Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkentda O‘zbekiston–Ozarbayjon yoshlar konferensiyasi o‘tkazildi

20-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston va Ozarbayjon yoshlarining do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda Ozarbayjondan tashrif buyurgan “Yosh islohotchilar” jamoat birlashmasi vakillari ishtirok etdi.

Anjuman davomida ta’lim almashinuvi, madaniy hamkorlik, yoshlar diplomatiyasi, qo‘shma loyihalarni samarali yo‘lga qo‘yish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida fikr almashildi.

Qayd etilganidek, konferensiya ikki davlat yoshlarining do‘stlik rishtalarini mustahkamlash hamda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍5🔥2👏1🤔1
Forwarded from "INNOVATOR" jurnali
📣 DIQQAT! "INNOVATOR" jurnaliga 2026-yil uchun obuna mavsumi boshlandi!

“INNOVATOR” JURNALI – mamlakatimizdagi innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar, innovatsion ekotizimdagi yutuqlar va zamonaviy startaplarni yoritishga ixtisoslashtirilgan birinchi va yagona ilmiy-ommabop nashr.


⚡️Maqsadimiz: O‘zbekistondagi innovatsion muhitni rivojlantirishda yoshlarning ilm-fan yutuqlari, kreativ g‘oyalarini ommalashtirish, innovatsion salohiyatini oshirish, tijoratlashtirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi zamonaviy yangiliklar bilan jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borishdan iborat.

✍️Asosiy yo‘nalishlari:
✔️ startaperlar, yosh ixtirochilar, talabalar va yosh olimlarning yutuqlarini targ‘ib qilish;
✔️ biznes-inkubator va akselerator dasturlari, texnoparklar hamda innovatsion markazlar faoliyati va imkoniyatlari haqida ma’lumot berish;
✔️ yangi texnologiyalar, raqamli yechimlar, biotexnologiya, sun’iy intellekt, yashil energetika, agroenergetika, muhandislik, robototexnika va dronlar bo‘yicha axborot taqdim etish;
✔️ ilmiy-amaliy hamda innovatsion loyihalar, tadqiqotlar va ishlanmalarni yoritish.

🚀 Yangi bilimlar olish, texnologiya va innovatsiyalardan xabardor bo‘lishni istaysizmi? Unda "INNOVATOR" jurnaliga obuna bo‘lishni unitmang!

❗️Obuna indeksi-1394

Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥2👍1
#dayjest #qalqon_faoliyati

Oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati davom etmoqda


🔵Guliston davlat universiteti;

🔵Samarqand davlat pedagogika instituti;

🔵Guliston davlat pedagogika instituti;

🔵TATU Samarqand filiali;

🔵Andijon davlat pedagogika instituti;

🔵Milliy estrada san’ati instituti;

🔵Farg‘ona davlat universiteti;

🔵Sharda universiteti;

🔵O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;

🔵Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

🔵TDIU Samarqand filiali;

🔵O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;

🔵Olmaliq davlat texnika instituti;

🔵Buxoro davlat texnika universiteti;

🔵Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

🔵Namangan davlat pedagogika instituti;

🔵Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔵Jizzax politexnika instituti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍1
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka qarshi xalqaro anjuman oʻtkazildi

21-noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti tomonidan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” loyihasi doirasida “Jamiyat barqarorligini taʼminlashda ayollarning oʻrni va roli: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasiz muhitni yaratish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Fayziyeva, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva, Oʻzbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Ozoda Islomova ishtirok etib, gender tengligi, ayollarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash va xotin-qizlarning huquqiy himoyasi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/104132

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍5👏1🤩1
4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP
(International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔠 tinglab tushunish;
🔠 o‘qish;
🔠 grammatika;
🔠 yozish;
🔠 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

➡️Mazkur imtihon uchun talabgorlar 27-noyabr 10:00 ga qadar ro‘yxatga olinadi.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://registration.ilmiymarkaz.uz

Imtihon 28-noyabr kuni respublikamizning 9 ta hududida o‘tkaziladi va natijalar 2 ish kunida e’lon qilinadi.

📍Imtihonlar o‘tkaziladigan 9 ta hudud ro‘yxati:
➡️USTIGA BOSING

➡️ iTEP diagnostik test: 👉 https://www.iteptest.com/preview

Murojaat uchun:
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍6🎉1
Forwarded from UZSSA | RASMIY KANALI
#Barkamol_avlod_2025 #Badminton

Sirdaryo viloyatida Badminton sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi


“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining Badminton yo‘nalishi bo‘yicha respublika final bosqichi 25–28-noyabr kunlari Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi. Musobaqada mamlakatning turli hududlaridan kelgan sportchi o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘z mahoratlarini namoyish etadi.

Musobaqa o‘tkaziladigan joy:
Guliston shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi
Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/sBx5KnbZSRc3H9fZ7

Musobaqa davomida yoshlar sport mahorati, intilishi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi namoyon bo‘ladi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!


Ijtimoiy tarmoqlarimiz


😎 Telegram |😎 Instagram |😎 Facebook |▶️ YouTube |🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤4