Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Malaka oshirishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 50 nafar texnikum pedagogi xorijga yuboriladi

Prezidentning PQ–316-son qaroriga ko‘ra, texnikumlar pedagoglari malakasini oshirishning quyidagi tartibi belgilandi:

➖ umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining malakasi A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududiy pedagogik mahorat markazlarida;
➖ maxsus fan o‘qituvchilarining malakasi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida;
➖ ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasi hududiy ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hamda tegishli sohalar bo‘yicha malaka oshirish faoliyatini olib boruvchi tashkilotlarda amalga oshiriladi.

Har yili malaka oshirish jarayonida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 50 nafardan ishlab chiqarish ta’limi ustasi, umumta’lim fanlari va maxsus fan o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun xorijga yuboriladi.

#Kasbiy_taʼlim #qonunchilik_yangiliklari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5🔥1😁1
Samarqand davlat universitetida Tsukuba universitetining “Aloqa va hamkorlik” (Liazon) markazi ochildi

Markazning tantanali ochilish marosimi O‘zbekiston–Yaponiya rektorlar V forumi doirasida o‘tkazildi. Tadbirda Tsukuba universiteti va Samarqand davlat universiteti rahbarlari, shuningdek O‘zbekiston va Yaponiyaning boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu markaz Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan Tsukuba universitetiga topshirilgan “Yaponiyada ta’lim olishni ilgari surish uchun xorijiy tarmoqlar funksiyalarini mustahkamlash loyihasi (MDH mintaqasi)” doirasida tashkil etildi.


Markazning asosiy maqsadi – Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi akademik hamkorlikni chuqurlashtirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamda talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvini rivojlantirishdan iborat.

Markaz quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:
➖Yaponiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik almashinuvni rivojlantirish;
➖O‘zbekistondan iqtidorli talabalarni Yaponiya universitetlarida ta’lim olish va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun tanlash hamda qo‘llab-quvvatlash;
➖Yaponiya oliy ta’lim tizimi, grant va stipendiya dasturlari haqida axborot berish;
➖Ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash;
➖Tsukuba va Samarqand davlat universitetlari o‘rtasidagi ilg‘or tajriba va bilim almashuvini yo‘lga qo‘yish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍5😁2🤔1😱1
Forwarded from UNESCO Uzbekistan
YUNESKO O‘zbekistonda o‘qituvchilar salohiyatini oshirish orqali Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish ta’limini zamonaviylashtirishni qo‘llab-quvvatlamoqda

✅️YUNESKOning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKOning Toshkentdagi ofisida uch kunlik seminar o‘tkazildi. Seminar davomida “Curriculum GlobALE” yondashuviga asoslangan Kattalar ta’limining birinchi va ikkinchi modullari bo‘yicha treninglar tashkil etildi. Ushbu faoliyat o‘qituvchilarning professional rivojlanishiga va mamlakat bo‘ylab ta’lim sifatini yanada oshirishga hissa qo‘shadi.

🔸Mazkur tashabbus asosida Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti va Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazlari direktorlarining hamkorligida to‘rtta hududdan 24 nafar o‘qituvchi va murabbiylar kasbiy salohiyatni oshirish dasturlarida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Ushbu dasturlarga 2025-yil noyabr va dekabr oylarida qo‘shimcha Kattalar ta’limi mashg‘ulotlari ham kiritilgan. Treninglar onlayn va oflayn formatlarda o‘tkazilib, O‘zbekistonda Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish ta’limini zamonaviylashtirish uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan:

✅ Salohiyatga asoslangan ta’lim va baholash

✅ Bitiruvchilarni kuzatish tadqiqoti

✅ Kattalar ta’limi

✅ Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitishda “Yashil” yondashuv hamda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish

✅ Salohiyatga asoslangan ta’lim hamda treningni loyihalash va o‘tkazish

✅ Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish ta’limi o‘qituvchilarining raqamli ko‘nikmalarini mustahkamlash

💬 Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonning Ilg‘or kasbiy mukammallik markazlarini mustahkamlash hamda Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish ta’limi o‘qituvchilari va murabbiylari salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:

📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥1😁1🤔1
Texnikumlarda 1 nafar ishlab chiqarish ustasiga 20 nafar o‘quvchi nisbati belgilandi

Prezidentning PQ–316-son qaroriga ko‘ra, texnikumlarda bir nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:20 nisbatda belgilandi.

Bunda ushbu tizim:

🔹 2026/2027-o’quv yilida Kasbiy taʻlim agentligi tomonidan tanlangan 50 ta;
🔹 2027/2028-o‘quv yilidan esa qolgan barcha texnikumlarda joriy etiladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari uchun ajratiladigan ish haqi fondini hisoblashda ishlab chiqarish ta’limi ustasi bazaviy tarif stavkasi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti birinchi malaka toifali o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasiga teng miqdorlarda olinadi.

Shuningdek, texnikum direktoriga ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida:

➖ ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari sonini tasdiqlash;
➖ mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti birinchi malaka toifali o‘qituvchisining tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama va qo‘shimchalarni mustaqil belgilash huquqi beriladi.

Bunda bir nafar xodimning oylik ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha belgilanishiga ruxsat beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍8🔥5🥰2😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident tashabbuslari – tinch va farovon kelajak poydevori


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Prezidentimiz tomonidan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslar kelajakda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, tinchlikni ta’minlash va xalqimizning farovon hayotini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

#munosabat #vazir #Prezident_tashabbuslari #UNESCO #43_sessiya

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤7👏3