Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston – Yaponiya universitetlari rektorlari V forumi rezolyutsiyasi imzolandi

Samarqand shahrida 2025-yil 30–31-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Yaponiya universitetlari rektorlarining beshinchi forumi o‘z ishini yakunladi. Tadbir yakunida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan rezolyutsiya qabul qilindi.

Hujjatda akademik hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini faollashtirish, shuningdek, innovatsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, “Joriy yildagi forum Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO tadbirlari bilan bir vaqtda o‘tkazildi, bu esa uning maqsadlari ta’lim, fan va o‘zaro tushunishni rivojlantirishga qaratilgan YUNESKOning missiyasiga mos kelishiga ishora qildi”, deyiladi rezolyutsiyada.

Ishtirokchilar O‘zbekiston – Yaponiya universitetlari rektorlari forumini muntazam ravishda o‘tkazib borish, uni ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda barqaror minbar sifatida saqlab qolish niyatini bildirdilar.

#UzJapanForum #Education #Cooperation #Samarkand

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#UNESCO_2025

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston hamda ishtirokchi davlatlar taʼlim yo‘nalishi vazirlari ishtirokida muloqot tadbiridan


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍6🥰2
❓Xorijiy universitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?

❔Nostrifikatsiya nima?

💬Xorijiy davlatda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni (diplomni) Oʻzbekistonda tan olish jarayoni nostrifikatsiya deb ataladi.
Ushbu jarayon Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

❔Diplomlar qachondan boshlab nostrifikatsiya qilinadi?

💬Faqatgina 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan diplomlar tan olinadi.

❔Nostrifikatsiyadan oʻtishning nechta yoʻli mavjud?

💬Ikki xil yoʻl mavjud:

1️⃣ test imtihoni asosida;

2️⃣ hech qanday sinovlarsiz.

❔Qaysi hollarda diplom sinovlarsiz tan olinadi?

💬 Test sinovisiz nostrifikatsiyadan oʻtkazish quyidagicha amalga oshiriladi:

➖ xalqaro nufuzli tashkilotlarning reytinglarida TOP-1000 talikka kirgan universitetlarda tahsil olganlar:
🔸 Quacquarelli Symonds (QS);
🔸 Times Higher Education (THE);
🔸 Academic Ranking of World Universities (ARWU).

➖ xalqaro shartnomalar, Prezident yoki hukumat hujjatlari asosida xorijda taʼlim olganlar;
➖ Prezident va hukumat hujjatlari bilan Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarda tahsil olganlar;
➖ xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) asosida, vazirliklar yoʻllanmasi bilan oʻqiganlarning diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

❔Boshqa hollarda nima talab qilinadi?

💬Qolgan barcha holatlarda mutaxassislik boʻyicha test sinovi topshirish talab etiladi.

❔Ariza topshirish tartibi qanday?

💬Diplomni tan olish uchun arizalar:

1️⃣ Davlat xizmatlari markazlari orqali;
2️⃣ yoki my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

❔Nostrifikatsiya uchun kerakli hujjatlar nimalar?

➖ diplom va ilovaning asli (ariza topshirilgach qaytariladi);
➖ diplom va ilovaning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi (2 nusxada);
➖ pasport va uning nusxasi;
➖ davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.

💰 Toʻlov miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

➖ my.gov.uz orqali topshirganlarga – 10% chegirma;
➖ I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda “ijtimoiy himoya yagona reyestri”da roʻyxatda boʻlganlarga – 50% chegirma mavjud.

❔Onlayn topshirishda hujjatlar qanday taqdim etiladi?

💬 my.gov.uz orqali ariza topshirishda hujjatlar PDF shaklida skaner qilib joylanadi.

❔ Maxsus imtihon qanday oʻtkaziladi?

