Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Talabalar mobilligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Janubiy Koreyaning nufuzli Kyungdong universiteti bilan hamkorlikda “Talabalar mobilligi uchun global akademik hamkorlik” mavzusida birinchi Sammit bo‘lib o‘tdi.

Sammitning asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar almashinuvini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratishdir.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, shuningdek mamlakatimizdagi yigirmadan ortiq yetakchi universitetlar rahbarlari va 20 dan ortiq davlatlardan 60 dan ziyod nufuzli oliygohlar vakillari qatnashdi.

Ushbu sammit global miqyosda ilmiy muloqot, innovatsion hamkorlik va tajriba almashish uchun muhim platformaga aylandi. Ishtirokchilar ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

👉 Batafsil

#TalabalarMobilligi #OliyTaʼlim #XalqaroHamkorlik #Innovatsiya #BarqarorRivojlanish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍9😱1
#Strategiya2025 #XalqaroKonferensiya

O‘zbekiston Milliy universitetida “Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti” VIII xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Mazkur nufuzli ilmiy tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Navoiy davlat tog‘-kon texnologiyalari universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, shuningdek, MDU Murakkab tizimlarni matematik tadqiqotlar instituti va Strategik tadqiqotlar markazi hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiyani O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ochib berdi. Konferensiya doirasida akademik Vladimir Kvintning ma’ruzasi tinglandi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🔥6👍2👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Sharhsiz #UzJapanForum #Samarqand #Oliytaʼlim

🇺🇿🤝🇯🇵Samarqand. Bir necha daqiqalardan soʻng “Bilim va jamiyat oʻrtasidagi uygʻunlik: inson taraqqiyoti va innovatsiyalar yoʻlida fanlararo yondashuvlar” mavzusida Oʻzbekiston va Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi boshlanadi.
___

🇺🇿🤝🇯🇵Samarkand. In a few moments, The Fifth Uzbekistan–Japan University Rectors’ Forum titled “Bridging Knowledge and Society: Interdisciplinary Approaches to Innovation and Human Development” will begin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤15
🟦🟦🟦 🟦🟦

Hurmatli talabalar, abituriyentlar va o‘qituvchilar!

♻️ Sizni Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlariga taklif qilamiz!

👍 Imtihonlarda yuqori natijalarga erishish uchun ayni imkoniyat — bilimlaringizni Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida sinab ko‘ring va puxta tayyorgarlik qiling!

🏢 2025-yil 11-noyabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha navbatdagi repetitsion test sinovlari o‘tkaziladi:

Umumta’lim fanlari:
🌓 fizika
🌎 tarix
🌱 biologiya

Chet tillari:
🇺🇸 ingliz tili
🇸🇦 arab tili
🇹🇷 turk tili
🇩🇪 nemis tili


📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati:
3-noyabr soat 24:00 ga qadar.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://registration.ilmiymarkaz.uz/

❗️ Joylar soni cheklangan! Shuning uchun imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

🤖 NATIJA BOT

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ Murojaat uchun:

🔹 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3
#UzJapanForum #Samarqand #Oliytaʼlim

🇺🇿🇯🇵Samarqandda O‘zbekiston va Yaponiya rektorlari forumi boshlandi

Bugun Samarqand ilm va tafakkur maydoniga aylandi. O‘zbekiston va Yaponiyaning nufuzli oliygohlar rahbarlari, fan arboblari hamda mutaxassislari ishtirokida beshinchi Rektorlar forumi o‘z ishini boshladi.

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Hiroshi Masuko, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev (onlayn tarzda), Yaponiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kenji Hirata, hamda Nagoya universiteti prezidenti Naoshi Sugiyama so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi ilm-fan sohasidagi hamkorlik samaralari amalga oshirilayotganini alohida qayd etishdi. Tadbirga Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov moderatorlik qildi.
________

🇺🇿🇯🇵 Uzbekistan–Japan Rectors’ Forum opens in Samarkand

Today, Samarkand has turned into a vibrant hub of knowledge and intellectual exchange. The Fifth Uzbekistan–Japan Rectors’ Forum has officially begun, bringing together distinguished university leaders, scholars, and experts from both countries.

At the opening ceremony, Minister of Higher Education, Science and Innovation Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Deputy Minister of Education, Culture, Sports, Science and Technology of Japan Hiroshi Masuko, First Deputy Chairman of the Senate of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan Sodiq Safoyev (participating online), Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of Japan to Uzbekistan Kenji Hirata, and President of Nagoya University Naoshi Sugiyama delivered speeches, emphasizing the successful progress of scientific and educational cooperation between the two nations. The event was being moderated by rector of Samarkand State University Rustam Kholmurodov.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍12👏4😁2😱1
#Xalqaro_forum #Talaba_sporti

O‘zbekiston tajribasi xalqaro maydonda e’tirof etildi


Moskva shahrida o‘tkazilayotgan “Burya” xalqaro talabalar sporti forumida Rossiya universitetlar sporti uyushmasi taklifiga binoan O‘zbekiston Talabalar sporti assotsiatsiyasi rahbariyati ham ishtirok etmoqda.

Forumda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Isroil, O‘zbekiston va Rossiya universitetlar sporti federatsiyalari rahbarlari sport sohasidagi islohotlar, universitet sport klublarining rivojlanish tajribalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/97431

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5🔥1