Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣

Samarqandda “O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi

Joriy yilning 6-noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida UNESCO shafeligida “O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar:
🟣Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar;
🟣Madaniy meros bo‘yicha mutaxassislar va me’morlar;
🟣Mahalliy boshqaruv tashkilotlari vakillari;
🟣Xalqaro va nodavlat tashkilotlar;
🟣Bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari.

Asosiy mavzular
🟣Barqaror manbalar va an’anaviy usullar;
🟣Madaniy meros va iqlim o‘zgarishi;
🟣Madaniy merosning barqarorligini ta’minlovchi raqamli texnologiyalar;
🟣Shahar madaniy merosi va barqaror rivojlanish omillari.

Ro‘yxatdan o‘tish: 2025 yil 1-oktyabrdan.

Taqdimot yuborish muddati: 2025 yil 20-oktyabrgacha

Batafsil ma’lumot uchun: 👉 https://unesco.samdaqu.edu.uz/

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍5🔥2👏1
Vazir “Ma’rifat darslari” jarayoni bilan tanishdi

13-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib, “Kelajak soati” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat darslari”ning amaliy jarayonini kuzatdi.

Tashrif davomida vazir yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollikni kuchaytirishga qaratilgan bunday tashabbuslarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

“Ma’rifat darslari” orqali talabalar dunyoqarashi, intellektual salohiyati va insonparvarlik qadriyatlarini rivojlantirish, ularni mas’uliyatli mutaxassis va faol fuqaro sifatida tarbiyalashga xizmat qilayotgan ishlarga yuqori baho berildi.

Uchrashuv yakunida vazir talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladi hamda ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

#vazir #yoshlar #ochiq_muloqot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤18👏1
#XalqaroAnjuman #TUI

Turkiy universitetlar ittifoqining 8-bosh assambleyasi

15-oktyabr kuni Turkiy universitetlar ittifoqining 8-bosh assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Unda turkiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etib, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Tadbir doirasida sho‘ba yig‘ilishlari, uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👏4
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Talaba-yoshlarni ovoz yozish audiostudiyasiga taklif qilamiz!

🗣Siz ijodkormisiz? Qo‘shiq kuylash, she’r, monolog yoki hikoyalarni ovozlashtirishga qiziqasizmi? Unda Talabalar media-ijtimoiy va madaniyat maskani ovoz yozish studiyasi aynan siz uchun!

☑️Barcha turdagi audiolarni sifatli yozishga mo‘ljallangan zamonaviy studiyaga tashrif buyurib, o‘z ijodiy ishlaringizni bepul yozish imkoniyatidan foydalaning.

✔️Studiya ish vaqti:

↪️seshanba, payshanba kunlari 14:00 dan 18:00 gacha
↪️dushanba, chorshanba va juma kunlari 09:00 dan 13:00 gacha;

➡️ Manzil joylashuvi

📍Manzil: Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Talabalar media-ijtimoiy va madaniyat maskani

Audiostudiya guruhiga qo‘shilish:

↪️https://t.me/joinchat/27rCZ3VNte9lY2Uy

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🔥7👍4
🟦🟦

“Raqamli avlod qizlari” tanlovining kuzgi mavsumi boshlanish arafasida!


➖ Mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

➖ Yashil iqtisodiyot;
➖ Sun’iy intellekt;
➖ Iqlim o‘zgarishi;
➖ Ta’lim.

Tanlovda ikki yosh toifasida — 16-20 va 21-30 yoshlardagi qizlar ishtirok etishlari mumkin. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar alohida aniqlanadi.

✈️ Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar chet elga ta‘lim sayohatini qo‘lga kiritishadi.

👉 Tanlovda qatnashish uchun qizlar.raqamliavlod.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

#Digital_Generation_Girls

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22🔥10
Edu.uz pinned a photo
Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan ko‘rgazma o‘tkazildi

14-oktabr kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston standartlar instituti tashabbusi bilan Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir poytaxtimizdagi “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki hududida o‘tkazildi. Unda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ham qatnashdi.

Ko‘rgazma doirasida soha vakillarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda “Yil standartchisi – 2025” va “Sifat sohasidagi mukofot” milliy mukofotlari sovrindorlari e’tirof etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93085

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍5👏1😁1🤔1
“Bo‘lajak yosh muhandislar” olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi va yangi “Padel” korti ochildi

14-oktabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi va “Yosh muhandislar” tanlovining “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut jamoasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Olimpiada yoshlarning muhandislik sohasiga qiziqishini oshirish, ularni ilmiy izlanishlarga undash va texnik tafakkurni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida institut hududida qurilgan zamonaviy “Padel” tennis korti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida “Rektor kubogi” musobaqasiga ham start berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93142

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤25👍5🔥1👏1