Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#EducationFair2025 #imkoniyat

“Japan Education Fair 2025”: Yaponiyada taʼlim olish uchun yangi grant imkoniyatlari


3-noyabr kuni Toshkent shahrida “Japan Education Fair 2025” — Yaponiya taʼlim koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Tadbir Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sukuba va Nagoya universitetlari hamda Oʻzbekiston–Yaponiya markazi hamkorligida tashkil etildi.

Koʻrgazmaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hirata Kenji hamda Oʻzbekiston–Yaponiya markazi hamdirektori Ivazaki Xiro ishtirok etdi.

Taʼlim koʻrgazmasida keng jamoatchilik, oʻquvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, oʻqituvchilar hamda Yaponiyada taʼlim olishga qiziqqan fuqarolar qatnashmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu yilgi “Japan Education Fair 2025” koʻrgazmasi ilk bor uchta shaharda — Samarqand, Toshkent va Buxoroda oʻtkazilmoqda. 1-noyabr kuni Samarqand davlat universitetida start olgan mazkur tadbir bugun Toshkentda, 5-noyabr kuni esa Buxoro davlat universitetida davom etadi.

Koʻrgazmada Yaponiyaning 11 ta nufuzli universiteti ishtirok etib, oʻzbekistonlik yoshlar uchun turli grant dasturlarini taqdim etmoqda. Bu grantlar orqali talabalar magistrlik va doktorantura bosqichlarida bepul tahsil olish, ilmiy izlanishlar olib borish va Yaponiya kompaniyalarida amaliyot oʻtash imkoniga ega boʻladilar.

Taʼlim koʻrgazmasi keng jamoatchilik — oʻquvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, oʻqituvchilar hamda Yaponiyada taʼlim olishga qiziqqan fuqarolar uchun ochiq boʻldi.

Yaponiyada tahsil olish istagida bo‘lganlar quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin:


Tel: (78) 120-73-94 / 95 / 96
Mobil: (+99890) 320-36-60

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/98980

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍10👏1🤔1
Toshkentdagi ikkita texnikumda Xitoy–O‘zbekiston ustaxonalari ochildi

2025-yil 3-noyabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston – Xitoy Ikkinchi Ta’lim Forumi o‘z ishini davom ettirdi.

Forum davomida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida memorandumlar imzolandi, qo‘shma o‘quv va startap loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Toshkent transport texnikumida “Xitoy–O‘zbekiston telekommunikatsiyalar sanoati ustaxonasi” hamda Shayxontohur politexnikumida “Xitoy–O‘zbekiston yangi energiya vositalari ustaxonasi” ochildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99297

#xalqaro_forum #oliytaʼlim #kasbiytaʼlim

Bizni kuzatib boring

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍9❤8🔥2👏2🤔1
#Qonunchilik_yangiliklari

ℹ️ Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi


💬Prezident qarori (328-son, 03.11.2025 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61 son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🛡 Qarorga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish belgilandi.

💸 Bunda imtiyozli kredit tadbirkorlarga har bir mlrd so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 1 nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi.

✅ Kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladi.

⏭️ Tadbirkor uning imtiyozli kredit olishiga sabab bo‘lgan bitiruvchi o‘rtasida 2 yil davomida mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan taqdirda, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan sanadan tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi.

🟢 Biroq, bundan ushbu xodim o‘rniga 1 oy muddatda boshqa bitiruvchi ishga qabul qilingan hollar mustasno.

☑️ Shuningdek, bitiruvchilar o‘rtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi.

💵 Tanlov g‘oliblariga kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olish majburiyati bilan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤6🔥3😁1🤔1
O‘zbekiston Prezidenti global ijtimoiy adolatni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Doha shahrida Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etdi.
—

Президент Узбекистана выступил с инициативами по укреплению глобальной социальной справедливости

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие во втором Всемирном саммите по социальному развитию в городе Дохе.

#Mirziyoyev #sammit #Qatar #Ijtimoiyrivojlanish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍8🔥1🤔1
#Olimlar_minbari
#27.10-01.11.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Samarqand yana sivilizatsiyalararo muloqot markaziga aylanmoqda” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

“Buxoro san’at biyennalesi turizmni rivojlantirishda strategik loyiha” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

“Dual ta’lim: raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning samarali yo‘li” — Sardor XOJANIYAZOV, Urganch davlat universiteti rektori v.b., professor;

“Sog‘lom va bilimli avlod mamlakatning eng katta boyligi hamda kelajagidir” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

“Ikki davlat o‘rtasida yangi sheriklik falsafasi” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

“Masofaviy ta’lim imkoniyat va afzallik nimalarda namoyon bo‘ladi?” — Dilshod BARATOV, Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti;

“Qulay investitsiya muhiti iqtisodiy yuksalish, barqaror taraqqiyot kafolatidir” — Bobir TURSUNOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor;

«Богатства недр – фундамент для развития» — Азамжон ЗАКИРОВ, заведующий кафедрой Ташкентского государственного технического университета, профессор;

“Samarqand jahon madaniyati va ilm-fani chorrahasida” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari;

«Цифровизация экономики – стратегический приоритет Узбекистана» — Ёдгорхон ИЛХАМОВА, профессор Ташкентского государственного экономического университета;

“Bryusselda imzolangan tarixiy hujjat O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘taradi” — Sherzod SINDOROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;

“Ma’rifatli kelajakni birgalikda qurish istagi” — Nozima MURATOVA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti prorektori;

«Историческое соглашение, открывающее новые горизонты» — Тумарис БЕКИМБЕТОВА, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета;

«Международное культурное сотрудничество и его геополитическое значение» — Муниса РАЙИМОВА, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍2🤔1