Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Pokiston taʼlim, fan va kasbiy tayyorgarlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar

2025-yil 1-noyabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Pokiston Islom Respublikasining federal taʼlim va kasbiy tayyorgarlik boʻyicha davlat vaziri Vajixa Qamar xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, shuningdek, kasbiy taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/98728

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤8
#Xalqaro_forum

Italiyada yillik ETF monitoring forumi bo‘lib o‘tdi

DARYA loyihasi doirasida 2025-yil 28–29-oktabr kunlari Italiya Respublikasining Milan shahrida Yevropa Ta’lim Fondi (ETF) tomonidan yillik “Amaliy harakatlar — Monitoring forumi” o‘tkazildi.

O‘zbekiston nomidan forumda Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i Sh. Sharofatdinov ishtirok etdi. Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Yevropa davlatlari vakillari ta’lim, kasbiy ko‘nikmalar va bandlik sohalaridagi yangi tashabbuslarni muhokama qildilar.

Forum davomida 2025-yilgi monitoring natijalari taqdim etilib, yangi “Ko‘nikmalar yetishmovchiligi indeksi” (Skills Gap Index) ta’riflandi. Shuningdek, mamlakatlar bo‘yicha yangilangan “Country fiche” hisobotlari ham e’lon qilindi.

2026-yil uchun Yevropa Ta’lim Fondining ustuvor yo‘nalishlari sifatida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va kasbiy ta’lim sifatini oshirish belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Filippin oliy taʼlim idoralari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Filippin Respublikasi Oliy taʼlim komissiyasi (Commission on Higher Education) raisi Shirli Agrupis bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat davomida tomonlar ikki davlat oliy taʼlim tizimlaridagi islohotlar, kadrlar tayyorlashning zamonaviy yoʻnalishlari va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/98734

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3👏1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Xitoy taʼlim vazirlari Samarqandda hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama qildilar

Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bilan bir vaqtda oʻtkazilayotgan xalqaro uchrashuvlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Xitoy Xalq Respublikasi taʼlim vaziri Xuay Szinpin bilan muzokaralar olib bordi.

Suhbat chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, muhandislik taʼlimi, raqamli texnologiyalar, kasbiy taʼlim va pedagog kadrlar tayyorlash sohalaridagi istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/98735

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍6