Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_forum #Ekskursiya

🇺🇿🇧🇾 Hunarmandlar shahrida do‘stlik va mahorat uyg‘unligi

Yurtimiz va Belarus delegatsiyasi qadimiy Marg‘ilon shahrining yuragi — Hunarmandlar markaziga tashrif buyurdi. Bu maskan nafaqat hunar, balki tarix va san’at uyg‘unlashgan muqaddas joy sifatida e’tirof etiladi.
Delegatsiya a’zolari bu yerda atlas va adras to‘qish jarayonini, gilamchilik, tikuvchilik, zargarlik hamda maishiy xizmat turlarini katta qiziqish bilan kuzatishdi.

Usta qo‘llarning har bir harakati, ip-u ignaning ohangida mujassam badiiy did va sabr-toqat mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi. Tadbirning eng zavqli lahzalaridan biri milliy liboslar ko‘rgazmasi bo‘ldi. Podiumda namoyish etilgan rang-barang kiyimlar o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, nozik didi va zamonaviy qarashlarini o‘zida mujassam etdi.

Bu uchrashuv ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlab, hamkorlik va do‘stlik rishtalarini yanada kuchaytirdi. Marg‘ilon — hunarmandlik va go‘zallik beshigi sifatida yana bir bor o‘zining qadimiy an’analarini, mehmondo‘stligini va yaratuvchan ruhini namoyon etdi.

🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🇺🇿🇧🇾 Гармония дружбы и мастерства в городе ремесленников

Во второй половине дня делегация Узбекистана и Беларуси посетила Центр ремесленников — сердце древнего города Маргилана. Это место признано священным местом, где сочетаются не только ремесло, но и история и искусство. Члены делегации с большим интересом наблюдали за процессом ткачества атласа и адраса, ковроткачества, швейного дела, ювелирного дела и бытового обслуживания.

Каждое движение рук мастера, художественный вкус и терпение, воплощенные в тоне ниток и игл, произвели глубокое впечатление на гостей. Одним из самых приятных моментов мероприятия стала выставка национальных костюмов. Красочная одежда, представленная на подиуме, воплощает в себе богатое культурное наследие, изысканный вкус и современные взгляды узбекского народа.

Эта встреча еще больше укрепила культурные связи между двумя народами и еще больше укрепила узы сотрудничества и дружбы. Маргилан, как колыбель ремесленничества и красоты, вновь продемонстрировал свои древние традиции, гостеприимство и созидательный дух.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
#InnoWeek_2025

🔵 “InnoWeek–2025” – Yilning eng innovatsion tadbiri boshlanishiga juda oz fursat qoldi!

“InnoWeek–2025”da Sizni nimalar kutmoqda?
✅ Xalqaro ko‘rgazma – 15 ming kv. m.dan ortiq maydonda 400 ga yaqin innovatsion loyiha va ishlanmalar namoyishi
✅ Xalqaro darajadagi 20 ga yaqin forum, konferensiya va seminarlar
✅ Mutaxassislar bilan uchrashuv va taqdimotlar


“InnoWeek–2025” – Ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi eng samarali muloqot va hamkorlik maydoni!

Sizni kutamiz!

📍Manzil: CAEx
🗓 Sana: 9–11-oktabr

📱 Ro‘yxatdan o‘ting: www.innoweek.uz

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍2
#Qoraqalpogʻiston

Vazir Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi


6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining yangi binosi bilan tanishdi.

So‘ng, professor-o‘qituvchilarning talaba-yoshlarga dars o‘tish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov xalqaro o‘quv dasturi joriy etilgan Nukus shahridagi 1-sonli politexnikumida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍6🔥1👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ilgari surgan tashabbuslar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍2👏1
“TalabaExpo–2025” Qashqadaryoda

Ertaga, 9-oktabr kuni Qarshi davlat universiteti hududida “Kelajakka qadam” dasturining “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
✔️150 ga yaqin korxona va tashkilotlar
✔️1 350 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovkalar
✔️Taqdimotlar va tadbirkorlik imkoniyatlari

Ko‘rgazmaning maqsadi — bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va tadbirkorlikka qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Sizni “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!

Manzil: Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍5🔥1
#Xalqaro_forum #Ikkinchi_kun

🇺🇿🇧🇾 O‘zbekiston va Belarus oliy va kasbiy ta’lim forumi sessiyalaridagi masalalar muhokama qilindi

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan nufuzli O‘zbekiston va Belarus professional va oliy ta’lim forumining ikkinchi kuni doirasida “O‘zbekiston va Belarusning ta’lim sohasidagi hamkorligi”, “Ilm-fan sohasidagi hamkorlik” hamda ”Professional kadrlar tayyorlash tizimida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish” mavzularidagi sho‘balarda delegatsiya a’zolari tomonidan ma’ruzalar tinglanib, atroflicha muhokama qilindi.

Ushbu majlislarda ikki mamlakat rektorlari, olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va mutaxassislar o‘zaro tajriba almashdilar. Mazkur forum ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy sohadagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, akademik almashinuvlar va qo‘shma ilmiy izlanishlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qildi.

Yig‘ilish yakunida ikki tomonlama tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi. Forum ishtirokchilari ta’lim eksportini strategik yo‘nalish sifatida belgilash va uni barqaror rivojlantirish maqsadida muntazam axborot almashinuvi, seminar va tajriba almashuvlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.


🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🇺🇿🇧🇾 На форуме высшего и профессионального образования Узбекистана и Беларуси были обсуждены вопросы, рассмотреннные в рамках сессий

В рамках второго дня престижного узбекско-белорусского форума профессионального и высшего образования, проходящего в Ферганской области, члены делегации заслушали и подробно обсудили доклады в секциях на темы «Сотрудничество Узбекистана и Беларуси в сфере образования», «Сотрудничество в научной сфере» и «Развитие взаимодействия в системе подготовки кадров среднего звена».

На этих встречах ректоры, ученые, руководители научно-исследовательских учреждений и специалисты двух стран обменялись опытом. Данный форум послужил выведению стратегического сотрудничества между двумя странами в сфере образования и науки на новый уровень, созданию новых возможностей для академических обменов и совместных научных исследований.

По итогам встречи были выдвинуты предложения по поддержке двусторонних инициатив и разработке практических механизмов. Участники форума договорились об установлении регулярного обмена информацией, семинаров и обмена опытом в целях определения экспорта образования в качестве стратегического направления и его устойчивого развития.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍5