Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#SenKuchlisan

“Biz tengmiz — bir safdamiz!”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorlikda 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Inklyuziv raqs va cheklovsiz ijod” shiori ostida “Biz tengmiz — bir safdamiz” nomli ilmiy-ijodiy tadbir bо‘lib о‘tdi.
 
Tadbir O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tomonidan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Shaxzoda Xudoynazarova rahbarligidagi “Eshitishida va so’zlashuvida nuqsoni bo’lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasini yaratish” mavzisidagi amaliy loyiha doirasida o’tkazildi.

Tadbirning badiiy qismida imkoniyati cheklangan bolajonlar tomonidan raqslar ijro etildi. Shuningdek, xalqimizning sevimli san’atkorlari ishtirokida kuy va qo‘shiqlar taqdim etildi.

Tadbir davomida “Sen kuchlisan” xayriya aksiyasi doirasida saraton kasalligiga chalingan bemor bolalar tomonidan chizilgan qariyb 100 ta surat namoyish qilinib, kimoshdi savdosi tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍5🔥2
O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida 14 nafar mutaxassis Xitoyda malaka oshirmoqda

Xitoyning Anhuy suv xo‘jaligi va gidroenergetika texnika kolleji taklifiga binoan 2025-yil 1–8-dekabr kunlari “Yangi energiya transport vositalari” yo‘nalishida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Ushbu kurslarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Andijon, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridagi texnikumlardan jami 14 nafar mutaxassis saralangan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107525

👉 На русском
👉 In English

#xalqaro_hamkorlik #malaka_oshirish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤6👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzaxga tashrifi: hududlarning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, har bir imkoniyatni samarali loyihaga aylantirish, barcha sohalarda odamlarning roziligiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤4🔥2
#Barkamol_avlod_2025
#Yengil_atletika #Final

“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining yengil atletika yo‘nalishi bo‘yicha respublika final bosqichi boshlandi

Jizzax viloyatidagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining sport majmuasida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalarining yengil atletika yo‘nalishi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi mas’ullari, viloyat sektor rahbarlari, soha mutasaddilari hamda sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/107679

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍2