Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqidan

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇯🇵 U2U: Oʻzbekiston va Yaponiya rektorlari yangi hamkorlik yoʻnalishlarini belgiladilar

31-oktyabr kuni Samarqand shahrida “Bilim va jamiyat oʻrtasidagi uygʻunlik: inson taraqqiyoti va innovatsiyalar yoʻlida fanlararo yondashuvlar” mavzusida Oʻzbekiston va Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi oʻz ishini davom ettirdi.

Forum doirasida boʻlib oʻtgan U2U uchrashuvlarda Oʻzbekiston va Yaponiya oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazib, yangi hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashdilar.

Uchrashuvlar natijasida qator hamkorlik hujjatlari imzolandi, bu oʻz navbatida Oʻzbekiston va Yaponiya universitetlari oʻrtasidagi ilmiy va taʼlim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga koʻtarilishiga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥7❤3🤔1😱1
Naoshi Sugiyama, Nagoya universiteti prezidenti:
“Biz O‘zbekiston oliygohlari bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar va ta’lim dasturlarini rivojlantirishdan manfaatdormiz.”


——

Naoshi Sugiyama, President of Nagoya University:
“We are committed to expanding academic cooperation with universities in Uzbekistan, fostering joint research projects and innovative educational programs.”


#UzJapanForum #Education #Innovation #Cooperation #Samarkand

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Финляндской Республики Александр Стубб провели переговоры с участием официальных делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Finlyandiya #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍12❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi oliy darajali muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
—
Состоялись узбекско-финские переговоры на высшем уровне.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍8❤4
Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Финляндской Республики Александр…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Yetakchilar huzurida turli yo‘nalishlarda, shu jumladan ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

#Mirziyoyev #tashrif #Finlandiya #hujjatlar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1
O‘zbekiston – Yaponiya universitetlari rektorlari V forumi rezolyutsiyasi imzolandi

Samarqand shahrida 2025-yil 30–31-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Yaponiya universitetlari rektorlarining beshinchi forumi o‘z ishini yakunladi. Tadbir yakunida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan rezolyutsiya qabul qilindi.

Hujjatda akademik hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini faollashtirish, shuningdek, innovatsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, “Joriy yildagi forum Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO tadbirlari bilan bir vaqtda o‘tkazildi, bu esa uning maqsadlari ta’lim, fan va o‘zaro tushunishni rivojlantirishga qaratilgan YUNESKOning missiyasiga mos kelishiga ishora qildi”, deyiladi rezolyutsiyada.

Ishtirokchilar O‘zbekiston – Yaponiya universitetlari rektorlari forumini muntazam ravishda o‘tkazib borish, uni ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda barqaror minbar sifatida saqlab qolish niyatini bildirdilar.

#UzJapanForum #Education #Cooperation #Samarkand

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#UNESCO_2025

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston hamda ishtirokchi davlatlar taʼlim yo‘nalishi vazirlari ishtirokida muloqot tadbiridan


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍6🥰2
❓Xorijiy universitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?

❔Nostrifikatsiya nima?

💬Xorijiy davlatda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni (diplomni) Oʻzbekistonda tan olish jarayoni nostrifikatsiya deb ataladi.
Ushbu jarayon Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

❔Diplomlar qachondan boshlab nostrifikatsiya qilinadi?

💬Faqatgina 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan diplomlar tan olinadi.

❔Nostrifikatsiyadan oʻtishning nechta yoʻli mavjud?

💬Ikki xil yoʻl mavjud:

1️⃣ test imtihoni asosida;

2️⃣ hech qanday sinovlarsiz.

❔Qaysi hollarda diplom sinovlarsiz tan olinadi?

💬 Test sinovisiz nostrifikatsiyadan oʻtkazish quyidagicha amalga oshiriladi:

➖ xalqaro nufuzli tashkilotlarning reytinglarida TOP-1000 talikka kirgan universitetlarda tahsil olganlar:
🔸 Quacquarelli Symonds (QS);
🔸 Times Higher Education (THE);
🔸 Academic Ranking of World Universities (ARWU).

➖ xalqaro shartnomalar, Prezident yoki hukumat hujjatlari asosida xorijda taʼlim olganlar;
➖ Prezident va hukumat hujjatlari bilan Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarda tahsil olganlar;
➖ xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) asosida, vazirliklar yoʻllanmasi bilan oʻqiganlarning diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

❔Boshqa hollarda nima talab qilinadi?

💬Qolgan barcha holatlarda mutaxassislik boʻyicha test sinovi topshirish talab etiladi.

❔Ariza topshirish tartibi qanday?

💬Diplomni tan olish uchun arizalar:

1️⃣ Davlat xizmatlari markazlari orqali;
2️⃣ yoki my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

❔Nostrifikatsiya uchun kerakli hujjatlar nimalar?

➖ diplom va ilovaning asli (ariza topshirilgach qaytariladi);
➖ diplom va ilovaning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi (2 nusxada);
➖ pasport va uning nusxasi;
➖ davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.

💰 Toʻlov miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

➖ my.gov.uz orqali topshirganlarga – 10% chegirma;
➖ I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda “ijtimoiy himoya yagona reyestri”da roʻyxatda boʻlganlarga – 50% chegirma mavjud.

❔Onlayn topshirishda hujjatlar qanday taqdim etiladi?

💬 my.gov.uz orqali ariza topshirishda hujjatlar PDF shaklida skaner qilib joylanadi.

❔ Maxsus imtihon qanday oʻtkaziladi?

💬Ekspertlar tomonidan ijobiy xulosa olingan arizachilar test sinovi topshiradilar. Test boʻlishidan 5 kun oldin Bilimni baholash agentligi Telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

Imtihon tartibi:

🔸 50 ta test savoli;
🔸 har bir savolga 2 daqiqa (jami 100 daqiqa);
🔸 har bir toʻgʻri javob – 2 ball;
🔸jami 100 ballik tizimda 54 ball va undan yuqori natija – muvaffaqiyatli hisoblanadi.


54 balldan kam toʻplaganlar diplom tan olinmagan hisoblanadi, biroq ular keyinroq yana qayta topshirishlari mumkin.

❔Imtihondan oʻtganlarga qanday hujjat beriladi?

💬Yetarli ball toʻplaganlarga diplomni tan olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍6🔥2