Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
—
Cостоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича с участием официальных делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍12❤6👏2
❗️Hududlarda Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi

Prezidentning PF–190-son Farmoni ijrosi doirasida hududlarda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va uni mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida Kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi.

Mazkur kengashlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raislik qiladi.

Kengash tarkibi tegishli hudud rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi hamda unga:
– yirik tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar;
– vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiritiladi.

Kengashning asosiy vazifalari:
– hududlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
– xalqaro ta’lim dasturlari, o‘quvchilar amaliyoti hamda dual ta’limni tashkil etish;
– bitiruvchilar bandligini ta’minlash, texnikumlar ixtisoslashuvini o‘zgartirish hamda ta’lim dasturlari mazmunini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.

Ushbu kengashlar hududlarda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yoshlarning bandligini ta’minlash va kasbiy ta’lim tizimini samarali boshqarishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
—
По итогам переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Сербия Александр Вучич подписали Совместную декларацию.

#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤11👍5
❗️2027-yildan bosqichma-bosqich ishga qabul qilishda malaka sertifikati talab etiladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi

Prezidentning PF–190-son Farmoni ijrosi doirasida kasbiy malakani oshirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida malaka darajasiga ega xodimlarni ishga qabul qilishning yangi tizimi joriy etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, 2027-yildan bosqichma-bosqich Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatorida belgilangan kasb va lavozimlar bo‘yicha zarur malaka darajasiga ega diplom yoki malaka sertifikati bo‘lgan xodimlar ishga qabul qilinadi.

Bu tizim quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
– 2027-yil 1-yanvardan Namangan, Samarqand va Toshkent shaharlari bo‘yicha turizm, kosmetologiya va umumiy ovqatlanish sohalarida;
– 2027-yil 1-iyundan shu hududlarda qurilish sohasidagi kasb va lavozimlar bo‘yicha;
– 2028-yil 1-yanvardan butun respublika bo‘yicha barcha kasb va lavozimlar uchun tatbiq etiladi.

Shuningdek, norasmiy va informal ta’lim orqali yoki amaliy tajriba asosida egallangan ko‘nikmalar ham malakani baholash markazlari tomonidan baholanish orqali tan olinadi.

Mazkur tizim kasbiy malaka talablarini aniqlashtirish, mehnat bozorida malakali mutaxassislar ulushini oshirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍4😁3😱2