Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🩺 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari vakillari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoniga asosan tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi fidokorona mehnati uchun bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.


Jumladan, oliy ta’lim muassasalari orasida quyidagi professor-o‘qituvchilar e’tirof etildi:

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
🟢Gadayev Abdigaffar — Toshkent davlat tibbiyot universiteti, oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi professori
🟢Kabulov Mels — Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi professori

II daraja “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
🟢Nurova Zamira Annakulovna — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri

“Shuhrat” medali bilan
🟢Turayev Bobur Batir o‘g‘li — Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi, kardioxirurgiya bo‘limi kardiojarrohi.

Ularning mehnati yurtimizda tibbiy ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun munosib e’tirof etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi, el-yurtimiz salomatligi posbonlari bo‘lgan barcha shifokor va hamshiralar, soha mutaxassislariga o‘zining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.

“Bugun soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab yangi tashabbuslarni sizlar bilan muhokama qilib olamiz.

Zamonaviy tibbiyotni farmatsevtikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bundan buyon ushbu bayramni “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” deb nishonlasak, o‘ylaymanki, sizlar buni qo‘llab-quvvatlaysizlar!

Bularning barchasi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ko‘proq izlanish, ilg‘or davolash va profilaktika usullarini egallashda katta rag‘bat, kuch-g‘ayrat beradi deb ishonaman!
”,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X
❤14👍3
Bugungi uchrashuv salkam bir asrdan buyon shifokor tayyorlab kelayotgan Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘layotgani bejiz emas.

“Tibbiyotga yuqori texnologik uskunalar olib kiryapmiz, yangi klinikalarni barpo etyapmiz. Ularda kim ishlaydi? Albatta, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz mehnat qiladi.

Shu bois, tibbiy ta’limdagi islohotlarimizni davom ettirib, oilaning barcha yoshdagi a’zolariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan oilaviy shifokorlik institutini rivojlantirishimiz zarur
”,

– dedi Prezident.

Kelgusi o‘quv yilidan tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida pediatriya va davolash yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan umumiy tibbiyot fakulteti ochilishi e’lon qilindi. Ularda oilaviy shifokorlik mutaxassisligi bo‘yicha rezidentura va magistratura ham yo‘lga qo‘yiladi.

Rezidenturada ta’lim olayotgan talabalar bepul o‘qish bilan birga oilaviy shifokor sifatida ishlab maosh oladi. Rezidentura bitiruvchisi oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha diplomi va 150 foizli ustama oladi.

Facebook|Instagram|X
❤10
Bundan buyon tibbiy ta’lim sifatini baholash bo‘yicha uch bosqichli tizimga o‘tilishi belgilandi.

Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida talabalarning fundamental va klinik fanlar bo‘yicha bilimi baholanadi. Rezidenturani tugatgan shifokorlar esa ixtisosligi bo‘yicha imtihondan o‘tkaziladi. Shundan keyin mutaxassis davlat ro‘yxatidan o‘tadi va unga tibbiy faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.

Ko‘p vaqtini bemor oldida o‘tkazadigan ham, muolajalarni bajaradigan ham – hamshiralar.

Endilikda oddiy muolajani qiladigan emas, tashxis, davolash va profilaktikada shifokorga ko‘makchi bo‘ladigan hamshiralarni tayyorlashga o‘tish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun Hamshiralar akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga o‘tkazilib, negizida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil qilinadi.

Akademiya AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar oliygohlari bilan birga kelasi yildan oliy ma’lumotli hamshira tayyorlashni boshlaydi.

Facebook|Instagram|X
👍9❤2
Kelgusi yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi.

Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish.

Oliy ma’lumotga ega, shifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamshiralarning mehnati munosib rag‘batlantiriladi. Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi.

Ayni paytda o‘rta ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham o‘zgartiriladi.

Bu borada Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning ta’lim dasturlari olib kiriladi.

Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi.

Facebook|Instagram|X
❤10
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning “Tabib doimo o‘z bilimini yangilab turmog‘i lozim. Zero, tan va tabiat doim yangilanib turadi”, degan hikmatli so‘zlari oradan ming yil o‘tgan bo‘lsa ham, o‘z ahamiyatini zarracha yo‘qotmagani ta’kidlandi.

Bugungi davr shifokori zamonaviy texnologiya, davolash va diagnostika usullaridan xabardor bo‘lishi, o‘z ustida doimiy ishlab borishi shartligi qayd etildi.

Shu bois, tibbiyot xodimlarining malakasini uzluksiz oshirib boradigan yangi tizim bo‘ladi.

Kelgusi yildan malaka oshirishning masofaviy, robot-simulyator, amaliy, ish joyida mustaqil tayyorgarlik kabi turlari yo‘lga qo‘yiladi.

Malaka oshirish talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limi markazi tashkil qilinadi.

Facebook|Instagram|X
❤15👍6
📢 E’LON

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🟢Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja (PhD, DSc) va ilmiy unvonga ega bo‘lish;
🟢Kamida 10 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lish;
🟢“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, PQ–4375-son Prezident qarori (2019-yil 28-iyun) va VMQ–419-son qarori (2025-yil 7-iyul) mazmunini bilish.

