Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

HSK imtihonlari endi Toshkentda oʻtkaziladi


Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi huzuridagi Xorij bilan xitoy tili almashinuv markazi (CLEC) rahbari Yu Yufen bilan uchrashdi. Suhbatda Lanjou va TDSHU qoshidagi Konfutsiy institutini rivojlantirish, xitoy tili oʻqituvchilarini taklif etish, taʼlim muassasalari uchun darsliklar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Rektor Gulchehra Rixsiyeva hamda HSK xalqaro xitoy tili imtihoni markazi rahbari Dr. Li Peize tomonidan HSK markazi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Konfutsiy instituti oʻrtasida 3 yoqlama shartnoma imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/89493

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤35👍12🔥3🎉2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KasbiyTaʼlim #politexnikum

Dual ta’lim orqali yoshlar ishlab ham, o‘qib ham maosh olmoqda (video)


Andijon shahrida dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur tizim texnikum o‘quvchilari hamda korxonalar uchun birdek qulaylik yaratib, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlab bormoqda.

Jumladan, bugungi kunda Andijon shahar 2-son politexnikumi 26 ta yirik korxona bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan bo‘lib, jami 790 nafar o‘quvchi ishlab chiqarish korxonalariga biriktirilgan. Shundan 300 nafar amaliyotchi yoshlar dual ta’lim asosida nafaqat bilim olmoqda, balki ishlab, oylik maosh ham olishmoqda.

“Dinar Group” MCHJ, “AND-Belita” MCHJ kabi korxonalarda amaliyotchi qizlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular kasb-hunar sirlarini puxta o‘zlashtirib bormoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍1😁1🎉1
🇺🇿🇰🇷 Kimyo sohasida magistratura uchun to‘liq grant!

📣 Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va “O‘zkimyosanoat” AJ magistratura (1 ta o‘rin) yo‘nalishida barcha xarajatlar qoplangan holda Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan birida tahsil olish uchun tanlov e’lon qiladi!

✅ Barcha xarajatlar qoplanadi (shartnoma, turar joy, aviachipta va stipendiya);
✅ Ilg‘or ilmiy laboratoriyalarda tadqiqot olib borish imkoniyati;
✅ Xalqaro darajadagi ilmiy tajriba va innovatsion bilimlar;
✅ Tashkilot tomonidan kafolatlangan ish o‘rni.

📌O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar yangi tashkil etilayotgan Koreya-O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

👉🏻 Hujjatlarni onlayn topshirish uchun:
https://apply.ust.ac.kr/common/setlocale

📅 Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2025-yil 22-sentabrdan 16-oktabrga qadar

Telefon: (+998) 77 497-11-20
E-mail: empark@krict.re.kr u.tillabaeva@uks.uz

🚀 Bu – kelajagingiz uchun ajoyib imkoniyat!

🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍9
#qabul #texnikum #xalqaro_dastur

⚡️Shoshiling! 1-oktyabrga qadar 6 ta texnikumda nemis ta’lim dasturi asosida kasb egallash uchun qabul davom etmoqda

“Ausbildung” tizimi asosida o‘qishga 17-26 yoshdagi fuqarolar qabul qilinadi.

Bu yil 4 ta kasb bo‘yicha jami 1 750 ta, shundan 1 675 tasi grant, qolgan 75 tasi to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari tasdiqlangan.

“Ausbildung” tizimi joriy etilgan texnikumlar:
🏛 Toshkent transport texnikumi – 500 ta;
🏛 Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi – 250 ta;
🏛 Samarqand shahar 2-son politexnikumi – 250 ta;
🏛 Samarqand shahar 3-son politexnikumi – 250 ta;
🏛 Xorazm qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi – 250 ta;
🏛 Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi – 250 ta.

Hujjatlar 2025-yil 1-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun:
📞+998970993999
🔹 @askania_bildung
🔹 Instagram

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👍7🔥1
Yonsei universiteti dasturlari Oʻzbekistonda joriy etiladi

Farmatsevtika texnika universiteti va Koreya Respublikasining Yonsei universiteti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatga FTU rektori Abdumalik Jumanov va Yonsei universiteti prezidenti Dong-Sup Yun imzo chekdi.

Kelishuvga muvofiq, yurtimizda “Sanoat farmatsevtikasi va kimyosi”, “Farmatsevtik kimyo” hamda “Biofarmatsevtika fanlari va biotexnologiya” yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat dasturlari amalga oshiriladi.

Yonsei University dunyodagi Top-50 universitetlar qatoriga kirgan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Mazkur hamkorlik Oʻzbekiston talabalariga xalqaro standartlarga mos taʼlim dasturlari boʻyicha tahsil olish imkoniyatini yaratadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍17🔥3👏1😱1
Forwarded from Hudud Inform
❗️Rasmiy axborot manbalarini kuzatib boring.

