Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida taʼlim va fan sohasidagi aloqalar muhokama qilindi

11-oktabr kuni Toshkent shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Gruziya taʼlim, fan va yoshlar vaziri Givi Mikanadze boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tomonlar oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalarni muhokama qilish hamda yangi tashabbuslarni yoʻlga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqdilar.

Uchrashuvda “Uzumchilik va vinochilik” yoʻnalishida 1+1 modelidagi qoʻshma dastur, turizm sohasida qoʻshma yoʻnalishlar va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida Gruzin tili markazini ochish rejalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92601

#xalqaro_hamkorlik #Gruziya #vazir #uchrashuv

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍14😱7🎉3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

InnoWeek-2025da namoyish etilgan yana bir loyiha bilan tanishing: Asabni tinchlantirucvhi sprey.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
❤17👍7😁2
O‘zbekistonda Xalqaro ilm-fan kengashining mintaqaviy vakolatxonasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi

11-oktyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xalqaro ilm-fan kengashi (International Science Council — ISC) prezidenti Piter Glyukman bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova ham ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida Kengashning Markaziy Osiyo va Kavkazorti mintaqaviy vakolatxonasini Toshkent shahrida tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92607

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #ilmfan

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤36👍12🔥2
Osaka shahrida tashkil etilgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga — “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Taqdim etilgan “Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya” konsepsiyasida an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligi o‘z aksini topgan.

“Barchani ruhlantirgan professionallik va ushbu loyihaga bo‘lgan ishonch uchun butun jamoaga, shuningdek, xalqaro hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman”,

— deyiladi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabarida.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👏14👍6🥰2😁1
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining davlat granti, shuningdek Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun ajratilgan 200 ta maqsadli kvota bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

📆 2025-yil 11-oktabr (shanba) kuni barcha hududlarda test sinovlari belgilangan tartibda o‘tkazildi.
👥 Mazkur test sinovlarida jami 1 ming nafar talabgor ishtirok etdi.

📚Tanlov natijalari 2025-yil 17-oktabrga qadar my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23😱9👍5