O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida Markaziy Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etib, qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Xususan, “Kelajak muhandislari” ilmiy-ta’lim konsorsiumini tashkil etish taklif qilindi.
– dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek, innovatsiyalar sohasida mamlakatimizda “Skolkovo” markazi filialini ochish, Markaziy Osiyo va Rossiyadagi yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun Maxsus grantlar dasturini birgalikda ta’sis etish mumkinligi qayd etildi.
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Rossiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Bu muloqot maydoni dual va kasbiy ta’lim tizimini joriy etish, fundamental ilmiy ishlanmalarni amalga oshirish maqsadida mamlakatlarimizning yetakchi oliygohlari va tadqiqot tuzilmalari salohiyatini birlashtirishga xizmat qiladi.”
– dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek, innovatsiyalar sohasida mamlakatimizda “Skolkovo” markazi filialini ochish, Markaziy Osiyo va Rossiyadagi yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun Maxsus grantlar dasturini birgalikda ta’sis etish mumkinligi qayd etildi.
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Rossiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤23👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 1 200 nafardan ortiq talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi
9-oktabr kuni Qarshi davlat universitetida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun “TalabaEXPO – 2025” kasb koʻrgazmasi bayramona ruhda oʻtkazildi.
Ko‘rgazmaga 11 360 nafar talaba tashrif buyurib, ulardan 3 748 nafari ish beruvchilar bilan suhbat o‘tkazdi. Natijada 1 274 nafar talaba uchun ish joyi aniqlandi, 49 nafar talaba esa o‘z biznes loyihalarini taqdim etib, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92248
#KelajakkaQadam #TalabalarBandligi #TalabaExpo #Qarshi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤12👍5🔥1👏1
O‘zbekiston va Belarus ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2025-yil 8-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Belarus Respublikasi ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Baxanovichni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan vazirning birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ham ishtirok etdi. Suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik, xususan, kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagoglar malakasini oshirish va ilg‘or tajribalarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar IT texnologiyalari, energetika, qurilish va ekologiya kabi yo‘nalishlarda Belarus tajribasini o‘rganish, shuningdek, kompetensiya markazlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish hamda o‘zaro tajriba almashuvni davom ettirishga kelishib oldilar.
#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #vazir

❤16👍7😁2👏1
Forwarded from Innovatsion rivojlaniş agentligi
#InnoWeek_2025
Global innovatsiya indeksining 2025-yilgi reytingida O‘zbekiston 139 ta mamlakat orasida 79 o‘rinni egalladi. Haftalik doirasida “Global innovatsiya indeksi 2025: Milliy taqdimot” mavzusida oʻtkazilgan konferensiyada mamlakatimiz erishgan natijalar tahlil qilinib, reytingning tarkibiy indikatorlari O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bilan uzviy bog‘liqligi, ushbu indikatorlar bahosini yaxshilashning boshqa xalqaro reytinglarga ko‘rsatadigan ijobiy taʼsiri hamda mamlakatimizni 2030-yilga kelib Top-50 ta davlatlar qatoriga kirishini taʼminlash bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.
🌐 Batafsil
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

❤15👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“InnoWeek-2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining birinchi ish kuni tafsilotlari.
#InnoWeek_2025 #birinchi_kun
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#InnoWeek_2025 #birinchi_kun
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥12👍4❤3
Akkreditatsiya mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashabbusi bilan “Akkreditatsiya mezonlari va standartlarini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash bo‘yicha ishchi guruh”ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda Agentlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, oliy ta’lim muassasalari prorektorlari va sifatni baholash bo‘yicha mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirish, xalqaro akkreditatsiya standartlariga mos milliy mezonlarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92376

❤19🔥2
Prezident diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuv tayyorlashni taklif qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirish hamda mamlakatlar iqtisodiyoti barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan bir qator amaliy takliflar bilan chiqdi.
Jumladan, davlatimiz rahbari:
➖O‘zbekiston Toshkent shahrida “INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida MDH innovatsion sanoat forumini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi;
➖Raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasida ko‘p tomonlama amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi;
➖Diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash, shuningdek, Xiva shahrida MDH Yoshlar forumini o‘tkazib, Yoshlar innovatsiya laboratoriyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

👍23❤19