Kelajak – zamonaviy bilim bilan qurollangan kasb-hunar egalarinikidir!
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigini yo‘lladi.
Unda kuni kecha BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ta’lim sohasidagi islohotlar natijalari jahon hamjamiyatida katta e’tibor va qiziqish uyg‘otgani ta’kidlandi.
Xususan, keyingi yillarda oliy va kasbiy ta’lim masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani qayd etildi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida o‘tgan sakkiz yil ichida oliygohlarimiz soni 77 tadan 202 taga, talabalar soni esa 250 mingdan 1,5 millionga yetdi. Yoshlar uchun oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati ko‘paytirildi. O‘qituvchilarning oyligi sezilarli darajada oshirildi.
— deyiladi tabriknomada.
Shu maqsadda bir yil ichida 100 ta texnikumda rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tashkilotlarining ilg‘or o‘quv dasturlari joriy etiladi.
Mamlakatimizda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshiriladi. Texnikumlardagi xorijiy til soatlari to‘rt karra ko‘paytiriladi.
Umuman, kelgusi yildan yangi, raqamli ochiq platforma ishga tushirilib, unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy ko‘nikmalari haqidagi ma’lumotlar mahalliy va xorijiy ish beruvchilar uchun e’lon qilinadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

“Kelajak – zamonaviy bilim bilan qurollangan kasb-hunar egalarinikidir. Biz bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz lozim.”
— deyiladi tabriknomada.
Shu maqsadda bir yil ichida 100 ta texnikumda rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tashkilotlarining ilg‘or o‘quv dasturlari joriy etiladi.
Mamlakatimizda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshiriladi. Texnikumlardagi xorijiy til soatlari to‘rt karra ko‘paytiriladi.
Umuman, kelgusi yildan yangi, raqamli ochiq platforma ishga tushirilib, unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy ko‘nikmalari haqidagi ma’lumotlar mahalliy va xorijiy ish beruvchilar uchun e’lon qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤36👍15
🎉 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni!
Aziz ustoz va murabbiylar!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori – bilimli va salohiyatli avlodni tarbiyalashdagi fidokorona mehnatingiz yurtimiz kelajagi uchun beqiyos hissadir.
Sizlarga sogʻlik-salomatlik, tinchlik-osoyishtalik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda katta yutuqlar tilaymiz. Shogirdlaringiz muvaffaqiyatlari har doim sizning faxringiz va quvonchingiz boʻlsin.

1❤74👍18🔥7🎉5👏1
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekistonning oliy ta’lim va fan sohasidagi islohotlari Sukuba konferensiyasida taqdim etildi
Yaponiyaning Sukuba shahrida “Yangi cho‘qqilar sari jamiyat bilan hamkorlikda” shiori ostida o‘tkazilayotgan To‘rtinchi Sukuba konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
1-oktabr kuni Sukuba xalqaro kongress markazida start olgan nufuzli anjumanda sanoat, davlat boshqaruvi va akademik doiralari vakillari jahonning dolzarb muammolarini muhokama qilish, fan va texnologiya orqali yechim topish hamda tadqiqotchilar va mutaxassislar o‘rtasida samarali aloqalar o‘rnatish maqsadida to‘planishdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/90057

❤35👍9🔥6
Vazir Yaponiyada yoshlar bilan uchrashdi
Yaponiyaga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhsinxoʻja Abdurahmonov bilan birgalikda Yaponiyada tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar, mamlakatimizga qiziqish bildirgan yapon talabalari, Oʻzbekiston haqida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yapon tadqiqotchilari, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan magistr va doktorantlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot ochiq va samimiy ruhda oʻtdi. Yoshlar vazirga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, Oʻzbekistondagi taʼlim islohotlari, ilmiy grantlar, stajirovkalar, akademik almashinuv dasturlari, hamda startaplarni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari haqida maʼlumot oldilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/90111

❤37👍16🔥2🤔2🎉2
Shahlo Turdiqulova Jahon Fanlar Akademiyasi (TWAS) akademigi diplomini qabul qildi
2025-yil 29-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Jahon Fanlar Akademiyasi (TWAS)ning navbatdagi Bosh konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Bu yilgi konferensiya kun tartibida sogʻliqni saqlash, iqlim oʻzgarishi, barqaror rivojlanish va innovatsiyalar kabi dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda.
Joriy yil boshida Jahon Fanlar Akademiyasi akademigi etib saylangan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori, professor Shahlo Turdiqulovaga mazkur konferensiyada tantanali ravishda rasmiy diplom topshirildi.
TWAS — 1983-yili tashkil etilgan nufuzli xalqaro akademiya boʻlib, dunyo boʻylab eng yirik va taniqli olimlarni birlashtiradi. Akademiyada 100 dan ortiq mamlakatdan 1 400 dan ziyod yetakchi olimlar boʻlib, tarkibida Nobel mukofoti sohiblari hamda turli sohalarda ulkan yutuqlarga erishgan yetakchi olimlar faoliyat yuritadi.
Bu eʼtirof mamlakatimiz ilm-fani nufuzining xalqaro maydonda yuksalayotganidan dalolatdir.

👍81❤40😁11🔥10🤩4