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
➖Pasport yoki ID-karta nusxasi;
➖Diplom (oliy ma’lumot, ilmiy daraja, ilmiy unvon) nusxalari;
➖Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, xorijiy tilni bilish sertifikati (milliy yoki xalqaro);
➖Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma.

Hujjatlar joriy yilning 10-dekabriga qadar bevosita (oflayn tarzda) quyidagi manzilda qabul qilinadi:

📍Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3a-uy

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (71) 217–81–01
🕒 Murojaat vaqti: dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 16:00 gacha.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Ташкентский государственный медицинский университет и ознакомился с презентацией работ по цифровизации системы здравоохранения, повышению качества услуг и развитию медицинского образования.

#Mirziyoyev #tanishuv #tibbiyot #universitet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥6❤5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiy ta’lim uchun ilg‘or yechimlar bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился передовыми решениями для цифровизации здравоохранения и медицинского образования.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤8👍2
#Olimlar_minbari
#03-09.11.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“O‘zbekiston – oliy ta’limda global hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi” — Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;

“O‘zbekiston va AQSH oliy ta’limi: hamkorlikning yangi bosqichi” — Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;

“Samarqand – asrlar chorrahasidagi muloqot manzili” — Fazliddin MOʻMINOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻlim boshligʻi;

“C5+1” formati: xavfsizlik, investitsiyalar va barqaror rivojlanish yo‘lidagi qat’iy sa’y-harakatlar” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;

“Dunyo xalqlari farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlar” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

“Samarqand ruhi” – global muloqot mundarijasini belgilamoqda” — Baxtiyor RASULOV, Andijon davlat pedagogika instituti rektori, professor;

«Узбекистан-Финляндия: философия взаимодействия» — Шерзод МУСТАФАКУЛОВ, ректор Международного университета Нордик профессор;

“Madaniyatlarni birlashtirgan Samarqand” — Gulnoza JO‘RAYEVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, professor;

«Третий Ренессанс не далекая мечта – реальность» — Шавкат ТУРАЕВ, проректор Ташкентского университета информационных технологий, Ортик РУЗИБОЕВ, доцент;

“Bugungi davr ma’naviy manifesti” — Ergash DAMINOV, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektori, dotsent;

“Axborot texnologiyalari to‘g‘ri ishlatilsa – imkoniyat, noto‘g‘ri foydalanilsa...” — Shuhrat ROʻZINAZAROV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

«Объединяя усилия представителей правовых цивилизаций Центральной Азии и Китая» — Омон МУХАМЕДЖАНОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

“JSTga a’zolik – mamlakat kelajagiga daxldor muhim qadam” — To‘lqin ESHNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Aqlli” qishloq xo‘jaligi yoxud agrar sohani robotlashtirish istiqbollari” — Botir TO‘XTAMISHEV, Toshkent davlat agrar universiteti professori;

«Ферганский форум мира – послание Центральной Азии мировому сообществу» — Акрамжон НЕЪМАТОВ, первый заместитель директора Института стратегических и межрегиональных исследований при Президенте Республики Узбекистан; Алишер САБИРОВ, профессор Национального педагогического университета Узбекистана;

“Ijtimoiy sheriklik tamoyillarining zamonaviy tizimi” — Naim OBLOMURODOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Qishloq xo‘jaligida izchil yuksalish” — Muhammad Ali SAIDOV, Toshkent davlat agrar universiteti professori;

“Mahalla – yorug‘ yuzimiz va vijdonimiz” — Zilola SHOMANSUROVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Salkam bir asrlik ilm yo‘li agrar soha taraqqiyotiga xizmat qilmoqda” — Oybek OSTONOV, Toshkent davlat agrar universiteti kafedra mudiri, tarix fanlari doktori;

«Молодежь и иностранные языки: модный тренд или стратегическая необходимость?» — Шаходат РАХИМОВА, заведующая кафедрой Ташкентского государственного экономического университета, доцент;

«Будущее страны формируется в образовательном учреждении» — Зилола НАБИЕВА, заведующая кафедрой Университета Пучон в Ташкенте, PhD;

«Учиться как за границей» — Дилдора АКМАЛОВА, доцент Наманганского государственного института иностранных языков имени И. Ибрата, PhD;

“Tadbirkorlik: islohotlarning asosiy katalizatori” — Suhrob ALLAYAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, PhD;

«Стратегический курс Узбекистана на развитие науки, образования и инноваций» — Малохат НАРБАЕВА, доцент Ташкентского государственного юридического университета;

“Tibbiy yordamchi robot” — Asadbek OʻRUNOV, Turin politexnika universiteti magistranti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda xalqaro WorldSkills amaliy treninglari boshlandi

10-noyabr kuni Samarqand shahridagi Monomarkazda WorldSkills Uzbekistan tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Koreya Respublikasining HRD Korea tashkiloti hamkorligida K-STAR Partnership Program for Skills Development dasturi doirasida qisqa muddatli xalqaro amaliy malaka oshirish treninglari boshlandi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu dastur mamlakatda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.

Treninglarda O‘zbekistonning 14 ta hududidan 314 nafar o‘qituvchi ishtirok etmoqda. Ular 11 ta kasb bo‘yicha koreyalik WorldSkills ekspertlari bilan amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/101020

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3🔥1