Forwarded from UNESCO Uzbekistan
YUNESKO O‘zbekistonda o‘qituvchilar salohiyatini oshirish orqali Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish ta’limini zamonaviylashtirishni qo‘llab-quvvatlamoqda
✅️ YUNESKOning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKOning Toshkentdagi ofisida uch kunlik seminar o‘tkazildi. Seminar davomida “Curriculum GlobALE” yondashuviga asoslangan Kattalar ta’limining birinchi va ikkinchi modullari bo‘yicha treninglar tashkil etildi. Ushbu faoliyat o‘qituvchilarning professional rivojlanishiga va mamlakat bo‘ylab ta’lim sifatini yanada oshirishga hissa qo‘shadi.
🔸Mazkur tashabbus asosida Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti va Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazlari direktorlarining hamkorligida to‘rtta hududdan 24 nafar o‘qituvchi va murabbiylar kasbiy salohiyatni oshirish dasturlarida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Ushbu dasturlarga 2025-yil noyabr va dekabr oylarida qo‘shimcha Kattalar ta’limi mashg‘ulotlari ham kiritilgan. Treninglar onlayn va oflayn formatlarda o‘tkazilib, O‘zbekistonda Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish ta’limini zamonaviylashtirish uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan:
✅ Salohiyatga asoslangan ta’lim va baholash
✅ Bitiruvchilarni kuzatish tadqiqoti
✅ Kattalar ta’limi
✅ Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitishda “Yashil” yondashuv hamda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
✅ Salohiyatga asoslangan ta’lim hamda treningni loyihalash va o‘tkazish
✅ Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish ta’limi o‘qituvchilarining raqamli ko‘nikmalarini mustahkamlash
💬 Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonning Ilg‘or kasbiy mukammallik markazlarini mustahkamlash hamda Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish ta’limi o‘qituvchilari va murabbiylari salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
🔸Mazkur tashabbus asosida Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti va Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazlari direktorlarining hamkorligida to‘rtta hududdan 24 nafar o‘qituvchi va murabbiylar kasbiy salohiyatni oshirish dasturlarida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Ushbu dasturlarga 2025-yil noyabr va dekabr oylarida qo‘shimcha Kattalar ta’limi mashg‘ulotlari ham kiritilgan. Treninglar onlayn va oflayn formatlarda o‘tkazilib, O‘zbekistonda Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish ta’limini zamonaviylashtirish uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥1😁1🤔1
Texnikumlarda 1 nafar ishlab chiqarish ustasiga 20 nafar o‘quvchi nisbati belgilandi
Prezidentning PQ–316-son qaroriga ko‘ra, texnikumlarda bir nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:20 nisbatda belgilandi.
Bunda ushbu tizim:
🔹 2026/2027-o’quv yilida Kasbiy taʻlim agentligi tomonidan tanlangan 50 ta;
🔹 2027/2028-o‘quv yilidan esa qolgan barcha texnikumlarda joriy etiladi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari uchun ajratiladigan ish haqi fondini hisoblashda ishlab chiqarish ta’limi ustasi bazaviy tarif stavkasi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti birinchi malaka toifali o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasiga teng miqdorlarda olinadi.
Shuningdek, texnikum direktoriga ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida:
➖ ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari sonini tasdiqlash;
➖ mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti birinchi malaka toifali o‘qituvchisining tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama va qo‘shimchalarni mustaqil belgilash huquqi beriladi.
Bunda bir nafar xodimning oylik ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha belgilanishiga ruxsat beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤12👍8🔥5🥰2😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident tashabbuslari – tinch va farovon kelajak poydevori
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Prezidentimiz tomonidan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslar kelajakda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, tinchlikni ta’minlash va xalqimizning farovon hayotini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
#munosabat #vazir #Prezident_tashabbuslari #UNESCO #43_sessiya
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤7👏3
#Dayjest #Kelajak_soatlari
Oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soatlari” darslari davom etmoqda
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soatlari” darslari davom etmoqda
🔵 Navoiy davlat universiteti;🔵 Buxoro davlat pedagogika instituti;🔵 Termiz davlat universiteti;🔵 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;🔵 Toshkent davlat agrar universiteti;🔵 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;🔵 Buxoro davlat texnika universiteti;🔵 Jizzax politexnika instituti;🔵 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;🔵 Nukus davlat pedagogika instituti;🔵 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;🔵 Shahrisabz davlat pedagogika instituti;🔵 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;🔵 Namangan davlat chet tillari instituti;🔵 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;🔵 Namangan davlat texnika universiteti;🔵 Samarqand davlat universiteti;🔵 Namangan davlat pedagogika instituti;🔵 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;🔵 Guliston davlat pedagogika instituti;🔵 Buxoro davlat tibbiyot instituti;🔵 Qarshi davlat universiteti;🔵 Termiz davlat pedagogika instituti;🔵 Guliston davlat universiteti;🔵 Jizzax davlat pedagogika universiteti;🔵 O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;🔵 Xalqaro innovatsion universitet;🔵 Farg‘ona davlat texnika universiteti;🔵 Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;🔵 Andijon davlat tibbiyot instituti;🔵 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;🔵 Buxoro davlat universiteti;🔵 Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;🔵 Urganch davlat pedagogika instituti;🔵 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;🔵 Buxoro davlat texnika universiteti;🔵 Farg‘ona davlat universiteti;🔵 Toshkent davlat tibbiyot universiteti;🔵 Olmaliq davlat texnika instituti;🔵 Toshkent kimyo-texnologiya instituti;🔵 Geologiya fanlar universiteti;🔵 Urganch innovatsion universiteti;🔵 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;🔵 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;🔵 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti;🔵 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti;🔵 “University of Business and Science” Toshkent filiali
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤3
Endilikda o‘quvchining dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi
Prezidentning PQ–316-son qaroriga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilarning o‘qish davri ularning umumiy mehnat stajiga kiritiladi.
Shuningdek, dual ta’lim tizimida o‘qiyotgan o‘quvchilarga maxsus platforma orqali har oylik stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda:
➖ har oylik stipendiya bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi;
➖ stipendiya Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan texnikumlarga ajratiladi;
➖ agar o‘quvchining kasbiy ko‘nikmalari yoki intizomi qoniqarsiz deb baholansa, stipendiya to‘lovlari to‘xtatiladi.
Dual ta’limdagi o‘quvchilarga to‘lanadigan stipendiya bilan bog‘liq xarajatlar ularning amaliyot o‘tash uchun ajratilgan mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, qarorga muvofiq:
🔹 davlat xaridlarida texnikumlar ishlab chiqargan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larga 15 foizlik preferensiya beriladi;
🔹 davlat organlari va tashkilotlariga texnikumlarni jalb etgan holda quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini autsorsing asosida tashkil etish huquqi beriladi:
➖ kompyuter texnikalari, isitish, sovutish va elektr energiyasi tizimlari, shunindek, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
➖ ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
➖ Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelishilgan boshqa yo‘nalishlar.
#Kasbiy_taʼlim #qonunchilik_yangiliklari

❤8👍3😁1