Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni kutib olish marosimi o‘tkazildi.
—
В резиденции «Куксарой» состоялась церемония встречи Президента Республики Сербия Александра Вучича, прибывшего с официальным визитом по приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

#Mirziyoyev #marosim #Serbiya #kutibolish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤16👍4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
—
Cостоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича с участием официальных делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍12❤6👏2
❗️Hududlarda Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi

Prezidentning PF–190-son Farmoni ijrosi doirasida hududlarda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va uni mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida Kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi.

Mazkur kengashlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raislik qiladi.

Kengash tarkibi tegishli hudud rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi hamda unga:
– yirik tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar;
– vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiritiladi.

Kengashning asosiy vazifalari:
– hududlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
– xalqaro ta’lim dasturlari, o‘quvchilar amaliyoti hamda dual ta’limni tashkil etish;
– bitiruvchilar bandligini ta’minlash, texnikumlar ixtisoslashuvini o‘zgartirish hamda ta’lim dasturlari mazmunini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.

Ushbu kengashlar hududlarda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yoshlarning bandligini ta’minlash va kasbiy ta’lim tizimini samarali boshqarishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3