Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Ilm va taraqqiyot yoʻlida hamjihatlik: Samarqanddagi Oʻzbekiston–Yaponiya rektorlar forumining panel sessiyasi

Forum oʻz ishini plenar sessiya bilan davom etdi. Plenar yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismoilova, shuningdek, Yaponiya va Oʻzbekistonning qator universitetlari rahbar, professorlari va nufuzli ekspertlar maʼruza qildilar.

Taqdimotlarda ikki mamlakat oʻrtasidagi oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichga koʻtarilayotgani, qoʻshma dasturlar, ilmiy tadqiqotlar va talabalar almashinuvi im-fan taraqqiyotiga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/97723

#UzJapanForum #Samarqand #Oliytaʼlim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolik qonunchiligini yangilashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat yuridik universitetida “O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining hozirgi bosqichida fuqarolik qonunchiligini yangilash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor Hoji-Akbar Rahmonqulov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan anjumanda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat vakillari, olimlar, amaliyotchi huquqshunoslar, shuningdek, 10 dan ortiq xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbir beshta sho‘bada davom etib, ashyoviy huquqlar, majburiyat va shartnoma huquqi, intellektual mulk, xalqaro xususiy huquq sohalaridagi islohotlar tahlil qilindi.

Xalqaro konferensiya fuqarolik huquqining dolzarb masalalarini muhokama qilish, xorijiy tajriba almashish va O‘zbekiston huquqiy tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

#xalqaro_anjuman #TDYU #yuridik_taʼlim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤4🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi va unga davlatimizning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Организации Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО) Одри Азуле и вручил ей высокую государственную награду – орден «Дўстлик».

#Mirziyoyev #qabul #UNESCO #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤11👍1🔥1