Davlat idoralari xalqimiz uchun xizmat qilishi kerak. Ular qanday ishlayotganini bilishning eng yaxshi usuli yashayotgan hududingiz rasmiy resurslarini kuzatib borishdir.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistondagi barcha viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining  “Telegram” messenjeridagi kanallarini bir joyga jamladik.

Ro‘yxat bilan tanishing, o‘zingizga ma’qul kelgan kanalga a’zo bo‘ling.

Kanalga ulanish: 👇
@hudud_inform
❤14👍5
Edu.uz pinned «❗️Rasmiy axborot manbalarini kuzatib boring. Davlat idoralari xalqimiz uchun xizmat qilishi kerak. Ular qanday ishlayotganini bilishning eng yaxshi usuli yashayotgan hududingiz rasmiy resurslarini kuzatib borishdir. Sizga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistondagi…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Londondan Buxoroga: “Yo‘l. 250 km masofani ortda qoldirib” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Film qahramoni — Buxoro davlat universiteti tadqiqotchisi va Romitan tumanidagi 38-maktab ingliz tili o‘qituvchisi Billura Ikromova.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida Buyuk Britaniyaning nufuzli Reading universitetida tahsil olgan Billura xalqaro miqyosdagi takliflarni rad etib, olis hududda bilimga chanqoq o‘quvchilarga dars berishni tanladi.

Filmda Billuraning hayot yo‘li, ilmiy-tadqiqot faoliyati va ta’lim sohasidagi fidokorona mehnati badiiy ko‘rinishda yoritilgan.

To‘liq filmni bu yerda tomosha qiling: YouTube havola

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤30👏4🔥2
#muhandislik #TopUniversitet

Oʻzbekiston dunyoning eng nufuzli universiteti bilan hamkorlikka start berdi


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Taʼlim – ilm – fan – sanoat” zanjirini yaratish, dunyoning eng nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tashabbusi yangi bosqichga koʻtarilmoqda.

Shu jarayonda mamlakatimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, universitetlar va ilmiy markazlar xalqaro nufuzli taʼlim muassasalari bilan strategik sheriklikni yoʻlga qoʻymoqda. Jumladan, Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi University of Business and Science (UBS) hamkorligida AQSHning Massachusetts Institute of Texnology (MIT) universitetiga tashrif buyurdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/89759

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤41👍7🔥6😁3👏2
Forwarded from Tashkent Tech
Maktabni tugatgandan so‘ng har kimning o‘z tanlovi boʻladi: iqtisodiyot, huquqshunoslik, IT. Xullas, uzoq vaqtdan beri hammaga tanish va aniq yo‘nalishlar.

Ammo, mamlakat kelajagini belgilab beradigan yana bir yo‘nalish bor. Bu — muhandislik!

🚀 Tashkent Tech'dagi (ToshTech) Foundation — 11-sinf o‘quvchilari uchun muhandislik mutaxassisliklariga tayyorlaydigan bepul dastur boʻlib, quyidagi imkoniyatlarni beradi:

✅ matematika, fizika va ingliz tilini oʻrganish,
✅ muhandislik yo‘nalishlari va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish
✅ haftada 3 marta maktabdan keyingi mashg‘ulotlar
✅ Tashkent Tech'ning (ToshTech) 1-kursiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘lish

🌐 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: tashkenttech-edu.uz

⚡️ Joylar soni cheklangan

Shoshiling! Ro‘yxatdan o‘tish muddati tugashiga oz vaqt qoldi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamga murojaat qiling: +998 77 288 82 82

- - -

После школы у каждого свой выбор: экономика, юриспруденция, IT — направления, которые давно знакомы и кажутся очевидными.

Но есть ещё одно направление, которое формирует будущее страны — инженерия!

🚀 Foundation в Tashkent Tech (ToshTech)— бесплатная программа для 11-классников, которая готовит к поступлению на инженерные специальности.

✅ математика, физика и английский,
✅ знакомство с инженерными направлениями и современными технологиями
✅ занятия 3 раза в неделю после школы
✅ преимущество при поступлении на 1 курс Tashkent Tech (ToshTech)

Регистрируйся прямо сейчас: tashkenttech-edu.uz

⚡️ Количество мест ограничено

Торопитесь! Осталось мало времени до конца регистрации

Для получения дополнительной информации обращайтесь по номеру: +998 77 288 82 82

👉 t.me/tashtech_uni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24🔥2👍1
Edu.uz pinned a photo