadagi ilmiy tajriba va innovatsion bilimlar;
✅ Tashkilot tomonidan kafolatlangan ish o‘rni.

📌O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar yangi tashkil etilayotgan Koreya-O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

👉🏻 Hujjatlarni onlayn topshirish uchun:
https://apply.ust.ac.kr/common/setlocale

📅 Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2025-yil 22-sentabrdan 16-oktabrga qadar

Telefon: (+998) 77 497-11-20
E-mail: empark@krict.re.kr u.tillabaeva@uks.uz

🚀 Bu – kelajagingiz uchun ajoyib imkoniyat!

🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍9
#qabul #texnikum #xalqaro_dastur

⚡️Shoshiling! 1-oktyabrga qadar 6 ta texnikumda nemis ta’lim dasturi asosida kasb egallash uchun qabul davom etmoqda

“Ausbildung” tizimi asosida o‘qishga 17-26 yoshdagi fuqarolar qabul qilinadi.

Bu yil 4 ta kasb bo‘yicha jami 1 750 ta, shundan 1 675 tasi grant, qolgan 75 tasi to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari tasdiqlangan.

“Ausbildung” tizimi joriy etilgan texnikumlar:
🏛 Toshkent transport texnikumi – 500 ta;
🏛 Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi – 250 ta;
🏛 Samarqand shahar 2-son politexnikumi – 250 ta;
🏛 Samarqand shahar 3-son politexnikumi – 250 ta;
🏛 Xorazm qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi – 250 ta;
🏛 Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi – 250 ta.

Hujjatlar 2025-yil 1-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun:
📞+998970993999
🔹 @askania_bildung
🔹 Instagram

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍7🔥1