Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalarining ilm-fan sohasidagi hamkorligi kengaymoqda

Xitoyda Shanxay hamkorlik tashkiloti universitetlarining VIII energetika konferensiyasi hamda “Bir makon, bir yo‘l” universitetlar alyansining 10 yillik yubileyi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (TDMAU) delegatsiyasi faol ishtirok etdi.

Anjumanlarda energiya xavfsizligi, qayta tiklanuvchi manbalar, “yashil texnologiyalar” va iqlim o‘zgarishi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

TDMAU va Shimoliy Xitoy Energetika universiteti (NCEPU) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va talabalar almashinuvini qamrab oladi.

Kelgusi o‘quv yildan TDMAU talabalari NCEPUda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, bitiruvchilarni Xitoyning O‘zbekistondagi qo‘shma korxonalarida ishga joylashtirish masalasi ham kelishib olindi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍6🎉4👏2🔥1
“Uzoq yillar ko‘p balolarni boshidan kechirishga majbur bo‘lgan bu xalq endilikda o‘z kimligini topishga, ma’naviy yangilanishga bel bog‘ladi” — Q.Rafiqov


Siyosatshunos Qudratilla Rafiqov “Rossiyskaya gazeta”da e’lon qilingan maqolasida tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash haqidagi mushohadalarini ifoda etdi.

Muallif yaqin o‘tmish haqida fikr yuritar ekan, ajdodlarimiz kim-u, bu dunyoda joyimiz qayerda bo‘lganini unutib qo‘yganimiz, eng alamlisi, zamonaviy dunyo sahnidagi madaniy va tarixiy o‘rnimiz qumga sing­gan suvday “yo‘qolib” qolganini ta’kidlaydi.

Bugun esa O‘zbekiston qanday yo‘lga kirganini va bu yerda nimalar bo‘layotganini barcha ko‘rib, his qilib turganiga ishonishini bildiradi:

“Bir nozik jihat borki, buni hammayam ilg‘ab olayotganiga shubham bor. Men ilgarigi bir necha maqolalarimda bildirgan fikrimda sobitman — uzoq yillar ko‘p balolarni boshidan kechirishga majbur bo‘lgan bu yurt va uning xalqi endilikda nafaqat mamlakat suverenitetini mustahkamlash, balki unuttirilgan va bag‘ridan yulib olingan ulug‘ o‘tmish xotirasi, madaniyati va ajdodlari merosini tiklash hamda bu sharafli harakat o‘laroq o‘z kimligini topishga, ma’naviy yangilanishga bel bog‘ladi, desam, to‘g‘ri bo‘ladi”,

— deb yozadi Q.Rafiqov.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤31😁7👍6🔥3
#InnoWeek_2025

InnoWeek-2025 haftaligi doirasida O‘zbekistonning venchur ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim tadbir — Venchur Kapital Forumi bo‘lib o‘tadi.

Forumning maqsadi — mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, startaplar va investorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, davlat, xususiy sektor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir.

🗣️ Forumda nutq so‘zlovchilar:

✅Yagiz Karadeniz – “DOMiNO Ventures”
✅Tohir Mirzo – “IMKON Ventures”
✅Abdul Sharipov – “SARMO Ventures”
✅Abdulazal Toshxo‘jayev – “UzVC” (Milliy venchur fondi)
✅Shahzod Umurzoqov – “TASS VISION”
✅ Sergey Makarov — “MUNIS”


💬Asosiy muhokama yo‘nalishlari:

🔵O‘zbekistonda venchur kapital bozorining rivojlanish istiqbollari;
🔵Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
🔵Xususiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari;
🔵Mahalliy startaplarning xalqaro bozorlarga chiqishi.

🗣Innovatsion g‘oyalar va investitsiya imkoniyatlari kesishadigan nuqtada bo‘lishni xohlaysizmi?
Unda ushbu Forumni o‘tkazib yubormang — kelajak investitsiyalari aynan shu yerda boshlanadi!

📱 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://innoweek.uz/uz/program-detail/41

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍13🔥5👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eslatma! 6-yo‘nalish bo‘yicha roʻyxatdan oʻtish jarayoni yakunlanishiga 5 soat qoldi

Bu tanlovda 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan quyidagi ikki toifadagilar:

➖ o‘qishga kirolmagan yoki
➖ testga kirgan-u, OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar ishtirok etadi.

Bunda abituriyent bitta emas, 5 tagacha yo‘nalish tanlashi mumkin. Faqat quyidagi vakant qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha:

👉 Vakant kunduzgi

👉 Vakant kechki

👉 Vakant masofaviy

Tanlash bugun 3-oktyabrgacha, my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍6🔥3😱1
Sholining “Basmati” gibrid urug‘i ilk bor O‘zbekiston sharoitida ekildi

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida ta’lim, ilm-fan va agrar soha bo‘yicha qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasi olimlari tomonidan Hindistondan keltirilgan sholining “Basmati” gibrid urug‘i ilk bor O‘zbekiston sharoitida ekildi. Hozirda uning agroiqlim sharoitlariga moslashuvchanligi o‘rganilmoqda. Bu tadqiqot ikki davlat olimlari o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, kafedra faoliyatida dual ta’lim tizimi joriy etilgan bo‘lib, talabalar nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish imkoniga ega.

Batafsil videolavhada👇

📱 https://www.youtube.com/watch?v=lT_a_CAI0yk

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19🔥7👍4
#taqdirlash_marosimi

Tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi


3-oktyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 1-, 2- va 3-mavsumi, “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” hamda “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi.

Tadbirni markaz direktori Abdumalik Akramov tabrik so‘zi bilan ochib berib, g‘oliblarga vazirlik diplomlari va statuetkalarni topshirdi. Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod ham ishtirok etib, ishtirokchilarni taqdirlashdi.


Marosimda “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining yil davomida o‘tkazilgan 3 mavsumi g‘oliblariga noutbuk, smart televizor va planshet kabi qimmatbaho sovg‘alar hamda Vazirlikning diplom va sertifikatlari topshirildi. Tadbirdagi san’atkorlarning musiqiy chiqishlari yig’ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida taqdirlashga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilar orasidan omadli raqam egalari aniqlanib, badiiy kitoblar hamda Mutolaa ilovasidan bepul foydalanish uchun promokodlar topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤33👍8👏4🔥2🤔1
#InnoWeek_2025

📣 Hurmatli InnoWeek–2025 mehmonlari!

2025-yil 9–11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi — “InnoWeek–2025” doirasida ishtirokchilar va mehmonlar hamda OAV vakillariga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentning bir nechta hududidan “CAEx Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasiga bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

“InnoWeek–2025” — bu ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi eng ilg‘or ishlanmalarni namoyish etish uchun muhim platforma. Sizni ko‘rgazmalar, panel sessiyalar, startaplar taqdimotlari, xalqaro ekspertlarning chiqishlari hamda keng ko‘lamli networking imkoniyatlari kutmoqda.


❗️Diqqat! Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.

📱Ro‘yxatdan o‘tish uchun: www.innoweek.uz

🤔 Yilning eng yirik innovatsion voqeasida ko‘rishguncha!

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍5🔥1🤩1