💬Ekspertlar tomonidan ijobiy xulosa olingan arizachilar test sinovi topshiradilar. Test boʻlishidan 5 kun oldin Bilimni baholash agentligi Telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

Imtihon tartibi:

🔸 50 ta test savoli;
🔸 har bir savolga 2 daqiqa (jami 100 daqiqa);
🔸 har bir toʻgʻri javob – 2 ball;
🔸jami 100 ballik tizimda 54 ball va undan yuqori natija – muvaffaqiyatli hisoblanadi.


54 balldan kam toʻplaganlar diplom tan olinmagan hisoblanadi, biroq ular keyinroq yana qayta topshirishlari mumkin.

❔Imtihondan oʻtganlarga qanday hujjat beriladi?

💬Yetarli ball toʻplaganlarga diplomni tan olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro davlat universiteti — bilim, tajriba va innovatsiyalar maskani!

Lavha orqali talabalarga yaratilgan sharoitlar, zamonaviy yoshlar va ilg‘or o‘qituvchilarning izlanishi, intilishi sabab qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar haqida bilib oling.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍7
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kibermadaniyat_oyligi

🛡Kibermadaniyat oyligi start oldi!

Hurmatli fuqarolar! 1-30-noyabr “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilindi va barchangizni tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Kibermadaniyat oyligi davomida:

✔️Kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari
✔️Fuqarolar, talabalar, maktab o‘quvchilari va tashkilot xodimlari uchun treninglar
✔️Yutuqli tanlovlar va kibersport musobaqalari
✔️Onlayn va oflayn o‘quv dasturlari
✔️Tadbirlar blogerlar va OAV orqali yoritib boriladi.
Bu oydan maqsad – fuqarolarning kiber savodxonligini oshirish va raqamli xavflardan himoya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍4😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro professor-oʻqituvchilar bilan dunyo standartlariga mos ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiring

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor tadqiqotchilik ixtisosliklariga qabul davom etmoqda.

Xorijlik va xalqaro darajadagi mahalliy professor oʻqituvchilarning ilmiy rahbarligida muhandislik, tabiiy fanlar, sun’iy intellekt, biotexnologiya, fizika, iqtisodiyot, ma’lumotlar tahlili va matematik modellashtirish kabi ustuvor sohalarda o‘z ilmiy izlanishingizni amalga oshirishingiz mumkin.

Qabul 5-noyabr soat 23:59 ga qadar davom etadi. Arizani daraja.ilmiy.uz orqali topshirishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👏4👍2
Senatorlar “Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiyani (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni maʼqulladi.

Ushbu Qonun Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, bu xalqaro hujjat BMTning oliy taʼlim sohasidagi ilk global shartnomasi bo‘lib, u dunyo miqyosida malakalarni adolatli va shaffof baholash, mintaqalararo akademik mobillikni rivojlantirish hamda talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning erkin harakatlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, Konvensiya taʼlim hujjatlarini tan olishda umumiy tamoyillarni belgilaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍9🔥1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Jibuti ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi


1-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Jibuti Respublikasi ta’lim vaziri Moxamed Maxamud Mustafa bilan uchrashdi.

Suhbatda ikki davlat o‘rtasida oliy va kasbiy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/98648

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ushbu dastur O‘zbekiston va dunyo o‘rtasida ko‘prik bo‘ladi, deb umid qilaman” — Saida Mirziyoyeva

Yaqinda Oksford universitetida ilk bor yo‘lga qo‘yilgan o‘zbek tili dasturining ayrim jihatlari haqida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ma’lumot berildi. Maxsus reportajda, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva dunyoga mashhur ushbu oliygohda bo‘lgan o‘sha muhim tashrifning eng esda qolarli daqiqalari esga olinadi.

👉 https://kun.uz/55575463

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👏10👍6
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Pokiston taʼlim, fan va kasbiy tayyorgarlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar

2025-yil 1-noyabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Pokiston Islom Respublikasining federal taʼlim va kasbiy tayyorgarlik boʻyicha davlat vaziri Vajixa Qamar xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, shuningdek, kasbiy taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/98728

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤8